• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qora zamburug‘”ga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar berildi, Avstriyada komendantlik soati bekor qilindi, Ugandada yuzlab odamlar soxta vaksina bilan emlandi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 182 204 857 kishini tashkil qilmoqda, shularning 3 947 035 nafari kasallikdan vafot etgan.

    Kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQSh (33,6 million), Hindiston (30,4 million), Braziliya (18,5 million), Fransiya (5,8 million) va Rossiya (5,4 million) yetakchilik qilmoqda.

    Hindistonda uch oy ichida birinchi marta koronavirusga chalinish bo‘yicha 40 mingtadan kamroq holat qayd etildi

    Hindistonda uch oy ichida birinchi marta koronavirusga chalinish bo‘yicha 40 mingtadan kamroq holat qayd etildi
    Foto: EPA

    “Qora zamburug‘” yoki mukormikoz bilan kasallanish oldini olish uchun COVID-19’ni davolashda gormonal dorilar va antibiotiklardan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, biotibbiy uskunalarga sanitar ishlov berishga diqqat bilan yondashish kerak. Bunday tavsiyalarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich aytib o‘tdi.

    Uning aniqlik kiritishicha, Hindistonda COVID-19’ga chalingan bemorlarda aniqlangan bir qator zamburug‘li infeksiyalar mog‘or yoki drojji bilan bog‘liq. Ulat atrof-muhitda mavjud bo‘lib, immun tizimi zaiflashgan, og‘ir kasalliklarni o‘tkazgan yoki ma’lum bir dorilarni qabul qilgan odamlarga ta’sir qiladi.

    “JSST yengil hamda o‘rtacha og‘irlikdagi holatlar uchun kortikosteroidlar va antibiotiklardan nomutanosib foydalanishni minimumga tushirishni tavsiya qiladi”, — dedi Vuynovich.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, kortikosteroidlar koronavirus og‘ir kechgan holatlarda hayotni saqlab qolishi mumkin, ammo ularning keng qo‘llanilishi zamburug‘li infeksiyalarni chaqirishi mumkin.

    Bundan tashqari, JSST vakili biotibbiy uskunalarni, xususan, ventilyatorlarni yaxshilab dezinfeksiya qilishni tavsiya etdi.

    Mavzuga doir: Hindistonda 3 mingdan ortiq kishi “qora zamburug‘”dan vafot etdi

    Avstriyada 1-iyuldan komendantlik soati bekor qilindi, u 2020-yil noyabrida pandemiya tufayli joriy qilingan bo‘lib, yarim tundan tonggi beshgacha amal qilardi. Shuningdek, kechasi ishlashi taqiqlangan tungi klublar, barlar va restoranlar ham ochildi.

    Endi mamlakatda ko‘ngilochar tadbirlar, to‘ylar va boshqa tantanalarni o‘tkazishga ham ruxsat berildi, ularda ishtirokchilar 100 kishidan oshmasligi va niqob taqishi zarur. Ko‘proq sonli odamlar bilan tadbirlar o‘tkazish uchun mahalliy hukumatdan ruxsat olish kerak bo‘ladi.

    Ammo bu imkoniyatdan faqat to‘liq emlangan va qo‘lida koronavirusga nisbatan manfiy natijali testi yoki COVID-19’dan sog‘ayganlik haqidagi ma’lumotnomasi bo‘lgan fuqarolargina foydalanishi mumkin.

    Ayni vaqtda jamoat transporti, do‘kon, muzey va boshqa yopiq muassasalarda FFP-2 turidagi respiratorlarni taqish kerak bo‘lmaydi, ammo og‘iz va burunni yopib turuvchi oddiy niqoblarni taqish shart.

    Chora-tadbirlarning yumshatilishi koronavirus bilan kasallanish dinamikasining pasayishi bilan bog‘liq. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 650 ming kishi COVID-19’ga chalinib, 10 mingdan ortiq odam vafot etgan.

    Mavzuga doir: Avstriya aholisiga respirator taqish majburiy qilindi

    Koronavirusning yuqumliroq — delta shtammi Daniyada tobora tezroq tarqalmoqda, kasallanish holatlarining chorak qismini ushbu variant tashkil qilmoqda.

    So‘nggi bir kecha-kunduzda Daniyada 340 kishida COVID-19 aniqlangan, bu so‘nggi ikki hafta ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shularning 117 tasi delta shtammi hissasiga to‘g‘ri keladi. Daniyada ushbu shtamm birinchi marta 29-martda aniqlangan edi.

    Mamlakatda pandemiya boshidan buyon 293 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, shularning 2,5 mingdan ziyodi vafot etdi.

    Mavzuga doir: Daniyada koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlar 1-martdan yumshatiladi

    Ugandada kamida 800 kishi COVID-19’ga qarshi soxta vaksina bilan emlandi. Ushbu vaksina yorlig‘idagi yozuvlar qayerdandir o‘g‘irlangan yoki qalbakilashtirilgan.

    Soxta dori bilan emlash jarayoni 15-maydan 17-iyungacha bo‘lib o‘tgan. Vaksinatsiyani olib borgan shifokor qochib ketgan, ikki hamshira hibsga olingan.

    Sog‘liqni saqlash boshqarmasi qayd etishicha, “COVID-19’ga qarshi vaksinalarning deyarli barchasi 5 ml hajmga ega”, ammo bu ampulalar kattaroq.

    Ta’kidlanishicha, firibgarlar ampulalarga haqiqiy dori o‘rniga suv solgan bo‘lishi mumkin.

    Mavzuga doir: Moskvada vaziyat og‘irlashdi, afrikaliklar vaksina o‘rniga suv bilan emlandi, Hindistonda COVID-o‘limlar bo‘yicha yana rekord o‘rnatildi. Koronaxabarlar

    01.07.2021, 15:25   Izoh (0)   16529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pentagon sobiq rahbari vafot etdi. U AQShning Afg‘oniston va Iroqqa bostirib kirishiga mas’ul bo‘lgan

    01.07.2021, 14:26

    Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kremlda uchrashdi

    01.07.2021, 13:25

    Tojikiston prezidenti Afg‘onistonni terrorchilikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

    01.07.2021, 12:26

    Fransiyani 60 santimetr qalinlikda do‘l qopladi (foto va video)

    01.07.2021, 09:45

    Putin prezidentlik mas’uliyati va o‘zining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan voris haqida gapirdi

    01.07.2021, 08:39

    Italiya Afg‘onistondan o‘z harbiylarini to‘liq olib chiqdi

    01.07.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.