Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab OTMga kirishda yuqori ball to‘plagan yoshlar uchun Prezident granti (200 ta) joriy etiladi hamda OTMda 2 va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim krediti beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Bundan tashqari ushbu o‘quv yilidan boshlab:

  • xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshiriladi;
  • OTMga kirishda yuqori ball to‘plagan yoshlar uchun Prezident granti (200 ta) joriy etiladi;
  • OTMda 2 va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim krediti beriladi;
  • davlat grantlari 25 foizga, ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti 2 baravarga oshiriladi;
  • xususiy OTMda ham davlat granti beriladi;
  • klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi.
Shuningdek, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat OTMga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, respublikadagi barcha davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar)dan topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi