• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Maydon tekis, to‘p esa yumaloq: Gretsiyaning Yevro—2004 dagi sensatsion chempionligini eslab

    Xayoliy hikoya: unutiladigan o‘yin uslubi, yodda qoladigan g‘alaba.

    2004-yil Gretsiya sporti o‘zgacha kechgan. Avgust oyining o‘rtalarida mamlakatda XXVII yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi. To‘rt yillikning eng yirik musobaqasini o‘tkazish davlatga katta iqtisodiy zarar yetkazadi, shunga qaramay bu juda katta ahamiyat kasb etmasdi. Boisi mazkur musobaqaning mamlakatda o‘tkazilishining o‘ziyoq katta sharaf edi. Gretsiya aholisining kayfiyati ham o‘zgacha edi, boisi bir oy avval futbol bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoasi Yevropada eng yaxshisiga aylangandi.

    Musobaqa boshlanishidan avval Gretsiyaning imkoniyatlari past baholangan edi. Greklar g‘alaba qozonishidan ko‘ra Devid Bekhemning yangi Jeyms Bond bo‘lishi haqiqatga yaqinroq edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jamoaning eng mashhur futbolchisi “Inter”da to‘p suradigan Giorgios Karagunis hamda “Roma”dan tashrif buyurgan Trayanos Dellas edi. Ammo ularning ahvoli ham klublariniki kabi havas qilarli darajada emasdi. Italiya futboli o‘sha paytda bir necha yillar davom etadigan inqiroz bilan yuzlashayotgandi. Qolgan futbolchilar mahalliy jamoa vakillari edi. Muvaffaqiyatga eng katta hissa qo‘shgan inson nemis “tulkisi” — Otto Rexagel edi. Va bu bekorga emas.

    Gretsiyaning Yevro—2004 dagi g‘alabasi bilan “Lester”ning APLda chempion bo‘lishi — juda kam ro‘y beradigan holatlar. Portugaliya maydonlarida shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lsa ham — bu Otto Rexagel qo‘l ostida bo‘ladi. 1996/97-yilgi mavsumda nemis mutaxassisi kamtarona “Kayzerslautern”ni boshqarardi. U boshchiligida jamoa ikkinchi Bundesligada g‘alaba qozongan. Keyingi mavsumda esa sobiq jamoasi “Bavariya”ni ortda qoldirib, chempionga aylandi. Nemis futboli bunga o‘xshash vaziyatni avval ko‘rmagandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Otto Rexagel greklar uchun ideal variant edi. U atrofidagilarni chetlab o‘tadigan mo‘jizalarga doim ishongan. Saralash o‘yinlarida Ukraina va Ispaniyani kichik hisobda mag‘lub etgan murabbiy futbol gigantlari bilan kurashish strategiyasiga ishongan edi. “1:0” hisobi tez orada Yevropa chempionatida mashhurlikka erishadi. Gretsiya Portugaliyadagi chempionatga: “Balki, nimadir o‘xshab qolar, aksincha bo‘lsa nima yo‘qotamiz?”, — degan o‘yda tashrif buyurgandi. Ishoning, bu juda katta impuls.

    Ushbu impulsning boshlanishi kichik lavhalarga borib taqaladi. Karagunis tomonidan uzoqdan yo‘llangan zarbaning birinchi golga aylanishi Gretsiya terma jamoasining nima qilayotganiga ishonish uchun asos bo‘ladi. Otto Rexagel — kuchli taktik murabbiy, futbolchilarini raqib kuchiga qarshi ruhlantira oladigan mutaxassis. Bir qarashda hammasi oddiy edi: himoyani kuchaytirib, keyin hujum haqida o‘ylash. Buni amalga oshirish eng muhimi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Guruh bosqichining birinchi turida Portugaliyani mag‘lub etgan greklar Ispaniya bilan durangga rozi bo‘ldi. Rossiyaga esa yutqazdi. Hujumkor vaziyatlari ispanlarnikidan yuqori bo‘lgan greklar ikkinchi o‘rinni egalladi va chorak finalda Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Fransuzlar 2003-yilgi Konfederatsiyalar Kubogini qo‘lga kiritib musobaqaga kelgan edi. Tyerri Anri, Rober Pires va Silven Viltor — yengilmas “Arsenal”ning yetakchi futbolchilari, Zinedin Zidan esa raqib himoyachilari uchun xavfli futbolchi edi. Otto Rexagel raqibning kuchli hujum dueti: Tyerri Anri va David Trezegeni yaxshiroq qo‘riqlashni maqsad qildi. Greklar iloji boricha chuqurroq o‘ynashga urinardi. Fransiya 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

    Chexiyaga qarshi yarim finalda ham bu takrorlandi. Raqib futbolchisi Pavel Nedvedning darajasi grek himoyachilari uni yopishiga yo‘l qo‘ymasdi. 105-daqiqada Trayanos Dellasning yagona goli greklarga g‘alaba taqdim etdi. Finalda bir narsa muxlislarni hayratga soldi: to‘rtta futbolchidan iborat himoya chizig‘i. Boshqa jihatlar bo‘yicha Rixagel shogirdlari avvalgi o‘yinlardagi uslubda harakat qilardi. Finalning yulduzi Angelos Xaristeas bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida burchakdan yetkazilgan to‘pni portugaliyaliklar darvozasiga joylab millat qahramoniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Otto Rexagelning Yevro—2004 dagi raqiblarni birin-ketin tuzoqqa tushirgan taktikasi keyinchalik ishlamadi. Zamonaviy futbol yanada hujumkorroq ko‘rinish oldi. Chuqur himoyaviy o‘ynaydigan jamoalar muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Portugaliya maydonlaridagi muvaffaqiyatdan keyin murabbiyni omadsizliklar kutardi. Raqiblar uning o‘yin uslubini o‘rganib oldi. 2012-yilda Otto “Herta” bosh murabbiyiga aylandi. Jamoa quyi divizionga tushib ketgach, Rexagel boshqa murabbiylik qilmadi.

    Bu kabi voqealar futbolda juda kam ro‘y beradi. Bunday holatlar maydonda hamma tengligini eslatib turadi. Gretsiyaning Yevro—2004 dagi g‘alabasi barcha jamoalarda imkoniyat mavjud ekanligini yana bir bor eslatib qo‘ydi. Hozirda buni uddalash qiyin bo‘lsa ham, iloji bor narsa ekanligini barcha biladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.07.2021, 15:56   Izoh (0)   12493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerika Kubogi. Argentina Ekvadorni yirik hisobda yengib, yarim finalga chiqdi. Urugvay penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi

    04.07.2021, 10:56

    Yevro—2020. Angliya terma jamoasi Ukrainani yirik hisobda yengib, yarim finalga chiqdi. Harri Keyndan dubl

    04.07.2021, 02:16

    Yevro—2020. Daniya terma jamoasi Chexiyadan ustun keldi va yarim finalga yo‘l oldi

    03.07.2021, 23:06

    Superliga. “OKMK” “Qo‘qon-1912”ni yengib 2-o‘ringa ko‘tarildi, “Andijon” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Navbahor”ni taslim etdi

    03.07.2021, 22:22

    Yana bir o‘zbek futbolchisi “Jenoa”ga o‘tishi mumkin

    03.07.2021, 17:12

    Amerika Kubogi—2021. 10 o‘yinchi qolgan Braziliya Chilini mag‘lub etdi va yarim finalga chiqdi

    03.07.2021, 11:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada 11 nafar odam dengizda 6 soat suzib tirik qoldi

    Dunyo | 15 iyul, 15:45

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi

    Ilm-fan | 15 iyul, 15:37

    Harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushganlarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:30

    Germaniya aeroportida qandolat qutilariga yashirilgan 1 500 ta o‘rgimchak musodara qilindi

    Dunyo | 15 iyul, 15:20

    Eron terma jamoasi hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

    Sport | 15 iyul, 15:15

    Medvedev “Trampning dekorativ ultimatumi” Rossiyaga ahamiyatsiz ekanini aytdi

    Dunyo | 15 iyul, 15:10

    Toshkentdagi International mehmonxonasi Rossiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:00

    Xalit Ergench, Hande Erchel va boshqa mashhur turk aktyorlarining menejeri nima sababdan sudlanmoqda?

    Kino | 15 iyul, 14:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.