O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Tarlon” zirhli avtomobilining dastlabki sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Mudofaa sanoati qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilyapti.
Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida “Tarlon”ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshirildi, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikaning tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)