• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda onalar va bolalar hamda reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini mustahkamlash uchun budjetdan 26 mlrd so‘m ajratiladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

    Qarorga ko‘ra, onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini ta’minlash uchun zarur dori va tibbiyot vositalari (C vitamin, surfaktant va boshqalar) bilan qo‘shimcha ta’minlash uchun davlat budjetidan 2021-yilda 26 milliard so‘m ajratilishi, 2022-yildan boshlab esa ushbu xarajatlar uchun zarur mablag‘larni davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutish belgilandi.

    Shuningdek, bolalar tibbiyot va tug‘ruq muassasalarida yuqori texnologik laborator uskunalaridan to‘laqonli va samarali foydalanish maqsadida 2022-yildan boshlab davlat budjetidan reaktiv, reagentlar, sarflov anjomlari hamda servis xizmatlar uchun qo‘shimcha 8 milliard so‘m ajratiladi.

    Qaror bilan, shuningdek, 2021-yil 1-avgustdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida perinatal va skrining markazlari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi onalar va bolalar salomatligiga mas’ul tuzilmalar (“Ayollar maslahatxonasi”, perinatal skrining xonasi, “tibbiyot brigadalari” tarkibidagi oilaviy shifokor, pediatr va boshqalar)ning homilador ayolni kompleks kuzatuvi bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi yagona tizim joriy etiladi:

    • homilador ayolning kompleks kuzatuvi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
    • perinatal va skrining markazlari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi onalar va bolalar salomatligiga mas’ul tuzilmalar tomonidan yagona ma’lumotlar bazasiga zarur ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, homilador ayollarning tibbiy kartasini yuritish;
    • shakllangan ma’lumotlarga asosan homilador ayollarga zarur maslahatlarni berish.
    Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari A.Azizov bilan birgalikda homilador ayolni eng erta muddatlarda hisobga olinishi, uning har kungi holatidagi o‘zgarishlarni kompleks nazorat qilib borish uchun 2021-yil yakuniga qadar yagona elektron baza yaratilishi qayd etilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan go‘daklar va onalar o‘limi oshganini ma’lum qilgandi.

    Qo‘mita raisining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklar oqibatida 2019-yilga nisbatan go‘daklar o‘limi 428 taga (2019-yilda 6432 ta, 2020-yilda esa 6860 ta), onalar o‘limi 10 taga (145—155) oshgan.

    Shuningdek, Surxondaryoda 2020-yilda onalar va bolalar o‘limi soni oshgani ham qayd etilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi qariyb 2,7 million nafar aholining 900 ming nafarga yaqini yoki 33,2 foizini voyaga yetmaganlar, 600 ming nafardan ortig‘ini tug‘ish yoshidagi ayollar tashkil etadi. 2020-yil davomida jami 35 ta (2019-yil 16 ta) onalar o‘limi qayd etilgan bo‘lib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 19 taga ko‘paygan. Shuningdek, bolalar o‘limi darajasi 2020-yil davomida 586 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich oldingi yillarga nisbatan kamaymagan.

    Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak? Mutaxassis javob berdi

    26.05.2021, 10:02   Izoh (0)   12218
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Odam yo ishlashi yoki gapirishi kerak, men ishlashni ma’qul ko‘rganman”

    26.05.2021, 09:38

    O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi kamaymoqda. Bu nimadan dalolat beradi?

    26.05.2021, 09:16

    “O‘zingga xiyonat qilib qo‘yma”. Qozoqboy Yo‘ldoshev va Sanjar Nazardan bitiruvchilarga tavsiyalar

    26.05.2021, 09:02

    Toshkent viloyatida “GAZ” avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish rejalashtirilmoqda

    26.05.2021, 07:28

    Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, “og‘zidan” olov purkayotgan Etna, do‘st tutingan it va mushuk. 25-may suratlari

    25.05.2021, 23:58

    Boysunda XDP deputati noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

    25.05.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.