Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Mikrofon ko‘targan ayol” kanali xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar”, — deya ta’kidlagan Sherzod Asadov.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hokimlarga vaksinatsiya bo‘yicha ishlarni qattiqqo‘llik bilan nazoratga olishni topshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 31-iyul holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi jami 7,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan bo‘lib, to‘liq emlangan fuqarolar soni esa 1 211 019 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hokimlarga vaksinatsiya bo‘yicha ishlarni qattiqqo‘llik bilan nazoratga olishni topshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi