O‘zbekistonda 20-iyundan boshlab OTMlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.

Qolaversa, bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 2021-yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qilgani ham aytilmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonda ayrim xotin-qizlarni hokimliklar va OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilishi, O‘zbekistonda talabalar oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til olishi mumkin bo‘lgani hamda O‘zbekistondagi OTM bitiruvchilariga diplom olish uchun ish beruvchi korxonalardan shartnoma olib kelish yuzasidan topshiriq berilmagani haqida xabar berilgandi.