• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ryanair reysining Minskka majburiy qo‘ndirilishidan so‘ng qaysi davlatlar va aviakompaniyalar Belarus havo maydonini boykot qilmoqda?

    Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasiga tegishli samolyotni Minskka majburiy qo‘ndirish bilan bog‘liq voqeadan so‘ng Yevropa mamlakatlari aviakompaniyalarga Belarus havo hududidan foydalanishni taqiqladi. Ko‘plab samolyotlar allaqachon Belarus havo hududini chetlab o‘tishni boshladi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Yevropa Ittifoqi sammiti

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari uchrashuvidan so‘ng Belarus aviakompaniyalarining Yevropa Ittifoqi bo‘ylab parvozlarini taqiqlash to‘g‘risida siyosiy qaror qabul qilindi. Qaror tegishli vazirlarni o‘z ichiga olgan Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, mamlakatlar rahbarlari Yevropa aviakompaniyalariga Belarus hududi bo‘ylab parvoz qilmaslikni tavsiya qildi.

    Buyuk Britaniya

    Buyuk Britaniya transport vaziri Grant Shepps Twitter’da mamlakat Belarusga tegishli “Belavia” aviakompaniyasining Buyuk Britaniyaga parvozlari uchun litsenziyani to‘xtatgani haqida e’lon qildi. Shuningdek, Britaniya hukumati aviakompaniyalardan Belarus havo hududidan foydalanmaslikni talab qildi.

    Litva

    Litva transport vaziri Marius Skuodisning aytishicha, 25-may tunidan boshlab mamlakatga kelgan yoki u yerdan jo‘nayotgan barcha samolyotlar Belarus havo hududiga kirmasligi lozim.

    Fransiya

    Xavfsizlik nuqtayi-nazaridan Fransiya rasmiylari o‘zlarining aviakompaniyalariga Belarus ustidan uchib o‘tmaslikni maslahat berdi. Transport vazirligi huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Jebbarining so‘zlariga ko‘ra, “Belavia” parvozlariga ruxsat ham to‘xtatilgan. Air France kompaniyasi Belarus havo hududida parvozlarni to‘xtatdi. “Yo‘nalishda bo‘lgan samolyotlar uchun parvoz rejasi o‘zgartiriladi”, — dedi aviakompaniya.

    Polsha

    Polsha Tashqi ishlar vazirligi Belarus ustidan o‘tishni taqiqlash to‘g‘risida murojaat qildi. Asosiy aviakompaniya LOT Belarus havo hududidan foydalanmaslikka qaror qildi.

    Ukraina

    Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishi paytida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga Ukraina va Belarus o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni ishlab chiqish, shuningdek, Belarus havo maydoni orqali Ukrainaga parvozlarni yopish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovi 26-may tunidan boshlab to‘xtatiladi, dedi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal.

    Shvetsiya

    Shvetsiya transport ma’muriyati mahalliy aviakompaniyalarga vaziyat barqarorlashguncha Belarus havo hududida parvozlarni to‘xtatishni tavsiya etishga qaror qildi. Bu haqda 24-may kuni departament tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan. Shundan so‘ng Skandinaviyaning SAS aviakompaniyasi o‘z samolyotlari Belarus havo hududiga kirmasligini e’lon qildi.

    Niderlandiya

    Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Minskdagi voqeadan keyin KLM milliy aviatashuvchisi Belarus havo hududi orqali parvoz qilmasligi kerakligini aytdi. Keyinchalik KLM Belarusga parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi.

    Belgiya

    Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo o‘zining Twitter’ida Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni, shu jumladan “Belavia” samolyotlarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aeroportlariga qo‘nishini taqiqlashni muhokama qilishi lozimligini aytdi.

    Germaniya

    Germaniya kansleri Angela Merkel Belarusga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi. U boshqa masalalar qatori “Belavia” aviakompaniyasining parvozlariga taqiq qo‘yilishini ham istisno qilmadi. Merkelning nutqidan ko‘p o‘tmay, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Minskka parvozlarni to‘xtatish va Belarus havo hududiga kirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi.

    Finlyandiya

    24-kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining sammitiga kelgan Finlyandiya hukumati rahbari Sanna Marin ham Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan olib borilgan tekshiruvlar oxiriga qadar Belarus havo hududidan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida e’lon qildi. Finlyandiyaning Finnair davlat aviakompaniyasi 25-may kuni Belarus havo hududini chetlab o‘tishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, bu parvoz ko‘p vaqtni oladi.

    Aviakompaniyalar

    Latviyaning AirBaltic kompaniyasi o‘zining samolyotlari uchun Belarus havo hududidan foydalanishni bekor qilgani haqida e’lon qilgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Austrian Airlines aviakompaniyasining samolyoti 24-may kuni Venadan Moskvaga Belarus orqali emas, balki Ukraina orqali uchib keldi. Kompaniya vaziyatning rivojlanishi kutilayotganini aytdi.

    Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasi o‘z samolyotlari Belarus havo hududiga kirmasligini ma’lum qildi.

    Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan Avia Solutions kompaniyasi Litvadagi samolyotlari Belarus hududi bo‘ylab uchib o‘tmasligini va’da qildi.

    Rossiyaning Utair aviakompaniyasi 23-may kuni Moskvadan Kaliningradga Belarusni chetlab parvoz qildi. Keyinchalik kompaniya buni “yoqilg‘ini tejash” bilan izohladi, ularning so‘zlariga ko‘ra, qaytish reysi Belarus hududi bo‘ylab amalga oshirilgan.

    Mavzuga doir:

    • Bayden Ryanair samolyotining Minskka qo‘ndirilishi yuzasidan javob choralarini ishlab chiqishni buyurdi
    • Belarus hukumati Ryanair samolyotiga bomba o‘rnatilgani haqidagi xatni o‘qib eshittirdi. Uni portlatish bilan go‘yoki HAMAS harakati tahdid qilgan
    • Litva Belarus havo hududidan o‘tadigan reyslarni qabul qilmaydi va jo‘natmaydi. Mamlakat o‘z fuqarolaridan Belarusni tark etishni so‘radi
    • Ryanair reysining Minskka majburiy qo‘ndirilishi Yevroittifoq sammitida muhokama qilinadi. Aviakompaniyalar Belarus ustidan uchishdan bosh tortmoqda. Asosiy ma’lumotlar

    26.05.2021, 07:07   Izoh (0)   15353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorda sariq zamburug‘ qayd etildi

    25.05.2021, 21:42

    HAMAS Belarusga shoshilinch qo‘ngan Ryanair samolyotining portlatilishi haqidagi xabarga aloqadorligini rad etdi

    25.05.2021, 20:59

    Yevropa Ittifoqi rahbarlari Belarus aviakompaniyalarining Yevroittifoqqa parvozlarini taqiqlashga qaror qildi

    25.05.2021, 19:58

    Qirg‘iziston muammoli masalalar hal qilingunicha Tojikiston bilan chegarani to‘liq yopib qo‘ydi

    25.05.2021, 18:09

    Malta COVID-19’ga nisbatan jamoaviy immunitetga erishdi, koronavirus oqibatida vafot etgan tibbiyot xodimlari soni hisoblab chiqildi, Britaniyada itlar koronavirus...

    25.05.2021, 16:10

    Bayden Ryanair samolyotining Minskka qo‘ndirilishi yuzasidan javob choralarini ishlab chiqishni buyurdi

    25.05.2021, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.