Daryo

Chimyonda baland cho‘qqiga chiqib, tusholmay qolganlar qutqarildi

Ular qutqaruvchilar yordami bilan olib tushilgan

1 daqiqa o‘qish61 098 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmagan uch nafar fuqaro qutqaruvchilar yordami bilan olib tushildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26-aprel kuni soat 17:10 da Toshkent viloyati Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ular tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmayotganini ma’lum qilib, yordam so‘ragan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilgan yetib borib, fuqarolarni dengiz sathidan 2200 metr bo‘lgan balandlikdan sog‘-salomat olib tushgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar