• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikiston prezidenti koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kasallikning oldini olish uchun koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Abdufattoh Sharifzoda ma’lum qildi, deb yozadi Asia-Plus.

    Arxiv

    Arxiv
    Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

    U prezident aynan qaysi vaksinani nechta dozada olganiga aniqlik kiritmadi va bunday ma’lumotga ega emasligini aytdi.

    Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaga shu paytgacha uch xil — Britaniyaning AstraZeneca, Xitoyning CoronaVac va AQShning Moderna vaksinalari keltirilgan. Bundan tashqari, norasmiy xabarga ko‘ra, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi 3 mingta dozada hukumat kasalxonasiga yetkazilgan, ular bilan hukumat a’zolari emlangan.

    Ayni vaqtda matbuot kotibi qayd etishicha, davlat rahbari Ayni tumaniga safari chog‘ida tuman rahbariyati va faollari oldida nutq so‘zlab, kasallikning oldini olish, sog‘liqni asrash va koronavirusning yangi shtammlaridan himoyalanish uchun barchani emlanishga chaqirdi.

    “Shaxsan men vaksina oldim. Sizga ham emlanishni maslahat beraman. Albatta, vaksinatsiyadan o‘ting va bu kasallik bilan hazillashmang”, — degan Emomali Rahmon.

    Prezident uchrashuvda ta’kidlaganidek, aholining katta qismi vaksinatsiya bilan qamrab olingan mamlakatlarda o‘lim statistikasi past.

    “Emlangan odam kasal bo‘lgan taqdirda ham, kasallik yengil shaklda kechadi. O‘zingiz, farzandlaringiz va tojik xalqi haqida o‘ylang”, — deya qo‘shib qo‘ydi prezident uchrashuvda.

    Iyul oyi oxirida “Ozodi” radiosi o‘z manbalariga tayanib, so‘nggi bir necha hafta ichida Tojikiston prezidentining o‘ndan ortiq yaqin qarindoshlari va oila a’zolari koronavirus simptomlari bilan mamlakatning turli kasalxonalariga yotqizilganini ma’lum qilgandi.

    Iyulda Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbi Rahmonova va prezidentning qaynanasi O‘zbekbi Asadulloyeva koronavirus oqibatida vafot etdi.

    Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani haqida davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilgan edi. “Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar”, — deya ta’kidlagan Sherzod Asadov.

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 23-iyul kuni koronavirusga qarshi vaksina qabul qildi. Vaksinatsiyadan so‘ng Japarov fuqarolarni undan o‘rnak olib, koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. Japarov Xitoyda ishlab chiqarilgan Sinopharm vaksinasining birinchi dozasini oldi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi Qarag‘anda farmatsevtika zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangani haqida aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi.

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-mart kuni koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangandi. Putin omma oldida emlanishdan bosh tortgan. 14-aprel kuni esa Putin vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi. Uning qaysi vaksina bilan emlangani noma’lum edi. Kreml bu ma’lumotni oshkor qilishdan bosh tortgandi. Keyinroq to‘g‘ridan to‘g‘ri efirdagi xalq bilan muloqot chog‘ida prezidentning o‘zi “Sputnik V” bilan emlanganini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • Tojikiston prezidentining singlisi koronavirusdan vafot etdi
    • Tojikiston prezidentining jiyanlari onasining vafotidan keyin sog‘liqni saqlash vazirini do‘pposladi

    04.08.2021, 10:11   Izoh (0)   15786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Mudofaa vazirligi yonida otishma yuz berdi, bir politsiyachi halok bo‘ldi

    04.08.2021, 09:41

    Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarining koinotdan olingan suratlari

    04.08.2021, 08:39

    Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi

    04.08.2021, 08:08

    Xitoyda Uxanning 11 million aholisidan koronavirusga test olinadi. Shaharda bir yil ichida ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holatlari kuzatildi

    04.08.2021, 07:07

    Belarus muxolifati vakili Svetlana Tixanovskaya Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan belaruslarga yordam va sanksiyalarni muhokama qildi

    04.08.2021, 06:48

    Anomal issiq Isroilga ham yetib bordi: mamlakatda ham issiq iqlim yong‘inlarni keltirib chiqardi (video)

    04.08.2021, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.