• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Toshkentga qaytayotgan Jaloliddinov, Dubayni tark etgan Masharipov, hal qiluvchi pallaga kirgan Yevro va Kopa Amerika. Sportga oid eng so‘nggi xabarlar dayjesti

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid so‘nggi kunlarning muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Olimpiadaga yo‘l oladigan sportchilarni emlash jarayoni davom etmoqda. 2-iyul kuni bokschilarda vaksinatsiyaning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston boks delegatsiyasi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini musobaqa bo‘lib o‘tadigan joyda o‘tkazish uchun 4-iyul kuni Tokioga jo‘nab ketdi. Avvalroq Tokio—2020 Olimpiadasiga boradigan barcha o‘zbekistonlik sportchi, murabbiy va rasmiy vakillar vaksinatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

    Superliganing 12-tur o‘yinlari 2—4-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. “Turon” o‘z maydonida “Metallurg”ni mag‘lub etgan holda, Superliga 2021-yilgi mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq yaypanliklar jamoasini tajribali mutaxassis Igor Shkvirin qabul qilib olgandi. Yana bir bahsda “Qizilqum” o‘z uyida “Mash’al”ni taslim etdi va muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi. 3-iyul kuni esa “OKMK” jamoasi “Qo‘qon-1912”ni yengib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” so‘nggi soniyalardagi gol evaziga “Navbahor”dan ustun keldi. 4-iyul kuni turning so‘nggi uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Paxtakor” Toshkent derbisida “Lokomotiv”dan ustun keldi. “Bunyodkor” esa “Surxon”ni tor-mor keltirdi. Markaziy o‘yin Qarshida “Nasaf” va “So‘g‘diyona” o‘rtasida kechdi. Unda jizzaxliklar mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Jasur Jaloliddinov “Andijon”dan ketdi. “Navbahor”ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi o‘zning Instagram sahifasi orqali bu haqda ma’lum qildi. Jaloliddinov faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” klubida davom ettiradi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati ma’lum qildi. 2020-yilda Rossiyada sarson bo‘lgan futbolchi 2021-yilning mart oyida “Andijon” futbolchisiga aylangandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga “Jenoa”dan qiziqish bo‘lmoqda. Rossiyalik sharhlovchi va insayder Nobel Arustamyanga ko‘ra, genuyaliklar “Paxtakor”ning 20 yoshli himoyachisi transferini ushbu yozda amalga oshirmoqchi. Avvalroq unga Belgiyaning “Beersxot” klubidan qiziqish borligi xabar qilingandi.

    Jaloliddin Masharipov “An-Nassr”ga qaytdi. O‘tgan mavsumni BAAning “Shabob al-Ahli” klubi ijara asosida o‘tkazgan o‘zbekistonlik futbolchi yana Saudiya Arabistoni klubiga qaytdi. Masharipov BAA chempionatida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. Saudiyaliklar Masharipovni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olgan va legionerlar limiti sabab dubayliklarga ijaraga bergandi.

    Foto: “An-Nassr” FK

    Foto: “An-Nassr” FK

    Jahon

    Yevro—2020 chorak final o‘yinlari yakunlandi va yarim final juftliklar ma’lum bo‘ldi.

    Yevro—2020

    Yarim final

    6-iyul, seshanba

    Italiya — Ispaniya 00:00

    7-iyul, chorshanba

    Angliya — Daniya 00:00

    Italiya terma jamoasi saralash bahslarini hisobga olganda Yevropa chempionatidagi ketma-ket 15-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi. Belgiyaning 14 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga esa yakun yasaldi. Roberto Manchisi jamoasi ketma-ket 32 ta o‘yindan buyon yutqazmayapti va bu borada shaxsiy rekordini yaxshilab oldi.

    Yevro—2020 kashfiyoti uzoq muddatga safdan chiqdi. Italiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Leonardo Spinatssola Belgiyaga qarshi o‘yinning 79-daqiqasida og‘ir jarohat oldi va ko‘z yosh to‘kib, maydonni tark etdi. Qayd etilishicha, uning tovon paylarida yorilish yuzaga kelgan. Bu jarohat sabab himoyachi bir yilgacha bo‘lgan muddatga safdan chiqishi mumkin. Spinatssola Yervopa chempionatida ikki bor uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Angliya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ketma-ket yettita o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazmadi. Inglizlarning quruq seriyasi 662 daqiqadan beri davom etmoqda. “Uch sherlar” 1996-yildan keyin ilk bor Yevropa chempionati yarim finalida o‘ynaydi.

    Shvetsiya hujumchisi Patrik Shik Yevro—2020 dagi gollari sonini 5 taga yetkazdi va eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Shuningdek, Shik Chexiya safida bitta yirik musobaqada doirasida gol urish bo‘yicha Milan Baroshning rekordini takrorladi. Barosh Yevro–2004 da beshta gol urgan va musobaqa to‘purari bo‘lgandi.

    Daniya 1992-yildan beri ilk bor Yevro yarim finaliga chiqdi. O‘shanda daniyaliklar musobaqa g‘olibiga aylangandi. Shuningdek, Daniya Yevroning dastlabki ikki o‘yinida mag‘lub bo‘lib, yakunda yarim finalga qadar yetib kelgan birinchi jamoaga aylandi.

    Kopa Amerika—2021 da ham chorak final bahslari yakunlandi. Unga ko‘ra Braziliya, Peru, Argentina va Kolumbiya yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

    Amerika Kubogi—2021

    Yarim final

    6-iyul, seshanba

    Braziliya — Peru 04:00

    7-iyul, chorshanba

    Argentina — Kolumbiya 06:00

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Toni Kroos faoliyatini qachon va qayerda yakunlamoqchi ekanini aytdi

    O‘ylashimcha, 2023-yil mos keladigan palla, men 33 yoshda bo‘laman. Hali “Real” bilan shartnomani yana bir yoki ikki yilga uzaytirish borasida qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keladi. Biroq bir narsaga mutlaqo ishonchim komil, faoliyatimni “Real”da yakunlayman.

    Germaniyadagi barchani ayblamoqchi emasman, chunki ko‘plab muxlislar o‘yinimga yaxshi baho berdi. Biroq ayrim hollarda 11 yillik mehnatimdan keyin ham odamlar menga yetarli baho bermayotgandek tuyuladi. Ispaniyada esa hammasi boshqacha. Yetti yil avvalgi birinchi o‘yinimdan hozirgacha odamlar mendan minnatdor.

    Toni Kroos, “Real” futbolchisi

    Transfer yangiliklari

    “Manchester Yunayted” “Real” himoyachisi Rafael Varanni qo‘lga kiritmoqchi. Ingliz klubi Varan transferi uchun 45 million yevrodan ortiq mablaf sarflash niyatida emas. Madridliklar esa futbolchi uchun 70 million so‘ramoqda. “Manchester Yunayted” kelishuvga yarim himoyachi Pol Pogbani qo‘shishga tayyor. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2022-yil yozida yakunlanadi. ABC nashrining xabariga ko‘ra, Varan “Man Yunayted”da yiliga 12 million yevro maosh oladi. “Real” esa yangi shartnomada unga 7 million taklif qilgan.

    Avvalroq “Yunayted” Jeydon Sancho transferini hal qilgan ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, jamoa yarim himoyaga nomdor futbolchi olib kelish niyatida.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “PSJ” Lionel Messiga “Barselona”dan foydaliroq taklif bilan chiqdi, deya xabar qilmoqda AS. Hozirda futbolchining e’tibori Amerika Kubogiga qaratilgan. Musobaqa tugagandan keyin parijliklar muzokaralarga kirishmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Messi 1-iyuldan e’tiboran erkin agent maqomini olgan.

    Hozirda katalonlar Messi bilan yangi kelishuv borasida muzokaralar olib bormoqda. Leoning shartlarini qanoatlantirish uchun jamoa maoshlar masalasini ko‘rib chiqishi va bir nechta futbolchisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Aks holda moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, “Barselona” Umtiti va Pyanichga shartnomani bekor qilishni taklif qilgan. Biroq ikki futbolchi ham bu taklifni rad etgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.07.2021, 23:46   Izoh (0)   33423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Paxtakor” derbida “Lokomotiv”dan ustun keldi, “So‘g‘diyona” Qarshida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. “Bunyodkor” esa 5 ta gol urib, g‘alaba

    04.07.2021, 22:26

    Aviahalokatdan qutulib qolgan, yo‘l-yo‘l libos yoqqani uchun “Real”ni emas, “Barselona”ni tanlagan va katalonlar afsonasiga aylangan Ladislav Kubala haqida

    04.07.2021, 20:41

    Maydon tekis, to‘p esa yumaloq: Gretsiyaning Yevro—2004 dagi sensatsion chempionligini eslab

    04.07.2021, 15:56

    Amerika Kubogi. Argentina Ekvadorni yirik hisobda yengib, yarim finalga chiqdi. Urugvay penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi

    04.07.2021, 10:56

    Yevro—2020. Angliya terma jamoasi Ukrainani yirik hisobda yengib, yarim finalga chiqdi. Harri Keyndan dubl

    04.07.2021, 02:16

    Yevro—2020. Daniya terma jamoasi Chexiyadan ustun keldi va yarim finalga yo‘l oldi

    03.07.2021, 23:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.