• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden Ryanair samolyotining Minskka qo‘ndirilishi yuzasidan javob choralarini ishlab chiqishni buyurdi

    AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga Minskda Ryanair samolyotining favqulodda qo‘nishi va Nexta Telegram kanali asoschilaridan biri hibsga olinishida ishtirok etgan odamlarni javobgarlikka tortish choralarini ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda Oq uyga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Jo Bayden Belarusdagi Ryanair samolyoti bilan bog‘liq vaziyatini “xalqaro me’yorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri haqorat” deb atadi.

    “Men Yevropa Ittifoqi maqsadli iqtisodiy sanksiyalar va boshqa choralarni ko‘rishga chaqirgani haqidagi xabarlarni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Jamoamdan Yevropa Ittifoqi, boshqa ittifoqchilar va sheriklar hamda xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun tegishli choralar ishlab chiqishni so‘radim”, — dedi Bayden.

    Bayden Nexta Telegram kanali sobiq muharriri Roman Protasevichning hibsga olinishini “ham siyosiy o‘zgacha fikrlashga, ham matbuot erkinligiga qarshi sharmandali hujum” deb atadi.

    “Qo‘shma Shtatlar Protasevichni, shuningdek, Lukashenko rejimi tomonidan adolatsiz ravishda hibsga olinayotgan yuzlab siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirayotgan dunyo davlatlariga qo‘shiladi”, — dedi AQSh prezidenti.

    “Bir necha oydan beri Belarus xalqi o‘z ovozi tinglanishiga erishish uchun intilib, demokratiya, inson huquqlariga hurmat va asosiy erkinliklar saqlab qolinishini talab qilmoqda. Men bosh huquqlari uchun kurashayotgan belarusliklarning jasorati va qat’iyatini, shu jumladan, Roman Protasevich kabi jurnalistlar, Svetlana Tixanovskaya va uning eri Sergey Tixanovskiy singari muxolifat rahbarlarini e’tirof etaman. AQSh Belarus xalqini kurashda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deb qo‘shimcha qildi Bayden.

    Oq uyning boshqa xabariga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ushbu hodisa masalasida Svetlana Tixanovskaya bilan muzokaralar o‘tkazgan. Sallivan Tixanovskayaga AQSh Yevroittifoq bilan hamkorlikda “Lukashenko rejimini javobgarlikka tortishini” aytgan.

    23-may kuni kunduzi Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskka shoshilinch qo‘ndi. Uning bortida Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich bor edi — samolyot qo‘nganidan keyin u qo‘lga olindi, qolgan yo‘lovchilar esa yetti soatdan keyin parvozni davom ettirish uchun qo‘yib yuborildi. Belarus hukumati qayd etishicha, uchuvchilar bortda xavfsizlikka tahdid tufayli Minskka qo‘nish haqida qaror qabul qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Belarus hukumati Ryanair samolyotiga bomba o‘rnatilgani haqidagi xatni o‘qib eshittirdi. Uni portlatish bilan go‘yoki HAMAS harakati tahdid qilgan
    • Litva Belarus havo hududidan o‘tadigan reyslarni qabul qilmaydi va jo‘natmaydi. Mamlakat o‘z fuqarolaridan Belarusni tark etishni so‘radi
    • Ryanair reysining Minskka majburiy qo‘ndirilishi Yevroittifoq sammitida muhokama qilinadi. Aviakompaniyalar Belarus ustidan uchishdan bosh tortmoqda. Asosiy ma’lumotlar

    25.05.2021, 12:34   Izoh (0)   13857
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Malayziyada metro poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 200 dan ortiq kishi jarohat oldi (video)

    25.05.2021, 10:10

    Malida harbiylar vaqtinchalik prezident va bosh vazirni hibsga oldi

    25.05.2021, 09:20

    JSST COVID-19’dan ham halokatliroq virusdan ogohlantirdi, Everestda 100 kishi koronavirusga chalindi, Hindiston “Sputnik V” ishlab chiqara boshladi. Koronaxabarlar...

    24.05.2021, 22:46

    Belarus hukumati Ryanair samolyotiga bomba o‘rnatilgani haqidagi xatni o‘qib eshittirdi. Uni portlatish bilan go‘yoki HAMAS harakati tahdid qilgan

    24.05.2021, 22:34

    Litva Belarus havo hududidan o‘tadigan reyslarni qabul qilmaydi va jo‘natmaydi. Mamlakat o‘z fuqarolaridan Belarusni tark etishni so‘radi

    24.05.2021, 19:32

    Ryanair reysining Minskka majburiy qo‘ndirilishi Yevroittifoq sammitida muhokama qilinadi. Aviakompaniyalar Belarus ustidan uchishdan bosh tortmoqda. Asosiy ma’lum...

    24.05.2021, 17:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.