Toshkent viloyatida baland tog‘likka ko‘tarilib, bedarak yo‘qolgan yigit topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22-may kuni 10 kishidan iborat yigitlar Parkent tumanidagi Kumushkon tog‘iga dam olishga chiqqan. Balandlikka ko‘tarilishganida birdan kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagani sababli tezda tog‘dan tushgan.
Biroq yigitlar pastga tushganida sheriklaridan biri qolib ketganini bilib, uni qidirgan. Shu maqsadda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhidan yordam so‘rashgan.
Uch soatlik qidiruv jarayonida bedarak yo‘qolgan yigit sog‘-omon topilgan.
Avvalroq Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmagan uch nafar yigit qutqaruvchilar yordami bilan olib tushilgandi.
Izoh (0)