• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uydan ishlayotgan Amerika, o‘ziga ishonchi past o‘zbek jurnalistlari, pandemiyaning undan keyin ham davom etadigan qoidalari. Navbahor Imomova bilan suhbat

    Koronavirus amerikaliklarga qanday ta’sir qildi, dunyoga-chi? Pandemiya davrida orttirilgan odatlar va ko‘nikmalar qachongacha bizga hamrohlik qiladi? O‘zbek jurnalistikasi so‘nggi yillarda qanday o‘zgardi? Navbahor Imomovaning o‘zi-chi? “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev bir muddat O‘zbekistonda mehmon bo‘lgan “Amerika ovozi” muxbiri bilan mana shunday xilma-xil mavzularda suhbatlashdi.

    Okean ortida vaksinatsiya qanday kechmoqda?

    AQShda vaksinatsiya jarayoni muvaffaqiyatli kechdi va kechyapti. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsam, jadal kechyapti. Jo Bayden inauguratsiyada ham, undan avval, ya’ni prezidentlikka kirishmasidan oldin ham asosan shuni va’da qilgandi. “Birinchi navbatda koronavirusni yengishimiz kerak, yengishning asosiy yo‘li — emlanish”, deb. AQShda emlashni qanday o‘tkazish bo‘yicha allaqachon reja bor edi va bu tezlikda amalga oshira boshlandi, darrov kirishib ketildi. Bugungi kunga kelib amerikaliklarning 50 foizi to‘liq emlangan.

    Har bir shtat o‘zi belgilayapti emlanish siyosatini. Federal hukumat ularga nima kerak bo‘lsa ta’minlayapti, rag‘batlantiryapti. Oq uy shtatlarni to‘liq emlanganlarga naqd pul, masalan, 100 dollar hadya qilishga undayapti. Bu pul shtatlarda bor, chunki bahorda qariyb 2 trillion dollarlik yordam paketi ajratilgan.

    Hozir holat shundayki, federal xizmatchilar, albatta, emlanishi kerak. Har bir tashkilot, idora buni talab qila oladi. Emlanmasa muntazam testdan o‘tib turishi va vaksina ololmasligi uchun biror asos ko‘rsatishi zarur.

    Biz ham emlanib bo‘ldik. O‘zim shaxsan Moderna vaksinasini oldim. O‘zim yashaydigan “mahallada”. Onlayn navbatda turasiz, aytilgan vaqtida borasiz. Vaksina bepul, lekin tibbiy sug‘urta haqidagi ma’lumot so‘raladi.

    Emlanish joyi, albatta, tibbiy muassasa bo‘lishi shart emas. Ibodatxona, jamoat markazlari yoki maktablar bo‘lishi mumkin. Mening misolimda vaksinatsiya usti yopiq stadionda bo‘ldi. U yerda vaqtinchalik tibbiy punkt joylashtirilgandi.

    Hali ancha vaqt amalda bo‘ladigan qoidalar

    Amerika pandemiyadan chiqishga bel bog‘lagan, bu shubhasiz. O‘tgan yil xuddi shu payt bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, o‘shanda holat juda og‘ir edi, ayniqsa katta shtatlarda. Vaziyat izdan chiqib ketgandi. Amerikaliklar o‘zlari boshida niqob taqishga shoshilishmadi, chunki erkin jamiyat, odamlarni majburlay olmaysiz. Ko‘plar poytaxt Vashingtonda ham niqobsiz yurishdi.

    Ammo keyin, kuzga borib, halok bo‘layotganlar soni yuqori sur’atlarda o‘sa boshlagach, amerikaliklarga o‘zini ehtiyot qilishi kerakligi astalik bilan yetib bordi. Prezidentlik saylovi oldidan bu targ‘ibot yanada kuchaydi. Bayden saylovda yutgach, “100 kun mobaynida niqob taqamiz” degan kompaniyani boshladi. Bu ham qaysidir daraja samara berdi.

    AQShda vaksinatsiya jarayoni avj olishi bilan niqobsiz yurganlarni hozir ko‘p ko‘ryapmiz. Lekin niqob taqish madaniyati ham shakllandi. O‘ylayman, kelgusi bir-ikki yil baribir ko‘chaga chiqqanda niqob bilan yurishimiz kerak. Shunday joylar bor, niqobsiz kirolmaysiz, chunki shartni u tomon qo‘yadi. Muzeylar ochilyapti, niqob bilan kiramiz, do‘konlarga hamon niqob bilan boramiz, jamoat transportida niqob bilan yuramiz.

    Butkul emlangan bo‘lsam ham AQShni tark etish uchun test topshirdim. Turkiyada baribir tekshirishdi, O‘zbekistonga kirish uchun test, chiqib ketish uchun yana test. Ya’ni emlanish bu testdan qutulish degani emas. Shunday qoidalar bor va ular dunyo bo‘ylab hali ancha vaqt amalda bo‘lsa kerak.

    Uydan ishlayotgan Amerika

    Amerika aksariyat hollarda hamon uydan turib ishlayapti. Masalan, o‘zim ham ishxonaga haftada bir boryapman. Vaksina olganimiz uchun ishxonada niqobsiz yurishimiz mumkin. Biroq “umuman niqobni yeching, pandemiya tugadi” degan gap yo‘q.

    Qo‘shma Shtatlarda o‘zi onlayn, ya’ni masofadan, uydan turib ishlash anchadan beri shakllanib kelayotgandi. Poytaxt Vashingtonda ham ko‘plar, hatto eng yuqori federal lavozimlarda ishlayotganlar ham haftada 4 kun ishlab, 40 soatli yuklamani bajarib, beshinchi kun zarur bo‘lsagina ishlayotgan edi.

    Bizga ham ishxonada shunday imkoniyat berildi. Lekin jurnalist sifatida o‘zim buni tasavvur qilolmasdim. “Har kuni ishga kelishim kerak, har kuni jarayonda bo‘lishim kerak” degan tushuncha chuqur ildiz otgan edi. Shuning uchun “uydan turib ishlaysiz” deyishganida, ochig‘i, bu menga yoqmagan edi. “Qanday ishlaymiz, axir texnika, vositalar, studiya, hamkasblar bilan doimiy muloqot kerak” degan savollar tug‘ildi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ammo bilasizmi, uydan turib ishlash juda tez izga tushib ketdi. Hozir aksariyat hollarda butun “Amerika ovozi”ning efiri uydan ketyapti. Kimningdir oshxonasi, kimningdir zali, yana kimningdir balkonidan. Biz hozir o‘zimiz individual tarzda, mustaqil dasturlarni tayyorlay olamiz. Bu juda foydali va kerakli saboq, sinov bo‘ldi. Bu sinovdan o‘ta oldik deb o‘ylayman.

    Hozir so‘rovlar o‘tkazilyapti — kim qaytmoqchi, qachon qaytishimiz kerak degan. Bilasizmi, ko‘pchilik qaytishga shoshilmayapti. Bundan keyingi ish tartibimiz boshqacharoq bo‘ladi. Uydan turib ishlashga ko‘proq imkoniyat yaratib beriladi. Chunki korxona-tashkilot mutasaddilari bu ishga zarar yetkazmasligi, aksincha, ko‘plab holatlarda samaradorlikni oshirganini tushunib yetyapti. Chunki yo‘l uchun vaqt sarflamaysiz, ertalab asablaringiz buzilmaydi. Vashingtonga millionlab odam kelib ketadi har kuni, ko‘chalar tirband, bir-bir yarim soat vaqtingiz bemalol ko‘chada o‘tishi mumkin. Hozir uydasiz, o‘sha vaqt tejalyapti.

    Amerika bunga ancha moslashib oldi. Agar federal tizim shunday ishlayotgan bo‘lsa, xususiy, nohukumat sektorda bundan ham erkin bo‘ladi. Zarur payti ishxonaga borasiz, kerak bo‘lsa bir-biringizni ko‘rasiz, qolgan payt masofadan ishlash. Bu madaniyat qoladi, shakllanishda davom etadi va bundan ham takomillashadi deb o‘ylayman.

    AQSh jurnalistikasidagi texnika bilan bog‘liq ko‘plab metin qoidalar o‘zgardi. Aytaylik, video tiniqligi, audioning tozaligi kabi fundamental talablar biroz bo‘shashdi. Odamlarning ko‘zi xiraroq videolarga, virtual muloqotlarga o‘rgandi. Oldin katta, million dollarlik studiyalarda olingan shoular kichik, katalakdek joylardan efirga chiqa boshladi. Mazmun yaxshi bo‘lsa bularning unchalik ahamiyati yo‘q ekanligi bilindi. Dekoratsiya, yorug‘lik, makiyaj, soch turmaklari ham u qadar muhim emas ekan.

    Auditoriyaning pandemiya paytida bunga moslashishi qiyin bo‘lmadi, chunki barchamiz bir kemada, bir qozonda edik. Shu jarayonda odamlarning informatsiyaga qanchalik chanqoq ekanligi, biz beradigan ma’lumotlarning muhimligini sezdik. Mahalliy va mamlakat bo‘ylab axborot tarqatadigan manbalarga talab oshdi. Deyarli barchaning auditoriyasi kengaydi.

    “O‘zbekiston jurnalistlarida o‘ziga bo‘lgan ishonch hamon past”

    O‘zimni O‘zbekiston jurnalistikasidan tashqaridagi odam deb hisoblamayman. Jarayonlarning ichidaman: birgalikda materiallar tayyorlaymiz, mavzularni birgalikda yoritishga harakat qilamiz, hamkasblar bilan doimiy muloqotdaman. Qolaversa, AQSh Global Media Agentligining bu yerda olib borayotgan treninglari samarali kechyapti. Shuning uchun ham ichkarida yuribman deb bemalol ayta olaman.

    Ijobiy jihati shundaki, jurnalistlar bugun jurnalistika va informatsiya nima ekanligini o‘zlari baholash hamda belgilashga harakat qilmoqda. “Bu bizning ishimiz, bu bizning soha”, degan ma’noda. Shu bilan birga, jurnalistlarda hamon o‘zlariga bo‘lgan ishonch pastligicha qolmoqda. “Sen professional emassan, sen eplay olmaysan, bu yerda jurnalistika yaxshi emas, jurnalistlar va blogerlar sotiladi” qabilidagi dakki va dashnomlar ruhiyatga salbiy ta’sir qiladi. Xususan, yosh jurnalistlarga.

    Doimiy o‘sishda bo‘lishimiz zarur. Jurnalistika va hukumat professionallashib borishi lozim. Jamiyat o‘ziga nisbatan ko‘proq ishonishni boshlashi, manbalar ochiqroq gapirishni o‘rganishi kerak. Biz nimamiz bilan jurnalistmiz? Odamlarni gapirtira olishimiz bilan. Aytilmayotgan gaplarni olib chiqa olishimiz bilan.

    Jurnalist sifatida biz savol beramiz, javobni boshqalar beradi. Men hech kimdan o‘zim xohlagan javobni kutmayman, agar shunday bo‘lsa bu teatr, spektakl bo‘lardi. Eshitaman yoqsa-yoqmasa. Aksariyat hollarda o‘zim shaxs sifatida eshitishni istamagan javoblar beriladi. Tinglaysiz, xulosa qilasiz va keyingi savolga o‘tasiz.

    “O‘zimdan ko‘p narsa kutaman”

    Ajdodlarim Namanganga kelib taqaladi. Ajdodlarim deganda ikki-uch avlod oldingilarni nazarda tutyapman. O‘zim Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sganman. Uyimizga Namangandan qarindoshlar tez-tez kelib turishar edi. Bolalikda unaqa ko‘p sayohat qilmaganman, qishloqdan deyarli chiqmaganmiz, nari borsa Toshkentga yo‘limiz tushar edi xolos. Keyinchalik o‘zim sayohat qilishni boshlaganimizda sekin-sekin bu taraflarni ham o‘rganishga kirishdim.

    Namangan bo‘ylab qarindoshlarim bor. Ya’ni bir mahalla, bir qishloq yoki tuman emas, viloyat bo‘ylab. O‘zi katta oila vakillarimiz, to‘qqiz farzandmiz. Qudalar, amakilar, ota-ona tomondan qarindoshlar bor. Kelganimda ularni ko‘rib, yo‘qlab ketaman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Juda ham talabchan insonman. O‘zimga nisbatan keskinman, tanqidiy yondoshaman. Nimaiki xato qilsam, qoqilsam birinchi galda o‘zimni ayblayman. Professional jihatdan, global fuqaro sifatida murosaga moyilman. Lekin o‘zimning shaxsiy hayotimda murosa qilishni istamayman. O‘zim hamma narsani belgilashim, qaror qilishim kerak, boshqalarning fikrini har doim ham inobatga olavermayman.

    Muvaffaqiyat, baxt — bu hamma xohlaydigan narsalar. 43 yoshga kirib shuni anglab yetdimki, ular men uzoq vaqt mobaynida o‘ylagan murakkab narsalarda emas ekan. Oddiy narsalar—diydorlashish, ishingning samarasini sezish, insonlarga tayanch bo‘la olish, vaqtida dam olish, o‘zimizga e’tibor bera olishda ham ekan.

    O‘zimiz bilan o‘zimiz murosa qila olishimiz, moslashuvchan bo‘lishimiz kerakligi, atrofimizdagi muhit, odamlarni har doim ham idora qilolmasligimiz, o‘z ta’sirimizni har doim ham istaganchalik o‘tkaza olmasligimiz—bularning hammasini tushunish uchun pandemiyaga o‘xshagan davr va balki professional tajriba zarur ekan.

    O‘zimdan ko‘p narsa kutaman, o‘zimni yeb tashlayman, lekin oldingiga qaraganda moslashuvchanroqman hozir. O‘zimga nisbatan sal yaxshiroq munosabatdaman. Qoqilish har doim ham men o‘ylagandek qoqilish emas, xatolarni tuzatsa bo‘lar ekan.

    Oldinlari biror rejam buzilsa, jig‘ibiyron bo‘lib ketardim. Hozir unday emas. Bu uchrashuv bo‘lmadimi, navbatdagisi; bu intervyu o‘xshamadimi, undan keyingisi. Ya’ni zorim bor-u, zo‘rim yo‘q. Oldingidek afsuslanmayman, ruhan ezilmayman hozir. Bo‘lmadimi-bo‘lmadi, bugun uchun shu ekan muvaffaqiyatim, deyman.

    12.08.2021, 08:39   Izoh (0)   43625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent, Buxoro va Samarqandda fuqarolarni o‘qishga kiritish hamda o‘qishini ko‘chirib berish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    12.08.2021, 08:24

    Buxoroda internetdagi yutuqli o‘yinlar orqali fuqaroni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

    12.08.2021, 08:08

    Qashqadaryoda 1217 nafar tadbirkor muammoga duch kelganini aytib, Prezidentga murojaat yo‘llagani ma’lum qilindi

    12.08.2021, 07:28

    Buxoroda kuchli shamol oqibatida o‘nlab xonadonlarda elektr hisoblagichlar portlab ketdi, bitta sigir tok urib o‘ldi

    12.08.2021, 06:36

    Mirziyoyev “barcha sharoitlarini muhayyo qilish” bo‘yicha topshiriq bergan Namangandagi bolalar uyi ta’mirdan chiqdi. Prezident muassasaga Nexia sovg‘a qildi

    12.08.2021, 00:12

    Messini qutlayotgan Parij, Rim Papasiga kutilmagan qo‘ng‘iroq, parashyutdan sakrash musobaqasi. 11-avgust suratlari

    11.08.2021, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi

    O‘zbekiston | 12 may, 10:59

    Qirg‘izistonda harbiylar tuyaqush holatida turishga majburlandi (video)

    Qirg‘iziston | 12 may, 09:47

    O‘zbekiston va Eron hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

    O‘zbekiston | 12 may, 09:11

    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

    Reklama | 12 may, 09:00

    “El-Klasiko”lar tarixida o‘ziga xos seriya qayd etildi

    Sport | 12 may, 08:48

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.