Samsung kompaniyasi elektron sanoat tarixi haqida so‘zlovchi The History of the Electronics Industry that Changed the World nomli multiplikatsion serialni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.
YouTube orqali hozirda Semyuel Morze va telegrafning yaratilishiga bog‘liq birinchi qismni tomosha qilish mumkin. Keyinroq kanalda Jon Berd va televideniye Aleksandr Bell va telefon, Jeyms Xarrison va muzlatkich, shuningdek, Uilyam Shokli va yarim o‘tkazgichlar haqida yana to‘rtta qism paydo bo‘ladi
Video ingliz tilida bo‘lib, subtitrlar ham shu tilda yozilgan. Serialning boshqa tillarda ham taqdim etilish yoki etilmasligi hozircha noma’lum.
Avvalroq oq-qora rasmlarni rangliga aylantira oladigan Telegram-bot yaratilgani, MyHeritage sayti fotoportretlarni xuddi “Garri Potter”dagi kabi “jonlantirish”ni o‘rganib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)