• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar O‘zbekistonda emlanishdan bosh tortgan ayrim xodimlarni ishga qo‘ymaslikni qonuniylashtirishni ma’qulladi

    Qonunchilik palatasi deputatlari 27-iyul kuni O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi majburiy emlashni qonuniylashtirishni ko‘zda tutgan qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Bundan tashqari, loyihaga ko‘ra, shifokor ruxsatiga qaramasdan emlanishni rad etgan xodim ish beruvchi tomonidan maoshini saqlamasdan ishdan chetlatilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vaksinatsiya majburiymi?

    Sog‘liqni saqlash vazirligining tushuntirishicha, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunda fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to‘xtatilishini talab qilish huquqiga ega ekani belgilangan. Shunga ko‘ra, hech bir shaxs vaksina olishga majbur qilinmaydi.

    Shu o‘rinda, O‘zbekiston davlat bosh sanitariya vrachi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunda vakolati doirasida epidemiologik ko‘rsatkichlar asosida emlanishi lozim bo‘lgan kontingentlarning (masalan, epidemiologik noxush hududda ishlaydiganlar, mazkur hududda yashaydiganlar, ushbu hududlarga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar va boshqalar) emlash kalendarini tasdiqlaydi.

    Shu sababli davlat bosh sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyevning 19-iyuldagi qarori bilan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi profilaktik emlash ham Epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha profilaktik emlash kalendariga kiritildi (0239−07-son SanQvaN “Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi”). Unga ko‘ra, 14 toifadagi 18 yoshdan katta aholi majburiy emlanadi.

    “Profilaktik emlashlar doimiy ravishda aholining ayrim toifalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, fuqarolar ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun (asosan aholi bilan ko‘p muloqot qiluvchi faoliyat turlari) koronavirusga qarshi emlashdan o‘tishi kerak”, — deyiladi SSV xabarida.

    Loyihada davlat bosh sanitariya vrachining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida“gi qonunda belgilangan vakolatini fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash borasidagi asosiy qonun hujjati hisoblangan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunda ham mustahkamlab qo‘yish taklif etilmoqda.

    Shuningdek, loyihada Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish orqali, ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan xodimlarni ishga qo‘ymaslik huquqini berish ko‘zda tutilmoqda. Bu taklif Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda xalqaro ekspertlar koronavirusga qarshi kurashish va uning yangi to‘lqinlarining oldini olish ommaviy vaksinatsiya orqali muvaffaqiyatli tashkil etilishi mumkinligi yuzasidan tavsiyalarini inobatga olgan holda bildirilganligi aytiladi.

    Deputatlar qonun loyihasini ma’qullamoqda

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Milliy tiklanish” demokratik partiya tomonidan COVID-19 yuqish darajasini pasaytirish va ijtimoiy immunitetni tashkil etish maqsadida aholini vaksinatsiya qilish ishlarini jadallashtirish taklifini bildirgan.

    Xususan, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda davlat bosh sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda.

    Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekani ko‘zda tutilmoqda.

    Xabarda ta’kidlanishicha, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish natijasida koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlari oldini olish uchun aholi o‘rtasida ommaviy vaksinatsiyani tashkil etishning qonuniy asoslari yanada mustahkamlanadi. Yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlash o‘tkazishni joriy etish yuzasidan amaldagi qonunchilikdagi mavjud ziddiyatlar bartaraf etiladi.

    O‘zbekistonda 26-iyul holatiga ko‘ra, 1 million 99 ming kishi to‘liq emlangan — bu 18 yoshdan katta aholining 5 foizidan kamroq.

    “Jamoaviy immunitetni shakllantirish uchun esa aholining 60−80 foizi emlanishi talab etiladi. Xitoyda vaksinalarga bo‘lgan ishonch 90 foiz, Braziliyada 80, Hindiston, Indoneziya va Tailandda 70, Turkiya va Meksikada esa 60 foizni tashkil etmoqda. Fransiya, Gretsiya, Avstraliya, Italiya, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlarda majburiy vaksinatsiya amaliyoti joriy etilgan”, — deyiladi parlament quyi palatasining xabarida.

    27.07.2021, 19:43   Izoh (0)   24924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlariga kirish bo‘yicha test topshiriqlari soni qisqartirildi

    27.07.2021, 19:28

    Namanganda mast er 34 yoshli xotinini rashk sabab ish joyida pichoqlab o‘ldirdi

    27.07.2021, 19:13

    Yevropa bir martalik plastik idishlardan voz kechdi. Biz-chi? Qachon voz kechamiz?

    27.07.2021, 18:42

    “Bolalar tegishli sharoitlar bilan ta’minlanishi kerak edi”. O‘zbekiston bolalar ombudsmani Prezident maktabiga imtihonlar jaziramada ochiq joyda o‘tkazilgani haqi...

    27.07.2021, 18:27

    Qamchiq dovonida Captiva yo‘l chetiga ag‘darilishi oqibatida 5 kishi jarohatlandi

    27.07.2021, 18:10

    Toshkentdagi eng arzon MSKT xizmatlari va “Remdesivir” dori vositasi narxlari e’lon qilindi

    27.07.2021, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda sun’iy bachadonga ega robot ishlab chiqiladi

    Ilm-fan | 18 avgust, 12:28

    Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 12:13

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:05

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:57

    AQSHda sharshara ortidagi g‘orga tushib ketgan erkak qutqarildi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 11:44

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:18

    Apple ulushi qisqardi: Uorren Baffet yangi kompaniyalarga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritdi

    Dunyo | 18 avgust, 11:15

    “Supermen” va “Yulduzlar jangi” filmlari yulduzi Terens Stemp vafot etdi

    Kino | 18 avgust, 11:00

    FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formatini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

    Sport | 18 avgust, 10:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.