Daryo

Samarqandda bir-biriga tutash ikki uyda yong‘in yuzaga keldi

Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan

1 daqiqa o‘qish37 804 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand shahridagi “Bog‘ibaland” MFYda joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 22-iyun kuni soat 00:52 da shaharning Xo‘ja Isoq Valiy ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni uyning 30 kvadrat metr maydonida tom qismi yongan.

Yong‘in soat 01:55 da o‘rab olinib, soat 02:53 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

“Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Samarqanddagi qabristonda yong‘in yuzaga kelgani, Navoiy viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berib, bir kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar