• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zingga xiyonat qilib qo‘yma”. Qozoqboy Yo‘ldoshev va Sanjar Nazardan bitiruvchilarga tavsiyalar

    Avvalgi yillardagi kabi bo‘lganidek 25-may kuni minglab o‘quvchilar qadrdon maktabi, sinfdoshlari, ustozlari bilan xayrlashdi. Katta hayot bo‘sag‘asida turgan o‘g‘il-qizlarga ko‘pni ko‘rgan, tajribali, hayot sinovlarida toblangan kishilarning maslahat-tavsiyalari, yo‘l-yo‘riqlari ayni muddao bo‘ladi. “Daryo” bitiruvchilar uchun o‘z zamonasining ziyolisi bo‘lgan kishilarning qimmatli tavsiyalarini taqdim etadi.  

     

    Qozoqboy Yo‘ldoshev, Pedagogika fanlari doktori, professor

    Qozoqboy Yo‘ldoshev, Pedagogika fanlari doktori, professor
    Foto: Facebook
    Bitiruvchi o‘quvchilarga tilaklarim: bugun o‘quv yilini bitirgan o‘quvchilarga nima tilak bildirish mumkin? Avvalo, ularning barchasi sog‘-u salomat bo‘lib, ota-onasining ko‘zini quvontirib, millatining ko‘nglini to‘ldirib yuradigan o‘g‘il-qizlar bo‘lsin.

    Endi o‘rta maktabni bitirayotgan o‘spirinlarga tilaklarim: o‘zini tanigan, o‘zgani ham tushunadigan, faqat tana istaklaridan ham yuksak tushunchalar borligi va chin odam o‘sha yuksak tushunchalarga yetishga intiladigan bo‘lishi lozimligini o‘ylasalar. Bugungacha ular kimlarningdir o‘g‘il-qizi sanalgan bo‘lsalar, bugundan boshlab ular nafaqat ota-onalari, balki o‘zbek deb atalmish millatning, O‘zbekiston deya nom qozongan vatanning tashvishi, or-u nomusini yelkaga olishga mahkum kishilarga aylanganliklarini his etsalar.

    Odam bir umr dunyoni zabt etishga urinib yashashga mahkum. Dunyo esa faqat bilimliga bo‘y beradi. Bilimni egallash, uni faqat nafsga emas, balki ezgulikka xizmat qildirishga urinish o‘z-o‘zidan odamni yuksaltirishini, uning ta’sir doirasini kengaytirishini hisobga olishlarini tilayman. Baxt, omad kelmaydi, ularga mashaqqatli mehnat bilan yetib boriladi. Bu yo‘lda chidam tilayman. Bugungi bitiruvchilarning o‘z imkoniyatini to‘g‘ri baholaydigan, maqsadni to‘g‘ri qo‘yadigan, maqsadga eltadigan yo‘lning qisqa va noto‘g‘risidan bosh tortib halol yo‘l tanlaydigan millat bolalari bo‘lishini tilayman. Niyatlaring va yo‘llaring oq bo‘lsin! O‘zbekning nomini ulug‘laydigan o‘g‘il-qizlar bo‘lish nasib etsin!

    16–18 yoshga qaytishni orzu qilishim xomxayol, albatta. Agar mabodo qaytib qolsam, shu yoshning zavqini surgan, o‘zimni eng muhim yumushlarga bag‘ishlagan bo‘lardim. Bu yoshdagilarninig qudrati cheksiz. Ularda toliqish, charchash bo‘lmaydi. Binobarin, o‘ynab-kulgan ham, texnikani, san’atni, ilmni, tilni o‘rgangan ham bo‘lardim. Mayda-chuyda yetishmovchiliklardan balandroq turib, yuksak marralarni orzulagan va orzu yo‘lida o‘zimni ayamagan bo‘lardim. O‘zbek millatiga munosib bo‘lish, uning dongini chiqarish uchun astoydil kurashgan bo‘lardim. Ayni vaqtda yaqinlarimga mehr ko‘rsatish, ularga yordam berishni bir zum unutmagan bo‘lardim. Afsuski, umrning ham, taqdirning ham varianti bo‘lmaydi. Hayot bir marta yashaladi, taqdir birgina bor kechiriladi. O‘sha bir martalik yo‘ldan uyalmaydigan, yaxshi nom qoldirib o‘tishga intilaverish kerak.

    Qozoqboy Yo‘ldoshev, Pedagogika fanlari doktori, professor

    Sanjar Nazar, noshir, “Akademnashr” nashriyoti direktori

    Sanjar Nazar, noshir, “Akademnashr” nashriyoti direktori
    Foto: Facebook
    Ko‘plab rassomlar o‘zlarining o‘smirlik shamoyillari – o‘smirlik avtoportretlarini yaratishgan. Bu shamoyillar doim ham real emas, ko‘pincha armonlar, orzular, ideallar, pok qarashlarga qo‘yilgan yodgorlikka mengzayman ularni. Xuddi shunday shamoyilni so‘z bilan yaratish imkoni berilsa nimalarni yozgan bo‘lar edim men? O‘zimni qanday tasavvur qilardim, tasvirlardim. Biroz g‘alizroq timsol chiqib qolishi mumkindek, nazarimda. Chunki o‘smirlikning nekbinligi, maksimalizmi va katta-katta ko‘zlarisiz ifoda topgan o‘spirin bo‘ladi-da. Mayli. Boricha.

    Katta hayotga qadam qo‘yar ekan, o‘zingni tanib olishing juda muhim. Boringni emas. Ehtimoliy eng yaxshi o‘zingni. Buning uchun badiiy asarlar qahramonlari, tarixiy shaxslar, chet tillardagi insoniy sifatlar, molekula va atomlarning harakatlari, yulduzlar xaritalari va katta portlash, kimyoviy reaksiyalarning yordami kerak bo‘ladi. Odamni, eng yaxshi insonni, Yaratguvchini tanish lozim bo‘ladi. Ertaga har bir nafas uchun imtihon qilinishingni anglagan holda cheksizlikning chegaralarini belgilab olish kerak bo‘ladi. Bu shartlar qanchalik tugal bo‘lsa, ya’ni qanchalik ko‘p kitob o‘qigan, ilm o‘zlashtirgan, e’tiqodni sayqallagan bo‘lsang, ehtimoliy eng yaxshi sen shunchalik tiniq qiyofa va manzil kasb etadi. Keyingi harakatlaringda unga qarab og‘ishmay ilgarilash va unga yot bo‘lgan sifat-xislatlardan uzoqroq bo‘lish shunchalik oson bo‘ladi.

    Imkonsizlik degan tushuncha yo‘q. Imkon topa olmaganlar o‘ylab topganlar uni. Sen imkoniyat yaratguvchi bo‘l. Buning uchun dinozavrlarni nomma-nom bilishing, kamalak qanday paydo bo‘lganini tushuntira olishing, 100 metrni mamlakat rekordiga yaqin tezlikda yugurib o‘tishing va abadiy dvigatelning chizmalari ustida bosh qotirayotgan bo‘lishing kerak. Eng yuksaklikka intilishing kerak. Undan pastroqlariga rozi bo‘lmasliging kerak.

    O‘zingga xiyonat qilib qo‘yma. Ya’ni, ehtimoliy eng yaxshi o‘zingga.

    Rassom ortda qolgan o‘smirlikning shamoyilini o‘zi uchun chizmagan. Uni o‘smirlarning ideallariga shakl berish, aniqlik kiritib olish uchun chizgandirlar, balki. Mening o‘zimga xitobim ham aslida o‘zimga qaratilmagan. Adashdim. O‘smirlik obrazidan chiqishim bilan xatolarda davom eta boshladim. Ular o‘zimga qaratilgan. Ey farzand, biz orzularimizni, eng yorug‘ xayollarimizni senda topmoqdan umidvormiz. Seni o‘zimiz deb bilamiz. O‘zimiz yetolmagan manzillarda seni ko‘rib murodimiz hosil bo‘ladi. Umidlarimiz, ideallarimiz, ehtimoliy eng yaxshi menimiz endi senda yashaydi.

    Sanjar Nazar, noshir, “Akademnashr” nashriyoti direktori

    Mavzuga doir: “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar

    26.05.2021, 09:02   Izoh (0)   44876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida “GAZ” avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish rejalashtirilmoqda

    26.05.2021, 07:28

    Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, “og‘zidan” olov purkayotgan Etna, do‘st tutingan it va mushuk. 25-may suratlari

    25.05.2021, 23:58

    Boysunda XDP deputati noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

    25.05.2021, 23:45

    Samarqanddagi maktab-internatning tarbiyalanuvchilari kaltaklangani aytilgan xabar tarqaldi. Holat hokim va Senat nazoratiga olindi

    25.05.2021, 23:33

    O‘zbekistonning Ummondagi elchisi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi etib tayinlandi

    25.05.2021, 23:21

    “Xorazmcha tender”. Urganch tumani SEO tomonidan o‘tkazilgan tenderda rahbarning ukasiga tegishli korxona g‘olib chiqdi

    25.05.2021, 23:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:50

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    Go‘zallik | 20 iyun, 18:45

    Netanyaxu AQSHni Eron bilan urushga tortish uchun Trampni aldamoqda — OAV

    Dunyo | 20 iyun, 18:40

    Farg‘onada MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:28

    Buxoroda echkiemarga nos chektirgan fuqaroga jazo tayinlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:20

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Avtomobilning qaysi qismida eng ko‘p bakteriyalar to‘planishi ma’lum bo‘ldi

    Layfstayl | 20 iyun, 18:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.