Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 143 874 360 kishiga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh (31,8 million), Hindiston (15,9 million), Braziliya (14,1 million), Fransiya (5,4 million) va Rossiya (4,6 million) hamon yuqori beshlikdan tushmay kelyapti.

COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 3 059 018 kishini tashkil qilmoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Hindistonda rekord

Hindistonda so‘nggi bir kecha-kunduzda 314 835 kishida kasallik aniqlandi — bu dunyo mamlakatlari orasida bemorlar sonining o‘sishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich.

Kasallanish holatlarining ko‘payishi fonida Hindiston kasalxonalari qiyin ahvolga tushib qoldi va og‘ir bemorlar uchun kislorod yetkazib bera olmayapti.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat eng murakkab bo‘lgan shtatlardan biri Maxarashtradir.

“Disneylend” vaksinatsiya markaziga aylantiriladi

Parijdagi “Disneylend” ko‘ngilochar bog‘ida 24-aprel kunidan koronavirusga qarshi yirik vaksinatsiya markazi ochiladi. U Disney’s Newport Bay Club konferens-markazida joylashadi.

Markazda kuniga 1 ming nafarga odam emlanishi mumkin. U faqat dam olish kunlari 09:30 dan 17:30 gacha ishlaydi.

Yaponiya va Ekvadorda favqulodda holat joriy etiladi

Yaponiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Olimpiada boshlanishiga uch oy qolganida favqulodda vaziyat rejimi joriy etilishi kutilmoqda. Hukumat Tokioda, shuningdek, Osaka va Xiogo prefekturalarida cheklovlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Agar favqulodda holat rejimi kiritilsa, bu o‘tgan yil aprelidan buyon hukumat tomonidan qo‘llangan uchinchi shunday chora bo‘ladi. Ushbu rejim doirasida hududiy hukumatlar do‘konlar, mavzuli parklar va boshqa obyektlarni yopish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

21-aprel, chorshanba kuni Yaponiyada 843 kishida koronavirus aniqlandi. Bundan bir hafta avval, 14-aprel kuni 591 ta holat qayd etilgandi. Shu tariqa jami kasallanganlar 130 ming kishiga yetdi, shularning 1,8 mingga yaqini vafot etgan.

Ekvador prezidenti Lenin Moreno 23-apreldan mamlakatning 24 ta provinsiyasidan 16 tasida favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Bu murakkab epidemiologik vaziyat tufayli ko‘rilayotgan chora bo‘lib, 20-mayga qadar kuchda bo‘ladi.

Hududlarda komendantlik soati joriy etiladi, shuningdek, juma—yakshanba kunlari bemalol harakatlanib yurish taqiqlanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda koronavirusga chalinganlar soni 362 843 kishiga yetgan, shularning 12 795 nafari vafot etgan.

Polsha va Gretsiyada cheklovlar yumshatiladi

Polshada esa 26-apreldan karantin susaytirila boshlaydi. Sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari ochiladi, 1—3-sinf o‘quvchilari aralash shaklda o‘qishni boshlaydi.

Gretsiya ham may oyi boshidan COVID-19’ga qarshi kurash maqsadida kiritilgan asosiy cheklovlarni yumshatishga kirishadi.

3-maydan restoranlar, bar va kafelar ochiq havoda xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 10-maydan boshlang‘ich va o‘rta maktablar ochiladi. 15-maydan esa hududlararo qatnovlarga ruxsat beriladi.

AQShda Bayden prezidentligi davrida 200 millionta vaksina amalga oshirildi

AQShda Jo Bayden prezidentligiga 100 kun to‘lmasidan turib koronavirusga qarshi 200 millionta vaksina amalga oshirildi, shu tariqa, Oq uy tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishildi.

“Bugun, prezident lavozimida o‘tkazgan 92-kunimda 200 millionta vaksina marrasiga yetdik. Bu xalq uchun hayratlanarli yutuqdir”, — dedi Bayden.

Soxta vaksinalar aniqlandi

Meksika va Polshada Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasining soxta versiyalari aniqlandi. Meksikadagi klinikada qariyb 80 kishi bir dozasi ming dollar bo‘lgan qalbaki vaksina bilan emlangan. Polshada esa vaksina idishlariga aslida ajinga qarshi dori solingani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi