Futbol bo‘yicha Yevro—2020 chorak finalida Chexiya va Daniya terma jamoalari 3-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi to‘liq daniyaliklar ustunligi ostida o‘tdi va bu hisobda ham aks etdi. 5-daqiqada Tomas Dileyni hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Kasper Dolberg jamoasining ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Patrik Shik musobaqadagi beshinchi golini urgan holda hisobni qisqartirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida chexlar raqib darvozasi oldida bosimni oshirdi, biroq muvozanatni tiklash yo‘lini topa olmadi.
Shu tariqa Daniya musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda Ukraina — Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Yevro—2020
1/4 final bahsi
3-iyul, shanba
Chexiya — Daniya 1:2
Gollar: 0:1 – 5 Dileyni, 0:2 – 42 Dolberg, 1:2 – 49 Shik.Chexiya: Vatslik, Chelyustka (Brabets, 65), Borjil, Kalas, Soufal, Shevchik (Darida, 79), Golesh (Yankto, 46), Souchek, Barak, Masopust (Krmenchik, 46), Shik (Vidra, 79).
Daniya: Shmeyxel, Larsen (Vass, 71), Kyer, Vestergor, Mele, Dileyni (Yensen, 81), Hyoybyerg, Damsgor (Nergor, 60), Kristensen (Andersen, 81), Dolberg (Poulsen, 59), Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Krmenchik (84), Kalas (86).
Izoh (0)