• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    OKMK: O‘zbekiston metallurglari kasb bayramini nishonlamoqda

    Sir emaski, O‘zbekistonda rangli metallurgiya deganda, birinchi o‘rinda “Olmaliq KMK” AJ ko‘z oldimizga keladi. Bu konlarni ochiq va yerosti usulida qazish, boyitish va oltinni saralab olish fabrikalari, metallurgiya zavodlari, yirik energetika va transport tizimlari, rivojlangan infratuzilma hamda ijtimoiy obyektlarni birlashtirgan noyob sanoat majmuasidir. Kombinat nafaqat mamlakatimizda kuchli mavqega ega, balki mis-molibden rudalarini qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. OKMKdagi texnologik ishlab chiqarish zanjiridagi so‘nggi bo‘g‘in esa mis eritish zavodi hisoblanadi.

    Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni bayramini zavodning mehnat jamoasi muhim yutuqlar va muvaffaqiyatlar bilan nishonlamoqda.

    Ilg‘or texnologiyalarga ega, zamonaviy korxona

    Bugungi kunda mis eritish zavodi ilg‘or texnologiyalar va xomashyo tarkibidagi rangli metallarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona hisoblanadi. Uning asosiy mahsulotlari – tozalangan mis, affinajlangan qimmatbaho metallar, texnik selen, texnik tellur, sulfat kislotasi, mis kuporosi, perrenat ammoniy, molibden kuyundisi, emallangan mis simlari va boshqalar.

    MEZ tarkibiga 11 ta ishlab chiqarish sexlari kiradi va korxonada 2 ming 700 dan ziyod xodim faoliyat yuritadi. 2018-yilda bu yerda mis katodi ishlab chiqarish hajmi birinchi marta 117,4 ming tonnaga yetdi. Zavodning ahil jamoasi metallurg, kimyogar, boyituvchi, elektrik, chilangar va boshqa mutaxassislardan iborat professionallardan tashkil topgan.

    “MEZ jamoasi o‘z kasb bayramini katta yutuq va muvaffaqiyatlar bilan kutib olmoqda. Bu, xususan, mamlakat va kombinat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni, bashorat ko‘rsatkichlarini ortig‘i bilan bajarish va rejali profilaktik ta’mirlash ishlarini olib borishdir. Masalan, yanvar-fevral oylarida SVE kompleksini, xususan, Vanyukov pechi, 4-sonli oltingugurt kislotasi sexi majmuasi va havoni taqsimlash sexida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Zalvorli ishlar qilindi”, – deydi Islombek Umaraliyev, “Olmaliq KMK” AJ MEZ bosh muhandisi.

    Bundan tashqari, 2019—2022-yillarga mo‘ljallangan OKMKning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarning tasdiqlangan dasturi doirasida, zavodda yangi binolarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, mavjud jihozlarni yangilash bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Ushbu dastur zavodning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, 148 ming tonnadan ortiq mis katodi ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan.

    Zanjirning bir bo‘g‘ini

    O‘z faoliyati davomida mis eritish zavodi doimiy ravishda rekonstruksiya qilindi, kengaytirildi, zamonaviy texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlarni chiqarishni o‘zlashtirgan yangi sexlar ishga tushirildi.

    Zavodning barcha sexlari o‘zaro bog‘langan. Ular xuddi zanjirning bir bo‘g‘iniga o‘xshaydi. Biroq boshqa vazifalarni belgilab beruvchi – bu metallurgiya sexi hisoblanadi. U maydalash-shixtalash, eritish va konverter-anod bo‘limlaridan iborat. Eritish bo‘limida sulfidli mis konsentratlari va tarkibida oltin bo‘lgan flyuslar qayta ishlanadi. Mis shteyn, shlak ag‘darmasi va oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish uchun texnologik gazlar eritiluvchi mahsulotlar hisoblanadi.

    Konverter-anod bo‘limida oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish uchun pufakchali mis, konverter shlak va texnologik gazlarni olingan holda mis shteyn qayta ishlanmoqda.

    “Ushbu metallurgiya sexida 800 dan ortiq kishi ishlaydi. Bular erituvchi, konverter, quyuvchi, shixtachi, maydalovchi va boshqalardir. Ularning barchasi bir-biridan katta jamoadir. Ishlab chiqarish zanjirining yana bir muhim bo‘g‘ini bu oltingugurt kislotasi sexidir”, – deya davom etadi Islombek Umaraliyev.

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu yerda o‘z navbatida oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblangan, metallurgiya sanoatining texnologik gazlaridan foydalaniladi. Bu asosan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va mamlakatimizda kimyo sanoatining boshqa sohalarida qo‘llaniladi. Zavod nafaqat mamlakatimizning oltingugurt kislotasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi, balki uni eksport ham qiladi, xususan Qozog‘istonga.

    Zavodning “o‘pkasi” bu havoni taqsimlash sexi. Shuningdek, u MEZ’ning asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalari qatoriga kiradi.

    “Bu yerda, metallurgiya sexida texnologik jarayonlarni o‘tkazish uchun asosiy material – kislorod ishlab chiqariladi. Havoni taqsimlash sexi korxonaning butun tizimini texnik kislorod va havo bilan ta’minlaydi”, – deydi Islombek Umaraliyev.

    Zavodning 2020-yil koronavirus pandemiyasi davrida erishgan muhim yutug‘i, suyuq kislorod ishlab chiqarishning kuniga 45 tonnagacha ko‘paytirilganidir. Shu bilan birga, tibbiy standartlarning barcha talablari qondirilgan. Bu, xususan, kamida 94 foiz hajm ulushi degani.

    “Biz Toshkentdagi va mamlakatning deyarli barcha mintaqalaridagi ko‘plab tibbiyot muassasalarini suyuq kislorod bilan ta’minladik. Turli xil rejim va jarayonlarni o‘rganish, tanlash natijasida suyuq kislorod chiqarilishini sezilarli darajada oshirishga erishdik. Ilgari biz uni haftasiga 8-10 tonnadan ishlab chiqargan edik”, – deydi Islombek Umaraliyev.

    Bugungi kunda zavodda oltin va kumushni affinajlash sexi, noyob metallarni ishlab chiqarish sexlari va boshqalar mavjud.

    “Bizning yaqin oradagi rejalarimiz texnologik ishlarni yanada takomillashtirish, qimmatbaho komponentlar, xususan mis va qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarishni ko‘paytirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Vanyukov pechlarida va kislorodli alangada eritish uchun qo‘shimcha materiallar allaqachon jalb qilingan. Sulfat kislota sexida singdirish darajasini oshirish, chiqindilarning eritmalaridan, shu jumladan, rux, qo‘rg‘oshin materiallaridan va boshqalardan qimmatli komponentlarni olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Biz bu yo‘nalishda olimlar bilan birgalikda ish olib bormoqdamiz”, – deydi Islombek Umaraliyev.

    Metallurg jasur bo‘lishi kerak!

    Har qanday korxona muvaffaqiyatining kaliti, albatta, unda ishlaydigan mutaxassislardir. Bugungi kunda OKMK tizimida qariyb 38 ming kishi ishlaydi. Ular orasida Shadmonovlar oilasi singari butun boshli mehnat sulolalari mavjud. Metallurglar sulolasining asoschisi, “Olmaliq KMK” AJ MEZ metallurgiya sexi boshlig‘i Olimjon Shodmonov bu yerda 1988-yildan buyon mehnat qiladi.

    “1982-yilda texnikumni tugatgandan keyin kombinat tizimiga kiruvchi ohak zavodiga ishga joylashdim. Shu yerdan armiyaga ketdim. Shundan so‘ng zavodga ishga qaytdim va uch yil usta bo‘lib ishladim. Men 1988-yilda bevosita MEZ’ga o‘tdim. Shundan beri bu yerda ishlayapman. Oilada yetti kishimiz. Beshtamiz biz zavodda ishlaymiz, farzandlarimiz ham OKMK tizimida ishlaydi”, – deydi Olimjon Shadmonov.

    Metallurg kasbini olgan Olimjon Tog‘ayevich metallurgiya sexiga konverterchi sifatida ko‘chib o‘tdi. Shu tariqa yosh mutaxassisning mamlakatdagi eng yirik korxonalardan birining sexiga rahbarlik qilishigacha bo‘lgan uzoq va qiziqarli yo‘li boshlandi.

    “Men konverterchi, smena ustasi, katta usta, bo‘lim boshlig‘i bo‘ldim. Bir muncha muddat oltin sexida ishladim. 5 yil boshliq bo‘ldim. Keyin yana metallurgiya sexiga o‘tkazishdi. Bu yerda men sex boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishladim va oltinchi yil unga rahbarlik qilmoqdaman. Mening butun hayotim shu yerda o‘tdi”, – deydi Olimjon Tog‘ayevich.

    Qizig‘i shundaki, Shodmonovlar sulolasining asoschisi bolaligida oshpaz bo‘lishni orzu qilgan va futbolga ham mehr qo‘ygan. Ammo oshpaz bo‘lish uchun Toshkentdagi maktabga borish kerak edi. Shuning uchun u o‘z ona shahri Olmaliqdagi texnik maktabga kirishga qaror qiladi, bu juda obro‘li ekanligini aytadi va metallurgiyani xuddi oshpazlik san’atiga taqqoslaydi.

    “Men sexdagi mis xuddi uydagi ovqat kabi “pishirilishi”ni payqadim. Deyarli bir xil narsa. Masalan, misga e’tiborimni qaratmasam hamma narsa bekor ketadi. Ko‘pik, shlak – deyarli oshxonadagidek”, – deydi Olimjon Tog‘ayevich jilmayib.

    Metallurg qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga darhol javob olasiz – jasur!

    “Metalldan qo‘rqishning hojati yo‘q. U bilan kurashish kerak. O‘z ishingizda qat’iyatli bo‘lishingiz, ishingizni yaxshi ko‘rishingiz juda zarur. Masalan, men odamning tinimsiz mehnat qilayotganini yoki shunchaki karyerachi ekanligini darhol payqayman. U qat’iyatli, o‘z maqsadiga egami yoki tez taslim bo‘ladigan, hech harakat qilmaydigan insonmi?”, – deydi Olimjon Tog‘ayevich.

    Olimjon Shadmonovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10-20 yil ichida zavod juda o‘zgargan. Avvalgi va hozirgi holat o‘rtasida juda katta farq bor.

    “Bugungi kunda ko‘pchilik uni tanimaydi. Zamonaviy texnologik uskunalar, chiroyli binolar, obodonlashtirilgan maydonlar. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu yerda ko‘plab yashil maydonlar mavjud. Bayram kunimizdan foydalanib, hamkasblarimga va barcha metallurgiya sohasidagi ishchilarga mustahkam sog‘liq, ichki xotirjamlik va farovonlik tilayman. Bizning ishimiz oson bo‘lmasada, lekin eng muhimlaridan biri. Shuningdek, yanada rivojlanishni tilayman. Buning uchun esa mamlakatda barcha sharoitlar yaratilgan”, – deydi Olimjon Tog‘ayevich.

    OKMKning yana bir mehnat faxriysi

    6-razryadli erituvchi Muzaffar Qurbonov MEZ metallurgiya sexining eritish bo‘limida 26 yildan beri ishlaydi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasi eng qiziq sohalardan biri hisoblanadi. Ha, bu xavf-xatarsiz emas! Siz hali ham issiq metall bilan va qiyin sharoitlarda ishlaysiz, ammo Muzaffar Qurbonov hech qachon boshqa kasb haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.

    Mehnatsevarligi, ishga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati uchun Muzaffar Qurbonov ikkinchi hamda uchinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlariga ega edi va bu yil u birinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonini oldi.

    “Misni qayta ishlash jarayoni bizning seximizda boshlanadi. Mening ish kunim naryad topshirig‘ini olganimdan keyin boshlanadi. Men pech oldiga boraman va uni tekshiraman. Mening vazifalarim — qattiq shixta yuklash va shteyn, shlaklar shaklidagi suyuq eritish mahsulotlarini olish.

    O‘z vaqtida metallurg kasbini tanlaganimdan juda faxrlanaman. U juda ko‘p narsani o‘rgatadi. Masalan, bu odamda aqlbovar qilmaydigan mas’uliyat, fidoyilik, qat’iyatlilik, jasorat va intizomni tarbiyalaydi. Metallurglar juda sodiq do‘stlar va ajoyib insonlar! Deyarli 30 yil oldin menga barcha narsani o‘rgatgan insonlarni hech qachon unutmayman. Bular mening ustozlarim – Aleksandr Xristiyukov, Donoboy Bekmurodov, Valentin Kim, Olimjon Shodmonov, Hamro Qosimov va boshqalar”, – deydi Muzaffar Qurbonov.

    Bu yil OKMKning yana 10 nafar xodimi uchinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

    Mis eng ko‘p talab qilinadigan metallardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Metallurg mutaxassisligi ham talabgirligicha qolmoqda. O‘zbekistonda may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadigan, Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni ushbu sohani rivojlantirishda davom etayotgan barcha insonlarni eslash va ularga minnatdorchilik bildirish uchun yana bir sababdir. Zero aynan ular, ularning tajribasi, noyob texnologiyalarni qo‘llaganliklari, oqilona boshqaruv va ko‘p ming kishilik birlashgan jamoa tufayli OKMK nafaqat mamlakatda, balki dunyoda sifatli, rangli metallurgiya ishlab chiqarishda yetakchilardan biri hisoblanadi.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    16.05.2021, 18:00   Izoh (0)   36121
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Seoul Mun’da 13 dan 45 kvadrat metrgacha bo‘lgan savdo joylarining sotuvi boshlandi

    16.05.2021, 09:00

    Akfa Innovations yangi shourumida terrasalar uchun zamonaviy takliflar

    15.05.2021, 12:00

    Dream City Development ulkan maqsadlarni amalga oshirmoqda

    15.05.2021, 09:00

    Aksiyalar yakunlanishiga juda oz vaqt qoldi. Katta foyda bilan texnika xarid qilishga shoshiling!

    14.05.2021, 15:00

    Strategik sheriklik va innovatsiyalar Olmazor Business City turar joy majmuasi qurilishining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi

    14.05.2021, 09:00

    Bayram sharafiga Golden House’dan sovg‘alar

    13.05.2021, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:40

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.