Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan O‘zbekistondagi ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga ba’zi cheklovlar o‘rnatiladi.
Unga ko‘ra:
- Respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarning ishlashiga soat 08:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
- ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalar umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.
Bundan tashqari, Toshkentda 18 yoshdan oshganlar 28-iyundan koronavirusga qarshi ommaviy emlanadi.
Izoh (0)