Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20-iyun kuni Xazorasp tumani “Kamolot” MFYda joylashgan “Aka Sharif” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasining 3-qavati, ya’ni mansarda qismida yong‘in chiqqan. Oqibatida kafening 160 kvadrat metr maydondagi tom bostirmasi va oshxona jihozlari yongan.
FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga 17:36 da yetib borib, yong‘inni soat 18:23 da to‘liq bartaraf etgan. Yong‘indan kafening 1—2-qavatlari, taxminan 200 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Ta’kidlanishicha, hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.
Avvalroq Samarqanddagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi 3 ta xonadonda yong‘in chiqqani, Andijonda mashinadan tashlab yuborilgan sigareta qoldig‘i sabab yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)