Fransiyaning Plomber-le-Ben shahrini qalin do‘l qopladi. Shahar aholisi ko‘chalarni qor tozalash mashinalari va belkuraklar bilan tozalashga majbur bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, 29-iyun kuni mintaqada kuchli momaqaldiroq sodir bo‘lgan, shundan so‘ng 60 santimetrgacha do‘l yog‘gan. Shu bilan birga, olti daqiqada hududda o‘n millimetrgacha suv to‘plangan.
Do‘l bilan birga ko‘chalarni va uylarning yerto‘lasini suv bosgan. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti tufayli qulagan daraxtlar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va elektr uzatish liniyalarini zararlagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)