“Yoshlar” telekanali 2019-yilgi zarardan so‘ng, yana foydaga kira boshladi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotiga tayanib, Spot xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda xarajatlar 17,2 milliard so‘mga, daromad esa 17,3 milliard so‘mga yetgan. Soliqlar to‘languniga qadar foyda 63,4 million so‘mni, undan keyin esa 49,9 million so‘mni tashkil etgan.
2019-yilda telekanal zararga kirgan edi, chunki o‘sha vaqtda xarajatlar ko‘rilgan daromaddan ortib ketgan va o‘shanda sof zarar 27 million so‘mga yetgan.
Yuridik shaxslarning yagona reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Yoshlar” teleradiokanali kompaniyasi 2006-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Asosiy aksiyadorlari sifatida davlat tashkilotlari, xususan, Yoshlar ittifoqi ko‘rsatilgan.
Mavzuga doir: “Yoshlar” telekanali rebrending qilinadi (video)
Izoh (0)