Eron harbiy dengiz kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi Kharg kemasi Ummon ko‘rfazi janubidagi Jask porti qirg‘og‘ida yong‘inga uchrab cho‘kib ketdi. Bu haqda ikkinchi dengiz zonasi matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy kema xalqaro suvlarda o‘quv amaliyoti bajarayotgan paytda uning tizimlaridan biri yonib ketgan.
“Ular 20 soat davomida yong‘inni o‘chirishga harakat qildi, ammo alanga harbiy kemaning turli qismlariga yoyilib, oxir-oqibat kema cho‘kib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, kemada yong‘in boshlangandan so‘ng butun ekipaj evakuatsiya qilinib, qirg‘oqqa olib chiqilgan. Yong‘inning sabablari hali aytilmagan.
#Breaking Iranian Navy vessel "Kharg" is onfire We were able to identify the ship by its characteristics. its a "Logistic Navy ship" that Accompanying another ship, maybe rhe "#Makran" Navy ship. pic.twitter.com/6psplCnjJi
— אינטלי טיימס - Intelli Times (@IntelliTimes) June 1, 2021
Reuters va Associated Press xabarlariga ko‘ra, Kharg Eron dengiz flotidagi eng katta kema edi. U dengizda boshqa Eron kemalarini yetkazib berish bilan bir qatorda og‘ir yuklarni tashish bilan shug‘ullangan, shuningdek, vertolyotlarni uchirish nuqtasi bo‘lgan.
Buyuk Britaniyada qurilgan Kharg 1977-yilda suvga tushirilgan. 1984-yilda Eron dengiz flotiga olib kelingan.
Mavzuga doir:
- O‘rta Yer dengizida katta qayiqning dvigateli portlashi oqibatida kamida 45 nafar qochoq cho‘kib ketdi
- Rossiyada sinovdan o‘tkazilayotgan baliqchilik kemasi ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
- Ulkan kema Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi, buning ortidan neft narxi keskin o‘sdi (video)
- Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan kema atrofini qazish boshlandi. Kanal atrofida katta tirbandlik yuzaga kelgan (foto va video)
Izoh (0)