Telegram’da Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar festivalida festival ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar tadbirdan so‘ng qarovsiz qolgani haqida video tarqaldi. Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi mazkur xabarga munosabat bildirib, yoshlar o‘z uyiga eson-omon yetkazilganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tadbir so‘ngida Nishon tumanidan kelgan ishtirokchilar avtobus kechikkani sabab qarovsiz qoldirilgan.
Yoshlar ishlari agentligining Nishon tuman bo‘limi boshlig‘i Oybek Boboqulovning ma’lumot berishicha, festivalga tumandan 300 nafarga yaqin ishtirokchilar olib kelingan.
“To‘g‘ri, avtobus kechikkan. Ammo hech kim qolib ketmagan. Hamma o‘z manziliga yetib oldi”, — deydi Oybek Boboqulov.
Izoh (0)