Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan dehqon bozorida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

Ma’lum qilinishicha, 14-iyun kuni soat 00:01 da tumanning “Qoraquyli” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Ishtixon dehqon bozori” MChJda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Hodisani bartaraf qilish uchun voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 00:32 da o‘rab olinib, 01:35 da to‘liq o‘chirilgan. Olib borilgan amaliy harakatlar natijasida savdo rastalarining 450 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi sobiq “TAPOiCh” hududida yong‘in yuz bergani, Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat