• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    “O‘zbekiston kriptomaynerlar hujumiga eng ko‘p uchraydigan mamlakat”. Axborot xavfsizligi sohasi mutaxassisi bilan suhbat

    2020-yil yakunlari bo‘yicha jahonning 108 mamlakatini o‘z ichiga olgan Kibertahdidlarga duchor bo‘lish reytingi ishlab chiqildi. Uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 70-o‘rinda, ya’ni kiberhimoyaning eng past darajasi — 0,7121 indeks bilan baholangan.

    Skrinshot: Global Cybersecurity Exposure Index 2020

    Skrinshot: Global Cybersecurity Exposure Index 2020
    Jahon reytinglarida O‘zbekistonning mavqeini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, kiberxavfsizlik sohasida belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida axborot xavfsizligi siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish dolzarb masala ekanligi doimiy ravishda yuqori minbarlardan jaranglab turadi.

    Ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar fuqarolarni internetda kun sayin ortib borayotgan turli kibertahdidlardan muhofaza qilishga qaratilganini inobatga olib, “Daryo” O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash darajasi, tegishli me’yoriy va huquqiy baza va umuman axborot xavfsizligi siyosati mezonlari haqida soha mutaxassisi Bahodir Ahmedov bilan suhbatlashdi.

    — Kundalik hayotimizga internet jihozlar kirib kelishi bilan undagi ma’lumotlarni saqlash, ishlov berish va ular bilan bog‘liq turli tahlikalarning yuzaga kelishi fuqarolarda jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Shu o‘rinda davlat organlari va tashkilotlarida belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan yoki bermaydigan qurilmalardan foydalanish oqibatida kibertahdidlar soni va ko‘lamining ortib borishi ham kuzatilmoqda. Bu borada qanday hisob-kitoblar bor?

    — To‘g‘ri aytasiz, kiberxavfsizlik xalqaro siyosatning dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi, bu esa raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda axborot jamiyati shakllanishining ayrim jihatlariga bog‘liqligi bilan asoslanmoqda. Baholashlarga ko‘ra, bugungi kunda 20 milliardga yaqin qurilmalar internetga ulangan holda ishlaydi, kelgusi besh yil ichida bu ko‘rsatkich bir necha barobarga oshishi taxmin qilinmoqda.

    “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston kiber muhitining xavfsizligi va sog‘lomligini ta’minlash, axborotlashtirish obyektlarining doimiy va uzluksiz ishlashini qo‘llab-quvvatlash, turli ko‘lamdagi kiberhujumlardan himoya qilish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Markaz tomonidan internet milliy segmentida axborot va kiberxavfsizlik hodisalari doimiy monitoring qilib boriladi.

    Monitoring natijalariga ko‘ra, o‘tgan 2020-yilda internet milliy segmentida axborot va kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi 27 milliondan ortiq zararli va shubhali tarmoq hodisalari kuzatilgan.

    O‘zbekistonda kuzatilgan tahdidlarning asosiy salmog‘i

    O‘zbekistonda kuzatilgan tahdidlarning asosiy salmog‘i

    Ta’kidlash joiz, 2020-yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari veb-saytlariga nisbatan sodir etilgan hodisalar soni 144 foizga o‘sgan, 243 ta veb-sayt ekspertizadan o‘tkazilgan, “UZ” milliy domeni hududida 337 ta, shundan davlat tashkilotlari veb-saytlarida 79 ta axborot xavfsizligi hodisalari aniqlangan.

    — Qilingan ishlar, albatta, ularni mamlakat kiberxavfsizlik tizimini yanada takomillashtirish, sodir etilayotgan kiberhujumlarni o‘z vaqtida bartaraf qilish, kibertahdidlarga qarshi samarali tizimini takomillashtirishga qaratilgan deb hisoblaganimizda, bularni bugungi kun talablari uchun yetarli deb hisoblasak bo‘ladimi?

    — Yo‘q, albatta. Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi tahlilchilarining kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha dunyo davlatlari reytingi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston eng ko‘p kriptomaynerlar hujumiga uchraydigan mamlakat deb topilib, 60 ta davlat ichida 56-o‘rinni egallagan. Shuningdek, kiberxavfsizlik ta’minlanganligi yuzasidan eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan davlatlardan biri hisoblangan Yaponiyada kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilik – 6 ballni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 3 ballni, kiberhujumlarni bartaraf etishga shaylik holati Yaponiyada 0,7 ballni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 0,2 ballni tashkil etgan.

    Ta’kidlash joiz, mamlakat kiberxavfsizligiga bo‘layotgan tahdidlarning tobora ko‘payib, xakerlar va viruslar hujumlari ko‘lami xavfli tus olib borayotgani O‘zbekistonning kiberxavfsizlik sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalarga chiqishni taqozo etmoqda.

    — Buning uchun qandaydir qo‘shimcha chora-tabdirlar ishlab chiqish kerakmi yoki o‘zimizda qilingan ishlarning o‘zi yetarlimi?

    — Bu yerda bir necha mezonlarni hisobga olish lozim. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, mazkur yo‘nalishda bir qator kiberxavfsizlik darajasini aniqlash bo‘yicha baholash indekslari orqali dunyo davlatlarining reytinglari tuziladi. Jumladan, BMTning Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan global kiberxavfsizlik indeksi — Global Cybersecurity Index (GCI) hamda Estoniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan milliy kiberxavfsizlik indeksi — National Cyber Security Index (NCSI) xalqaro reytinglarni taqdim etib kelmoqda.

    Xususan, global kiberxavfsizlik indeksiga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekiston 93-o‘rinda qayd etgan bo‘lsa, 2021-yilda 23 pozitsiyaga ko‘tarilib, 71,11 ballik ko‘rsatkich bilan 70-o‘rinda qayd etildi va kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha MDH davlatlari orasida 4-o‘rinni egalladi. Ushbu indeksning huquqiy (19,27), hamkorlikdagi (13,56) choralar va rivojlanish imkoniyatlari (15,68) ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori, texnik (12,56) va tashkiliy (10,05) choralar ko‘rsatkichlarida past natijalar qayd etildi.

    2021-yilda Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasi tomonidan nashr etilgan Milliy kiberxavfsizlik indeksida (NCSI) 160 ta davlat ichida O‘zbekiston 31,17 reyting ko‘rsatkichi bilan 95-o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ko‘rsatkichi bo‘yicha 95-o‘rinni egalladi.

    O‘zbekistonning NCSI indeksidagi ko‘rsatkichlari

    O‘zbekistonning NCSI indeksidagi ko‘rsatkichlari

    NCSI davlatlarning kibertahdidlarni bartaraf etish va kibermojarolarni boshqarishga tayyorgarlik darajasini baholaydi. Shu bilan birga, mazkur indeks umumiy foydalanishdagi ishonchli ma’lumotlar bazasini hamda milliy kiberxavfsizlik tizimini yaratish uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

    Ushbu indeks 12 ta asosiy mezonlar kiritilgan uchta guruhdan iborat. Bularga: 1) kiberxavfsizlik umumiy mezonlari, 2) xavfsizlikning tayanch mezonlari, 3) mojaro va keskin o‘zgarishlarda o‘zini tutish mezonlari kiradi. Har bir 12 mezon o‘zaro bog‘liq 46 ta ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Har bir mezon o‘lchovi maksimal 100 foiz etib belgilangan.

    NCSI davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha reytingini shakllantirishda davlatlarning markaziy hukumatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni asos qilib oladi. Bularga:

    • Amaldagi qonunchilik bazasi — qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va hokazolar;
    • Rasmiy boshqaruv organlar — mavjud tashkilotlar, departamentlar va boshqalar;
    • Hamkorlik shakllari — qo‘mitalar, ishchi guruhlar va hokazolar;
    • Natijalar — siyosat, o‘quv mashg‘ulotlari, texnologiyalar, veb-saytlar, dasturlar va hokazolar.
    Reytingni shakllantirish uchun kerakli ma’lumotlar bir nechta usullar yordamida to‘planadi. Jumladan:
    • Davlat hokimiyati vakillari va ekspertlardan olingan ma’lumotlar;
    • Tashkilotlar va jismoniy shaxslardan yig‘ilgan ma’lumotlar;
    • NCSI jamoasi tomonidan umumfoydalanishdagi manbalardan olingan ma’lumotlar
    kiradi.

    2021-yilda taqdim etilgan kiberxavfsizlik indeksida O‘zbekiston har bir mezon bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:

    O‘zbekistonning NCSI indeksining har bir mezoni bo‘yicha to‘plagan baholari

    O‘zbekistonning NCSI indeksining har bir mezoni bo‘yicha to‘plagan baholari

    Natijalardan ko‘rinib turibdiki, to‘rtta mezon bo‘yicha O‘zbekiston 50 foizdan ortiq ko‘rsatkichga erishgan. Bunda “kibertahdidlarni tahlil qilish” 60 foiz, “ta’lim va kasbiy rivojlantirish” 67 foiz, “elektron identifikatsiya qilish va ishonch xizmatlari” – 78 foiz va “kiber hodisalarga javob qaytarish” – 50 foiz mezonlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi.

    — Shu bilan birga, bu natijalarda bir qator mezonlar past ko‘rsatkichga ega. Buni qanday izohlaysiz va reytinglarda O‘zbekistonning egallab turgan o‘rni yuqorilash uchun qanday ishlar qilinishini zarur, deb hisoblaysiz?

    — Shunday. Indeksdagi bir qator mezonlarda belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha past foizlarda berilgan. Bunda O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatining yetarli yo‘lga qo‘yilmaganligi, muvofiqlashtirish masalalari, kiberxavfsizlik strategiyasining mavjud emasligi, vakolotli nazorat organining yo‘qligi, doimiy monitoring olib borilmasligi kabi muammolar mavjudligi ko‘zga tashlanadi.

    O‘zbekistonda 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida 2020-yilning 1-sentabriga qadar O‘zbekiston kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni, shu jumladan 2020—2023-yillarga mo‘ljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasini va kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan edi. Biroq bugungi kunga qadar mazkur strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqilmadi. Ushbu hujjatlarning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro indekslarda yanada yuqori o‘rinlarni egallashga asos bo‘ladi.

    Shu o‘rindan ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning mazkur baholash indeksidagi o‘rnini bir qator Yevropa, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan solishtirish muhim ahamiyatga ega.

    O‘zbekistonning NCSI indeksidagi natijalarini boshqa davlatlar bilan solishtirish jadvali

    Ko‘rinib turibdiki, asosiy mezonlar bo‘yicha O‘zbekiston past ko‘rsatkichlar bilan baholangan. Misol uchun, “harbiy kiberoperatsiyalar” mezoni bo‘yicha Qurolli Kuchlar tarkibida kiberbo‘linmalarning mavjud emasligi, kiberoperatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmaslik kabi holatlarga oid ko‘rsatkichlarda 0 foiz ko‘rsatilgan. Demak, aynan shu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish lozim bo‘ladi.

    Reytingda mavjud 46 ta indikator jami 77 ballni tashkil qilib, O‘zbekiston 24 ball yoki 31,17 foiz ko‘rsatkichga erishgan. Agar mutlaq “nol” qiymatdagi ko‘rsatkichlarni kamida bitta pog‘ona ko‘tarishga erishiladigan bo‘lsa, umumiy 54 ball yoki 70,13 foiz ko‘rsatkich bilan reytingda 25-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati mavjud. Bu esa O‘zbekistonni Osiyo davlatlari orasida 15-o‘rindagi Singapur (80,52 foiz) va 21-o‘rindagi Malayziyadan (71,43 foiz) keyin o‘rinlarga olib chiqadi.

    Kelgusida O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblayman:

    • O‘zbekistonning Kiberxavfsizlik strategiyasini qabul qilish, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun hamda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
    • Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish;
    • mintaqaviy va xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilotlarning yig‘ilishlarini O‘zbekistonda o‘tkazish hamda biror mamlakatning kiberxavfsizlik salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarida ishtirok etish;
    • kiberxavfsizlikka oid mintaqaviy va xalqaro darajada tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
    • kiberxavfsizlik siyosatini milliy darajada muvofiqlashtirish uchun qo‘mita, kengash yoki ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
    • raqamli xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar zimmasiga kiberxavflarni boshqarish vazifalarini yuklashning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;
    • axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya va tashkilotlarning kiberxavfsizlik siyosatini samarali yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha hisobdorligini oshirish;
    • davlat sektoriga raqamli xizmatlarni taqdim etuvchilarning kiberxavfsizlik talablarini bajarishiga oid javobgarligini kuchaytirish.
    • o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlariga kiberxavfsizlik va kompyuter xavfsizligi soatlarini kiritish.
    Umuman olganda, yuqorida keltirilgan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonni kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi xalqaro reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi.

    02.08.2021, 19:30   Izoh (0)   19820
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Van Gogdan Vermeyergacha: Google Arts & Culture bo‘limiga 1800 dan ortiq yuqori tiniqlikdagi kartinalarni to‘pladi

    01.08.2021, 10:54

    Samsung multiplikatsion serial yaratdi. U elektron sanoat tarixi haqida ma’lumot beradi

    31.07.2021, 17:54

    Instagram o‘smirlarning akkauntini yopib qo‘yadi

    30.07.2021, 11:59

    Lego Marvel kinoolami qahramonlaridan iborat o‘yinchoqlarni taqdim etdi

    29.07.2021, 19:23

    Internet foydalanuvchilari Google Maps’dagi “arvohli” o‘rmon suratidan qo‘rqib ketdi

    28.07.2021, 21:41

    Oq-qora rasmlarni rangliga aylantira oladigan Telegram-bot yaratildi

    24.07.2021, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.