• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda oliy ta’lim yo‘nalishlari bilan zamonaviy ehtiyojlar o‘rtasida uzilish juda katta ekani tanqid qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

    Ta’kidlanishicha, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 117 taga yetdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirildi.

    Lekin sifat borasida o‘zgarishlar hali sezilmayapti. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv ishlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish masalasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, rektorlarning e’tiboridan chetda qolib ketmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Masalan, bugungi kunda 815 ta yo‘nalishning 55 foizi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliy ta’lim muassasalari 2 mingga yaqin fanlar bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlanmagan, o‘quv dasturlari bundan 40 yil oldingi fan va yo‘nalishlar asosida tuzilgan. Bundan tashqari, tizimda korrupsiya holatlari juda ko‘p.

    Umuman, o‘tkazilgan so‘rovlarda aholining 65 foizi oliy ta’limdagi islohotlar natijasi sezilmayotganini aytgan. Shu bois, yig‘ilishda davlat rahbari sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdi:

    1. oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish;
    2. o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish;
    3. oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish;
    4. professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
    Bu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilishi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ya’ni bundan buyon, o‘quv rejasi va adabiyotlar, fan dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda ta’lim shakllarini belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining o‘zi hal qiladi. Endi har bir kafedraning faoliyati uning ilmiy salohiyati va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi.

    Buning uchun nufuzli xorijiy nashrlarda muntazam maqolalar chiqarib kelayotgan, shuningdek, shogirdlari ilmiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli himoya qilgan ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi. Shuningdek, har bir kafedraning bir nafardan yosh olimini xorijga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

    Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga kafedralar huzurida ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etib, ularni o‘quv-laboratoriya jihozlari va zarur texnika bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Har bir kafedraning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning korxonalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oliy ta’lim yo‘nalishlari bilan zamonaviy ehtiyojlar o‘rtasida uzilish juda katta ekani tanqid qilindi. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasida 40 mingta, sanoatda 38 mingta, qurilishda 12 mingta, qishloq xo‘jaligida 10 mingta, aloqa va axborot texnologiyalarida 4 mingta oliy ma’lumot talab etadigan bo‘sh ish o‘rinlari bor. Lekin bitiruvchilar son jihatidan ham, malaka bo‘yicha ham bu talabni qondira olmaydi.

    Ta’lim jarayoni 2001-yilda tasdiqlangan standartlar asosida olib borilmoqda. Lekin shu davrda Ta’limning xalqaro standartlari 2 marta yangidan qabul qilingan. Ayrim o‘quv darslari zamon va bozor talabiga emas, balki professor-o‘qituvchilarga moslashgan. Talabalar o‘z yo‘nalishiga daxldor bo‘lmagan fanlar bilan ham shug‘ullanmoqda.

    Shu bois, mutasaddilarga davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. O‘qitilayotgan fanlarni mazmunan qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha takrorlanishlarni qisqartirish, bo‘shagan dars soatlari o‘rniga mutaxassislik fanlarni ko‘paytirish hamda talabalarga mustaqil ilmiy izlanish uchun imkoniyat yaratish kerakligi ta’kidlandi. Oliy ma’lumot talab qiladigan kasblarni optimallashtirib, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yangi kasblar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.

    Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Ma’lumki, xalqaro tajribada ilmiy salohiyat 70 foizdan kam bo‘lsa, bunday universitet nufuzli hisoblanmaydi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich juda past. Misol uchun, 24 ta oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati 25 foizga ham bormaydi, 19 tasida birorta professor va fan doktori yo‘q. So‘nggi 30 yilda atigi 208 nafar professor-o‘qituvchi xorijda ilmiy daraja olgan.

    Shu bois, Prezident kelgusi yildan doktoranturaga kvotalar sonini 2 baravar ko‘paytirish, keyingi yillardan har yili 50 foizga oshirib borishga ko‘rsatma berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning uchun har yili budjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari, har bir tarmoq o‘z sohasiga tegishli oliygohlarga doktorantlar kvotalari uchun yana 10 milliard so‘mdan ajratadi.

    Xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish, oliy ta’lim muassasalari fondidagi 4 millionga yaqin adabiyotlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Barcha kutubxonalarni yagona tizimga ulab, talaba va tadqiqotchilar uchun tun-u kun foydalanish imkoniyatini yaratish, plagiatni bartaraf etadigan axborot dasturlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

    Oliy ta’lim muassasalarida byurokratiya va korrupsiya xavfi ko‘pligi, bunga chek qo‘yish uchun o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yotoqxona o‘rinlari sonini oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda talabalar uchun qo‘shimcha 149 mingta turar joyga ehtiyoj mavjud. Yotoqxonalarni tadbirkorlar bilan xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasasi hududidan yoki unga yaqin joydan auksion orqali yer ajratilishi belgilandi. Bu binolarning birinchi va ikkinchi qavati biznes uchun tadbirkorlarga berilib, yuqori qavatlari arzon turar joy bo‘ladi. Talabalarga bu boradagi xarajatlarning 50 foizi budjetdan qoplab beriladi.

    Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ta’lim yo‘nalishlari va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, oliy o‘quv yurtlari boshqaruviga malakali kadrlarni jamlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bundan avval O‘zbekistonda 20-iyundan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanishi hamda O‘zbekistonda ayrim xotin-qizlarni hokimliklar va OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

    16.06.2021, 22:46   Izoh (0)   13537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Shahrisabzda yoshlarning qarovsiz qoldirilganiga izoh berdi

    16.06.2021, 22:34

    Samarqandda “Minsk” xiyobonidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.06.2021, 22:10

    Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga 12 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi

    16.06.2021, 21:40

    Jurnalist kamerasining fleshkasini yutib yuborgani aytilgan Ishtixon hokimligi matbuot xizmati xodimiga hayfsan berildi

    16.06.2021, 21:24

    Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni qabul qildi

    16.06.2021, 20:39

    O‘zbekistonda 20-iyundan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi

    16.06.2021, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.