• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zbekgidroenergo” AJ to‘rt yoshda

    Bugun, 18-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil topganiga 4 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF 5044-sonli farmoni bilan tashkil etilgan jamiyat qisqa davr mobaynida mamlakat gidroenergetika tarmog‘ini rivojlantirishda zalvorli yutuqlarga erishdi.

    Zamonaviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar qatorida milliy iqtisodiyotimizning muhim quvvat manbai hisoblangan gidroenergetika tarmog‘i ham izchil rivojlanmoqda. Ta’kidlash lozimki, zamonaviy O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar qatorida energetika tarmog‘ining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan gidroenergetika sohasida ham izchil islohotlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. So‘nggi yillarda investitsiyaviy loyihalar asosida yangi gidroelektr stansiyalarni qurish, uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan GESlarni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish ishlari yuqori sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

    “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-maydagi 2947-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 9-yanvaridagi PQ 4563-son qarorlarini ijro etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchillik bilan ko‘paytirish, iqtisodiyot tarmoqlari, respublika aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘laqonli ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    So‘nggi to‘rt yil mobaynida bir qator yirik investitsiyaviy loyihalar hayotga izchil tatbiq etildi. Sohada yangi GESlarni qurish, mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasida 30 dan ortiq investitsiyaviy loyihalar asosida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

    Oxirgi yillardagi ko‘rsatkichlarga to‘xtalsak. 2019-yilda davlat investitsiya dasturi doirasida umumiy quvvati 25,6 MVt ga teng va yiliga 126 million KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 3 ta loyiha, ya’ni quvvati 11,4 MVt ga teng bo‘lgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida kichik GES qurish, quvvati 12 MVt ga teng bo‘lgan Katta Farg‘ona kanalida kichik GESlar kaskadini qurish, shuningdek, quvvati 2,2 MVt ga teng bo‘lgan Shahrixon GESlar kaskadi (GES-1) ni modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshirilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

    2020-yilda koronavirus pandemiyasining og‘ir sinovli va tahlikali sharoitlariga qaramay, ish faoliyatini oqilona va barcha qoidalarga rioya qilgan holda tashkil etilganligi natijasida, 2020-yilda umumiy quvvati 118,3 MVt ga teng bo‘lgan 6 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirildi. Xususan, Ohangaron daryosida Qamchiq kichik GES qurilishi loyihasi (loyiha quvvati 26,5 MVt), To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlar kaskadi qurilishi loyihasi doirasida Zarchob-1 KGES (loyiha quvvati 37,4 MVt) qurilishi, Shahrixon GESlar kaskadi UK JFK-2 modernizatsiya qilish loyihasi (loyiha quvvati 7,05 MVt), Qodiriya GESlar kaskadi UK GES-3 modernizatsiya qilish loyihasi (loyiha quvvati 15,34 MVt), Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi UK GES-14 (loyiha quvvati 15 MVt) hamda Toshkent GESlar kaskadi UK GES-9 modernizatsiya qilish loyihasi (loyiha quvvati 16,6 MVt) yakuniga yetkazildi.

    Qisqa muddat ichida jamiyat tomonidan avvalgi mavjud 36 ta GES yangidan qurilgan yirik, o‘rta hamda mikro GESlar hisobi 47 taga yetkazilib, mamlakatimizning umumiy gidroenergetik quvvati 2 005 MVt ni tashkil etmoqda.

    Joriy 2021-yilda umumiy qiymati 1 344,1 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha doirasida, 183,8 million dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Shundan xorijiy kreditlar 87,4 million dollar, jamiyat mablag‘lari 96,4 million dollarni tashkil qiladi.

    Shu o‘rinda umumiy qiymati 175,4 million dollar hamda loyiha quvvati 173,4 MVt bo‘lgan 3 ta obyekt (Zarchob-2 va Kamolot GESlari qurilishi hamda Farhod GES modernizatsiyasi) ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yiliga 673,7 million KVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvati, shuningdek, qo‘shimcha 59 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

    2021-yildan e’tiboran, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 75,3 million dollarga teng quvvati 24 MVt bo‘lgan Oqsu daryosida Rabat va Chappasuy hamda Tamshush GESlarining qurilishi bo‘yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshlandi. Yangi mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyati mavjud obyektlar ro‘yxatini tuzish va shakllantirish, kichik suv oqimlaridan unumli foydalanish maqsadida, mikro GESlarni qurish borasida soha mutaxassislari tomonidan asosli takliflar o‘rganib chiqildi va ularning ro‘yxati shakllantirildi.

    Shakllantirilgan yangi loyihaga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 30 ga yangi mikro GESlarni qurish rejalashtirilgan.

    “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3877-son hamda 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4611-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida jadal ishlar amalga oshirildi.

    Jamiyat respublikamizda ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo‘lib Fitch Ratings xalqaro kredit reytingining “B+” (barqaror) darajasini qo‘lga kiritdi.

    Mazkur reyting darajasi, “O‘zbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega, birinchi o‘zbek ishlab chiqaruvchi korxonasi sifatida tanitadi.

    Jamiyat tomonidan yaqin istiqboldagi loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, 2021-yilda umumiy quvvati 993,0 MVt bo‘lgan 16 ta, 2022-yilda umumiy quvvati 931,2 MVt bo‘lgan 15 ta, 2023-yilda umumiy quvvati 1 002,2 MVt dan 18 ta loyihani ishga tushirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Joriy 2021-yilda jamiyat tomonidan ushbu quvvatlar hajmini 2051 MVt ga, 2023-yilda 2306 MVt ga, 2025-yilda 2549 MVt ga hamda 2026-yilga kelib 2946 MVt ga yetkazish borasida investitsiyaviy loyihalar asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

    2021-yilda tasdiqlangan reja asosida 16 ta investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha qurilish va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning 11 tasi yangi GESlarni qurish va qo‘shimcha 587 MVt quvvatni yaratish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 5 ta loyiha amalda faoliyat yuritayotgan 5 ta GESni modernizatsiya qilib, ularning mavjud 364 MVt ga teng ishlab chiqarish quvvatiga qo‘shimcha ravishda 153 MVt gidroenergetik quvvatni qo‘shishni nazarda tutadi. Ushbu loyihalarning foydalanishga topshirilishi natijasida qo‘shimcha tarzda 381 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

    Gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisining turmush farovonligining oshishiga, ishlab chiqarish subyektlarining elektr quvvatlari bilan ta’minlanishiga, tom ma’noda, xalqimiz farovonligini ortishiga mustahkam zamin yaratadi.

    Bugungi bayramona sana bilan “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda mamlakatimizda gidroenergetika sohasida faoliyat yuritayotgan barcha qadrli yurtdoshlarni muborakbod etamiz. Kelgusi faoliyatlarida ulkan yutuqlar hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

    “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati

    18.05.2021, 16:30   Izoh (0)   9009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Knauf zavodi Farg‘ona vodiysida qurilish materiallari logistikasiga bo‘lgan xarajatlarni kamaytiradi

    18.05.2021, 12:00

    Manzara turar joy majmuasida qurilish ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda

    18.05.2021, 09:00

    Riverside TJMning 1-blokida istiqomat qiluvchilarga yangi xonadonlarning kaliti topshirildi

    17.05.2021, 15:00

    Yuqori daromad keltiradigan biznesni rivojlantirishda nima uchun aynan Alfraganus savdo maydonini tanlash kerak?

    17.05.2021, 12:00

    Turkiyaga sayohat: Aksiya tugashiga oz qoldi!

    17.05.2021, 09:00

    OKMK: O‘zbekiston metallurglari kasb bayramini nishonlamoqda

    16.05.2021, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25

    Shuhrat Abdurahmonov voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etgani rad etildi

    O‘zbekiston | 11 may, 10:00

    Nima uchun shahzoda Uilyam va Keyt Middlton mashinada xavfsizlik kamarini taqmaydi?

    Shou-biznes | 11 may, 09:53

    Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 09:16

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.