• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Avstraliyada karantinga rioya qilinishini harbiylar nazorat qiladi, Italiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 196 631 596 kishini tashkil qilmoqda. 4 199 002 kishi virus oqibatida vafot etgan.

    Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (34,7 million), Hindiston (31,5 million), Braziliya (19,8 million), Fransiya (6,14 million) va Rossiya (6,13 million) eng oldinda bormoqda.

    Koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olish uchun navbatda turgan odamlar. Haydarobod, Hindiston

    Koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olish uchun navbatda turgan odamlar. Haydarobod, Hindiston
    Foto: AP Photo

    Avstraliyaning Sidney shahrida COVID-19’ga chalinish bo‘yicha sutkalik rekordlar fonida karantin rejimiga rioya qilinishi ustidan harbiylar ham nazorat olib boradi.

    Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyul, juma kuni shaharga qariyb 300 nafar harbiy joylashtiriladi. Avstraliya mudofaa vaziri Piter Datton aytishicha, harbiylar kelasi haftadan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat etishda politsiyaga ko‘maklashishni boshlaydi.

    Izolyatsiya rejimi bir oyga uzaytirilgan Sidneyda 29-iyul kuni bir kecha-kunduzda 239 kishida koronavirus aniqlandi, bu pandemiya boshidan buyon rekord ko‘rsatkichdir.

    Vaziyat yomonlashishi tufayli Yangi Janubiy Uels shtati bosh vaziri Gledis Berejiklyan Sidneyda cheklovlar kuchaytirilishini e’lon qildi, u yerda karantin choralari shundoq ham bir oydan buyon amal qilib kelmoqda. Sidneyning janubi-g‘arbiy va g‘arbiy tumanlari aholisi endi ko‘chalarda niqob taqishi kerak bo‘ladi, shuningdek, uydan 5 kilometrdan ko‘proqqa uzoqlashishga ruxsat berilmaydi.

    Sidney hukumati 28-iyul kuni shahardagi karantin 28-avgustga qadar uzaytirilishini e’lon qildi. Dastlab bu rejim 31-iyulda yakunlanishi rejalashtirilgan edi.

    Ishsiz holda izolyatsiya rejimida qolib ketgan Sidney aholisiga moddiy kompensatsiya taqdim etiladi.

    Mavzuga doir: Koronavirusning delta shtammi tufayli to‘liq lokdaun o‘rnatilgan Sidney — suratlarda

    Italiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni mustaqil monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Gimbe fondi mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi, degan xulosaga keldi.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, 21—27-iyul kunlari Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni yana o‘sgan. Bungacha ketma-ket 15 hafta davomida ushbu ko‘rsatkich mamlakatda pasayib kelgan edi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta virus yuqtirish holatlari 64 foizga o‘sgan (31 963 ta holat, taqqoslash uchun bir hafta avval 19 390 ta bo‘lgan). Bundan tashqari, Italiya kasalxonalarida intensiv terapiya bo‘limlarida yotgan bemorlar 14,5 foizga ko‘paygan.

    28-iyul holatiga, Italiya aholisining 63,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan, 52,3 foizi esa to‘liq emlangan.

    Mavzuga doir: Yevropada koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Gretsiyada namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi (foto)

    COVID-19’ni boshdan kechirgandan keyin koronavirusning Spike-oqsillarini neytrallashtiruvchi antitanalarni ishlab chiqish jarayoni yoshi katta odamlarda yoshlarga nisbatan ancha faolroq yuz beradi. Rossiyaning “Xelisk” laboratoriya xizmati va Kirov nomidagi harbiy-tibbiy akademiyaning qo‘shma tadqiqotlari natijalari shundan darak bermoqda.

    “Katta yoshli odamlarda COVID-19’ni boshdan kechirgandan keyin IgG sinfidagi antitanalar miqdori ancha yuqori bo‘lib chiqmoqda: 60-70 yosh guruhida antitanalarning o‘rtacha miqdori 20-30 yosh guruhidagidan ikki marta ko‘proq bo‘ldi, bu kasallanish darajasining og‘irligiga bog‘liq emas”, — deyiladi “Xeliks” kompaniyasi press-relizida.

    Kompaniya tibbiy direktori Dmitriy Denisovning aniqlik kiritishicha, yoshi kattalarda antitanalar miqdorining katta bo‘lishini ularning immun tizimi butun hayoti davomida yoshlarnikiga qaraganda ko‘proq antigenlar bilan to‘qnashgani va immunizatsiyaga yaxshiroq reaksiya ko‘rsatishi bilan bog‘lash mumkin.

    Shuningdek, tadqiqotlarda koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazgan bemorlarda antitanalar ko‘proq ishlab chiqarilishi hamda IgG antitanalari ayollar va erkaklarda kasallikdan keyin turli muddatlarda shakllanib, saqlanib qolishi ma’lum bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Olimlar COVID-19’ga chalingan odamlarda antitanalar bir yildan uzoq saqlanib qolishi mumkinligini aniqladi

    • Shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati 1-avgustdan boshlab koronavirusga qarshi to‘liq emlangan kishilarning mamlakatga sayyohlik vizalari bilan kirishiga ruxsat beradi. Faqat mamlakatda ma’qullangan vaksinalar hisobga olinadi, shuningdek, Saudiya Arabistoniga kirishdan avval 72 soat ichida PZR-test topshirish kerak bo‘ladi.
    • Bangkok kasalxonalarida koronavirusning delta shtammiga chalingan bemorlar oqimi tufayli joylar qolmadi. Poytaxt kasalxonalarida kuniga ming nafargacha bemorlar qabul qilinishi mumkin, ammo 29-iyul kunining o‘zida faqat Bangkokda to‘rt ming kishida kasallik aniqlangan. Shahardagi karantin markazlari to‘lib ketgan, poytaxt hukumati qo‘shimcha o‘rinlar yaratish maqsadida xususiy klinikalar bilan ish olib bormoqda. 29-iyul kuni Tailandda kasallanish holatlari bo‘yicha yangi rekord qayd etildi — 17 669 kishida kasallik aniqlandi, 165 kishi vafot etdi.

    30.07.2021, 16:58   Izoh (0)   12759
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasining jangovar shayligini oshirishga chaqirdi

    30.07.2021, 15:58

    Turkmaniston chegarachilari O‘zbekistondan qaytayotgan turkman talabalarini mamlakatga kiritmadi

    30.07.2021, 14:10

    “Milliy falokat”: Turkiyada yuz berayotgan o‘rmon yong‘inlari — suratlarda

    30.07.2021, 13:27

    Braziliyada havo rekord darajada sovib, qor yog‘di (video)

    30.07.2021, 12:46

    Alyaskada yuz bergan 8,2 magnitudali zilzila so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchlisi deb tan olindi (video)

    30.07.2021, 12:10

    Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi

    30.07.2021, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.