• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Avstriya aholisiga respirator taqish majburiy qilindi

    Avstriya aholisiga 25-yanvardan do‘kon va jamoat transportida odatiy mato niqob o‘rniga yuqori himoyalangan FFP2 respiratorini taqishi majburiy etib belgilandi. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kursning 17-yanvar kuni Federal hukumat tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bergan bayonotiga tayanib, “RBK” yozmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri Rudolf Anshoberning ta’kidlashicha, respirator virusdan ishonchliroq himoya qiladi, ammo uning narxi odatiy niqobdan ancha yuqori bo‘lgani bois barcha niqoblar o‘z tannarxida sotiladi, kambag‘allarga esa bepul taqdim etiladi. Mahalliy The Local gazetasining xabar berishicha, respirator narxi, taxminan, 1 yevro bo‘ladi.

    FFP2 respiratorlarini majburiy taqishdan tashqari, 25-yanvardan Avstriyada jamoat joylarida 2 metr oraliq masofani saqlash talabi ham kuchga kiradi.

    Sebastyan Kurs Avstriyada karantin muddati 7-fevralga qadar uzaytirilishini e’lon qildi. Avvalroq cheklovlar 18-yanvarda olib tashlanishi haqida xabar berilgandi. “Karantin uzaytirilishiga sabab Avstriyada koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangan, u ikki baravar tez tarqalmoqda”, — dedi kansler.

    Amaldagi cheklovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar veb-sayt orqali e’lon qilingan.

    Uydan faqat oziq-ovqat xarid qilish, sport bilan shug‘ullanish, ish yoki o‘qish uchun chiqishga ruxsat etiladi. Oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, pochta aloqasi soat 6:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlari (bank, sug‘urta kompaniyalari, ustaxonalardan tashqari), restoran va mehmonxonalar faoliyatiga qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qolmoqda. Muzeylar, kutubxona, arxiv, hayvonot bog‘i va botanika bog‘lari yopiqligicha qoladi.

    Maktablarda masofaviy o‘qitish davom etadi. Quyi Avstriya va Venada 8-fevraldan, mamlakatning boshqa qismlarida 15-fevraldan maktablar faoliyatini bosqichma-bosqich hamda ikki smenada boshlash rejalashtirilgan.

    Sport inshootlari va arqon yo‘li mashg‘ulotlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda faoliyatini davom ettiradi. Mazkur muassasalarda respirator taqish va 1 metr oraliq masofani saqlash majburiydir.

    Respirator oddiy niqobdan farqli o‘laroq, havoni samaraliroq filtrlaydi. Uning asosiy farqi shundaki, niqob kasal odam yo‘talganda yoki aksirganda chiqadigan virus va bakteriyalar tarqalishini kechiktiradi, respirator sog‘lom odamni himoya qilib, uning tanasiga virus tushishining oldini oladi. Respiratorlar bir nechta turga bo‘linadi: klapanli, klapansiz, filtr bilan o‘rnatilgan va almashtiriladigan. Ular yuzga yaqinroq turadi. Respiratorlar uchta himoya sinfiga ega: birinchi sinf respiratori changdan, ikkinchi sinf (FFP2) – yog‘ va suvga asoslangan aerozollardan himoyalaydi, uchinchisi toksik moddalarning yuqori konsentratsiyali sanoatida qo‘llaniladi. Bitta respiratorni olti-sakkiz soat davomida taqish mumkin.

    15-yanvardan boshlab Avstriya hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun majburiy onlayn ro‘yxatdan o‘tishni joriy qildi. FFP2 respiratorini taqish faqat Avstriyada emas, Germaniyada ham majburiy qilingan.

    Mazkur qoida birinchi bo‘lib Germaniyaning eng yirik federal shtati Bavariyada kuchga kirgan. Angela Merkelning 16 ta federal shtatlar rahbarlari bilan uchrashuvidan so‘ng respirator taqish butun Germaniya aholisiga majburiy qilindi. Germaniyada amaldagi cheklovlar 14-fevralga qadar uzaytirildi.

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Avstriyada pandemiya boshlanganidan beri 404,7 ming kishida koronavirus aniqlangan. 7,4 ming kishi kasallikdan vafot etgan.

    Mavzuga doir: Germaniya aholisiga respirator taqib yurish majburiy qilinishi kutilmoqda

    25.01.2021, 22:28   Izoh (0)   10651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovning ilk xorijiy tashrifi Rossiyaga bo‘lishi kutilmoqda

    25.01.2021, 22:13

    Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari hibsga olindi

    25.01.2021, 21:28

    Tramp yangi siyosiy partiya tuzishni rejalashtirmayotgani ma’lum bo‘ldi

    25.01.2021, 21:17

    Qaroqchilar Gvineya ko‘rfazida yuk kemasiga hujum qilib, 15 nafar turk dengizchisini asirga oldi

    25.01.2021, 18:46

    Meksika prezidentida koronavirus aniqlandi

    25.01.2021, 17:57

    KXDRning Kuvaytdagi elchisi Janubiy Koreyaga qochib ketdi

    25.01.2021, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.