• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikiston prezidentining jiyanlari onasining vafotidan keyin sog‘liqni saqlash vazirini do‘pposladi

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning uch nafar jiyani shifokorlar va mansabdorlarni qattiq do‘pposladi, deb xabar bermoqda “Radio Ozodi” o‘z manbalariga tayanib. Hodisa 20-iyul kuni, ularning onasi, prezidentning singlisi Qurbonbi Rahmonovaning o‘limidan keyin sodir bo‘lgan.

    Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri

    Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri
    Foto: Asia-Plus

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 64 yoshli Qurbonbi Rahmonova koronavirusga chalingan va Tojikiston prezidenti ijro apparati qoshidagi tibbiy markazda davolangan.

    Prezidentning singlisi uchun ataylab Germaniya, Rossiya va O‘zbekistondan tajribali mutaxassislar taklif qilingan. Uning o‘limidan ikki soat avval ular tojikistonlik shifokorlarning bemorni davolash uslubini noto‘g‘ri deb atagan.

    “Bu xulosa Qurbonbi Rahmonovaning farzandlarida g‘azab va norozilik uyg‘otdi: Faxriddin, Farrux va Ziyodali Safarovlar onasining o‘limidan keyin darhol o‘sha yerda bo‘lgan shifokorlarga va tibbiyot sohasi mansabdorlariga tashlangan. Ularni faqat prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Emomali tinchlantira olgan”, — deya nashr manbasi ma’lum qildi.

    Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda va davlat rahbari ijro apparati qoshidagi tibbiyot markazi rahbari Xolmahmad Rahimzoda eng ko‘p jabrlangan.

    Nashrning Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbalari aniqlik kiritishicha, vazir jag‘idan kuchli zarba yegan, markaz rahbarining esa boshi shikastlangan. Qolgan shifokorlar yengil jarohatlar olgan.

    Bundan tashqari SSV rahbari 26-iyul kuni AQSh tomonidan Tojikistonga 1,5 million doza Moderna vaksinasi yetkazib berilishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashmadi. Uning o‘rinbosari Shodixon Jamshid jurnalistlarga vazir xizmat safari bilan chet elga ketganini ma’lum qildi.

    Tojikiston IIV voqea yuzasidan surishtiruv boshlagan, hozircha hech kim qo‘lga olingani yo‘q.

    Ma’lumotlarga qaraganda, Emomali Rahmonning o‘ndan ortiq yaqinlari koronavirusga chalingan. 5-iyul kuni prezidentning qaynonasi O‘zbekbi Asadulloyeva ham COVID-19 oqibatida vafot etgandi.

    Tojikiston SSV statistikasiga ko‘ra, 27-iyul holatiga mamlakatda pandemiya boshidan buyon 14 673 kishida koronavirus aniqlangan, shularning 118 nafari vafot etgan. Ammo tibbiyot xodimlari va ekspertlar rasmiy statistikani shubha ostiga qo‘ymoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning singlisi — 64 yoshli Qurbonbi Rahmonova 20-iyul kuni hayotdan ko‘z yumgandi.

    Tojikistonda 2021-yilning 11-yanvaridan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha biror-bir rasmiy holat qayd etilmagan. 26-yanvar kuni prezident Emomali Rahmon mamlakat koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan, shu bilan birga, aholini niqob rejimiga rioya qilish va masofa saqlashni unutmaslikka chaqirgan.

    Iyun oyi boshida OAVda Tojikistonda koronavirus qaytadan avj olgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa buni qat’iyan rad etdi va xabarlarni faqatgina mish-mish deb atadi.

    Keyinroq Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari haqida rasman ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan, mamlakatning har bir fuqarosidan ushbu sohadagi mutaxassislarning tavsiyalariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lmagan joyga bormaslik, jamoat joylarida niqobdan va boshqa dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish talab etiladi.

    Iyul oyi boshida Tojikistonda voyaga yetgan aholi uchun COVID-19’ga qarshi emlanish majburiy etib belgilandi.

    Mavzuga doir: Tojikiston prezidentining singlisi koronavirusdan vafot etdi

    28.07.2021, 11:40   Izoh (0)   54954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyalik ayol koronavirusdan qo‘rqib 9 oy uyidan chiqmadi. Birinchi marta ko‘chaga chiqishi bilan uni mashina urib ketdi

    28.07.2021, 11:11

    Saudiya Arabistoni chet elliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi

    28.07.2021, 10:12

    Bezos Oy dasturida qatnashish evaziga NASA’ga 2 milliard dollar taklif qildi

    28.07.2021, 08:08

    Floridada qulab tushgan 12 qavatli bino vayronalari ostidan so‘nggi qurbonning jasadi topildi. Fojiada halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi

    28.07.2021, 07:38

    Chechenistonda masjid va do‘konlarga emlash sertifikatisiz borish taqiqlandi. Respublikada aholining 60 foizi koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilingan

    28.07.2021, 07:07

    Italiya shimolida tennis koptogidek keladigan do‘l yog‘di. Yog‘ingarchilik oqibatida yuzlab avtomobillarga shikast yetgan, trassalarda katta tirbandliklar yuzaga k...

    27.07.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.