• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Minskda Nexta muxolifatchi Telegram-kanali sobiq muharriri Roman Protasevich qo‘lga olindi. U uchayotgan samolyot bomba haqidagi xabar tufayli Belarusga favqulodda qo‘ndirildi. Qo‘nish haqidagi qarorni Lukashenkoning shaxsan o‘zi “Yevropani himoya qilish” uchun qabul qilgan

    23-may kuni kunduz payti Afinadan Vilnyusga uchgan Ryanair aviakompaniyasi borti Minskka shoshilinch qo‘ndi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Roman Protasevich / Facebook

    Foto: Roman Protasevich / Facebook

    Svetlana Tixanovskayaning maslahatchisi Franak Vyachorka xabar berishicha, bortda jurnalist, Nexta Telegram-kanali sobiq bosh muharriri Roman Protasevich bo‘lgan — Nexta’dan ketganidan keyin u “Bosh miya Belarusi”deb nomlangan boshqa bir muxolifat kanalida muharrirlik qilgan.

    Parvoz qilish oldidan, Nexta ma’lumotlariga ko‘ra, Protasevich uni kuzatishayotganini sezgan. Minskda yo‘lovchilarni samolyotdan tushirib, qayta tekshiruvdan o‘tkazish uchun aeroportga yo‘naltirishgan, u yerda Protasevich qo‘lga olingan.

    Minsk aeroportida Ryanair samolyoti bomba o‘rnatilgani haqidagi signaldan keyin qo‘nishni amalga oshirganini ma’lum qilishgan — qo‘nish haqida, go‘yoki, uchuvchilarning o‘zlari ruxsat so‘ragan. Shu bilan birga, Vilnyus xalqaro aeroporti (reys o‘sha yerga yetib borishi kerak edi) kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Lina Beyshene shunday dedi: “mening bilishimcha, ekipaj a’zosi va yo‘lovchi o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Samolyot ayni paytda muvaffaqiyatli qo‘ngan. Bizda boshqa rasmiy ma’lumot yo‘q”. Nexta’da ma’lum qilishlaricha, dastlabki axborotga ko‘ra, ekipaj bilan janjalni parvoz chog‘ida KGB xodimlari uyushtirgan, ular bortda portlovchi qurilma bor deb qat’iy turib olgan. Oxir-oqibat ekipaj favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘rashga majbur bo‘lgan.

    Aleksandr Lukashenkoning matbuot xizmatiga yaqin “Birinchining puli” Telegram-kanali reys qo‘nganidan keyin darhol “Belarus Yevropani himoya qildi” degan sarlavhali postni e’lon qildi. Unda “Vaziyat haqida prezidentga ma’lum qilindi. Lukashenko e’tirozsiz buyruq berdi: samolyot ortga qaytarilsin va qabul qilib olinsin”, — deya ta’kidlanadi.

    Shuningdek, “Birinchining puli” qayd etishicha, samolyot Litva bilan chegara yaqinida bo‘lgan: “Lekin aynan Minskka murojaat qilishdi. Demak, diktator ham ishga yarab qolgan!”

    Minsk aeroportida esa mina o‘rnatilgani haqidagi ma’lumot ayni paytda tasdiqlanmaganini xabar qilishdi. “Birinchining puli” qo‘shimcha ma’lumot berishicha, Lukashenkoning farmoni bilan “yo‘lovchi samolyotiga hamrohlik qilish uchun” osmonga MiG-29 qiruvchisi ko‘tarilgan.

    “Rejim Belarusning eng yirik mustaqil Telegram-kanallari muharriri bo‘lgan odamni jazolash uchun bortdagi yo‘lovchilar xavfsizligini va butun fuqarolik aviatsiyasini tahdid ostiga qo‘ydi… Biz allaqachon Ryanair ofisiga va Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotiga (ICAO) murojaat qilib, hodisa holati yuzasidan surishtiruv boshlashni va Belarusni ICAO’dan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rishni talab qildik”, — deb yozdi Svetlana Tixanovskaya Protasevich hibsga olinganidan keyin.

    Nexta va Nexta Live kanallari Belarusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishlari fonida ommalashib ketdi. 2020-yil avgustida ommaviy ko‘cha aksiyalari boshlanib ketgach, kanallarga ikki milliondan ortiq odam obuna bo‘ldi. 2020-yil noyabrida Roman Protasevich va Nexta asoschisi Stepan Putilo (ikkalasi ham o‘sha vaqtda Yevropada yashardi) Belarus KGBsi tomonidan terrorchilik faoliyatiga aloqador jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Protasevich va Putilo mamlakatning butun tarixi davomida ushbu ro‘yxatga kiritilgan birinchi belarusliklarga aylandi. Nexta Telegram-kanalining o‘zi va uning logotipi ayni paytda Belarus hududida ekstremistik materiallar deb tan olingan.

    Protasevich qo‘lga olinganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda u Belarusda o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqala boshladi. Mamlakatda haqiqatan ham, terroristic jinoyat uchun o‘lim jazosigacha bo‘lgan jazo ko‘zda tutilgan, ammo hozirgi paytda Protasevichga (Putiloga ham) nisbatan terrorchilik ayblovlari ilgari surilmagan. Shu bilan birga, Belarus Tergov qo‘mitasi jurnalistlarga Minskda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish hamda hukumat va militsiyaga nisbatan “ijtimoiy dushmanlik uyg‘otish” ayblovini ilgari surgan. Ushbu moddalar o‘lim jazosini ko‘zda tutmaydi, ammo uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi: tartibsizliklar uyushtirganlik uchun — 15 yilgacha, “dushmanlik uyg’otganlik uchun” — 12 yilgacha. Ayni paytda Protasevichning o‘zi qo‘lga olinishidan avval reysning boshqa yo‘lovchilariga Belarusda uni o‘lim jazosi kutayotganini aytgan. Hibsga olish bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar hali aniq emas. Belarus Davlat televideniyesi qayd etishicha, samolyot Protasevich sababli qo‘nmagan, qo‘lga olish esa shunday amalga oshgan: “U sevgan qizi bilan uchayotgan ekan, qiz avtobusda (aeroportda) uni suratga tushirib, quvg‘indagi boshqa blogerga yuborgan. U esa suratni Telegram’ga joylagan va militsiya ma’lumotga nisbatan harakatga kirishgan”.

    Keyinroq Ryanair samolyot bortidagi bomba haqidagi signal Minskdagi dispetcherlardan kelib tushganini ma’lum qildi. Samolyotda 123 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

    Litva prezidenti Gitanas Nauseda Belarus hukumatidan Nexta Telegram-kanali sobiq muharriri Roman Protasevichni zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

    “Men talab qilamanki, Belarus rejimi qo‘lga olingan shaxsni zudlik bilan ozod qilsin hamda unga va samolyotning qolgan barcha yo‘lovchilariga Vilnyusga parvozni davom ettirish imkonini bersin. Men NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarga va Yevroittifoqqa murojaat qilib, ularni Belarus rejimi xalqaro fuqarolik aviatsiyasi uchun solayotgan xavfga tezlikda chora ko‘rishga chaqiraman”, — deb yozdi Nauseda o‘z Facebook’ida.

    Xalqaro hamjamiyat, deya ta’kidladi u, bunday hodisalar boshqa tajrorlana olmasligi uchun shoshilinch choralar ko‘rishi kerak. “Men bu haqda ertagayoq Bryusselda boshlanadigan Yevropa kengashi majlisida ggapiraman”, — dedi Litva prezidenti.

    Litva Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida Belarus ishlari bo‘yicha muvaqqat ishonchli vakilni chaqirib, undan Protasevich uchgan samoyotning barcha yo‘lovchilari zudlik bilan ozod etilishini talab qildi.

    “RIA Novosti” Minsk aeroporti ma’muriyatiga tayanib xabar qilishicha, Ryanair samolyoti Belarus poytaxti aeroportidan uchib ketdi. Ushbu reys yo‘lovchilari Minsk aeroportida qariyb yetti soat davomida qolib ketgan.

    Belarus muxolifati yetakchilaridan biri Pavel Latushko ma’lum qilishicha, undagi ma’lumotlarga qaraganda, Vilnyusga Minskdan 2 nafar Belarus fuqarosi va 4 nafar Rossiya fuqarosi uchib ketmagan.

    23.05.2021, 23:50   Izoh (0)   29104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eronning yadroviy dasturini mintaqa barqarorligiga tahdid deb hisoblaydi

    23.05.2021, 23:17

    Braziliya prezidenti koronavirusga qarshi qoidalarni buzgani uchun jarimaga tortildi

    23.05.2021, 22:37

    Pfizer va AstraZeneca vaksinalari koronavirusning “hindcha” shtammiga qarshi samarali bo‘lib chiqdi

    23.05.2021, 21:15

    Italiya tog‘larida arqon yo‘li uzilib ketdi, 12 kishi halok bo‘ldi

    23.05.2021, 19:25

    Rossiyada ba’zi muhojirlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi

    23.05.2021, 18:33

    Britaniya mudofaa vaziri Rossiyani “birinchi raqamli xavf” deb atadi

    23.05.2021, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.