• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz egallamagan faqat bitta reyting qoldi: zo‘rlash bo‘yicha yuqori reyting”. Bloger ayollar O‘zbekistonda xotin-qizlar zo‘rlanishi haqida

    O‘zbekistonda xotin-qizlar zo‘rlanishiga oid, xususan, Andijonda 5 oylik kelinchak bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin tanqidlar va turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

    Jamoatchilik faoli, bloger Aziza Umarovaning aytishicha, bunday paytlarda organlar tegishlicha harakat qilmayapti va bunday xabarlar deyarli oddiy va beparvo qabul qilinadigan bo‘lib qoldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Hatto hech qanaqa rezonans yo‘q. Xabarlariga qaraganda, ular qanaqadir ahmoqona reydlar, niqoblar, tiktokchilar, sumalak pishirgan tungi klubning yengiltak ayollarini ushlash bilan band, ovora. Lekin organ xodimlari chindan ham kerak joyda ular yo‘q”, — deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

    Aziza Umarova ikki yil avval Qarshida maktabdan ikkinchi sinf qizni o‘g‘irlab ketib, zo‘rlab, ariqqa tashlab ketilganini esga oldi.

    “O‘shanda qizning otasi prokuraturaning jinoiy ish ochishiga erisha olmagandi. Qon yig‘layotgan otaning murojaatini Facebook’da e’lon qilgan deputatni esa partiyadan chiqarib yuborish bilan qo‘rqitib, postni o‘chirib tashlashga majbur qilishgandi”, — deb yozadi u.

    “Ayol taqdirining qiymatini jamiyat o‘lchab kelgan. Shunga qarab, biz tubanlik sari yumalayotgandaymiz”, — deb ta’kidlagan bloger va ayollarning zo‘rlanish holatlari, xususan, Andijondagi kelinchak bilan bog‘liq holatni jiddiy va sinchkovlik bilan tekshirilishini va har bir aybdor uchun og‘ir jazo tayinlanishini talab qilgan.

    Bloger Shahnoza Soatova zo‘ravonlarni qamash bilan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘xtamasligini, muammo hal bo‘lish u yoqda tursin, vaziyat sal bo‘lsa ham, yaxshilanmasligini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Uch kunda unutamiz, shu bilan keyingi zo‘ravonlik oshkor bo‘lguncha (ko‘pda oshkor bo‘lmaydi). Chunki bunday jinoyatlar zo‘ravon (erkak) va qurbon (ayol)ning hayotiga turlicha ta’sir qiladi. Erkak bir qilmishiga bir jazo oladi: qamaladi, biror yilda balki afv bilan chiqar, shu bilan ‘yigitchilik’, ‘erkakchilik’ deb jamiyat buni unutadi, qabul qiladi, rozi bo‘ladi, murosa qiladi...

    Ayol esa bir marta emas, bir umrga qurbon bo‘ladi, endi uni jamiyat avvalgidek qabul qilmaydi. Aybsiz bo‘lsa-da, aybdor bo‘lib qolaveradi. Erkaklar u yoqda tursin, birinchi bo‘lib o‘z hamjinslari, ayollar ayblaydi, men avliyoroqman degan pozitsiyadan turvolib. Shuning uchun keyingi qurbonlar vaziyatni yashiradi, keyingi vahshiylar esa zo‘ravonlik jazosizligining timsoli bo‘lib, hammaning ko‘z o‘ngida bemalol yashab yuraveradi. Mana shu hol zo‘ravonlikning hech qachon to‘xtamasligiga sabab”, — deydi bloger.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘rlash holatlarida ko‘pincha “g‘unajin ko‘zini suzmasa...” deb ayollar ayblanadi. Agar ish ikki tomon roziligi bilan ro‘y bergan bo‘lsa, buni qizlar va yigitlar tarbiyasiga, axloqiga yo‘yish mumkin, sababni va chorani shu yo‘nalishdan izlasa, mantiq bo‘ladi. Lekin kuch ishlatish, zo‘rlash, bir tomonning ojizligidan foydalanish, buni vahshiylarcha amalga oshirish, keyin esa shu vahshiylarning jamiyatda bemalol yashab yura olishi — bu g‘ayriinsoniy holat, buni jamiyatning qusuri, fikrlashi, dunyoqarashi, ayol va erkakka nisbatan turlicha standartlari oqibati deb baholash kerak.

    O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha munosabat bildirgan Saida Mirziyoyeva ham jamiyat razolat va sukut uchun, “ayolning o‘zi aybdor” degan qarash uchun juda og‘ir badal to‘layotganini aytgandi.

    “Kap-katta, uylangan, bir necha bolalari bor erkaklar, bittasining yoshi 40 dan oshgan hatto. Ularni nima to‘xtatishi mumkin edi? Shu ishni qilsam, hayotim barbod bo‘ladi degan o‘y! Yetti pushtimga isnodi tegadi degan fikr! Lekin unday o‘y-fikr yo‘q, chunki bunga asos yo‘q. Bu erkaklarni jazosizlik, qilgan ishining oqibati yengil bo‘lishi, ‘baribir hech nima qilolmaydi, kim ishonardi, o‘zini ayblaymiz, birovga aytolmaydi’ degan fikrlash quturtirgan. Axir ko‘pni ko‘rgan, tajribali erkaklar qilyapti bu ishni, o‘smirlar emas! Ularda bu vahshiylikni oila yo maktab emas, jamiyat tarbiyalagan!

    Nimaga zo‘ravon erkakni jamiyat o‘zidan chetlatmaydi? Nega vaqt o‘tishi bilan uni qabul qilishadi va kechirishadi-yu, ayolni qabul qilishmaydi? Nega zo‘ravon erkak ma’lum vaqt o‘tgach, yana oshnalari bilan bemalol osh yeb, to‘yga borib, elga qo‘shilib, o‘g‘il-qiz uylab, to‘n kiyib yura oladi, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayolni ‘it teggan qovun’ deb biror davraga qo‘shmaydilar, o‘sha oiladan qiz olishni istashmaydi, o‘tsa, ortidan pichir-pichir, g‘iybat, bosim bir umr tinmaydi? Nega vahshiy erkak qamaladi, chiqadi va o‘zini osmaydi, yoqmaydi, ayol esa o‘zini osadi, yoqadi, suvga tashlaydi? U axloqsizlik qilmadi, ko‘zini suzmadi, uni bir vahshiy mayib qildi-ku!”, — deydi Shahnoza Soatova.

    Uning ta’kidlashicha, bunday dunyoqarash, fikrlash, munosabat bilan zo‘ravonlik to‘xtamaydi. “Toki ayollar va erkaklarga jamiyat tozaligi, axloqi borasida birdek mas’uliyat va javobgarlik yuklanmas ekan, toki ikki xil standartlar to‘xtamas ekan, zo‘ravonlik to‘xtamaydi! Keyingi qurbon esa sizning yaqiningiz bo‘lishi mumkin!”, — deb ta’kidlagan bloger.

    Bloger Aziza Qurbonova esa O‘zbekiston egallamagan faqat bitta — zo‘rlash bo‘yicha reyting qoldi, degan fikrda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Biz egallamagan faqat bitta reyting qoldi: zo‘rlash bo‘yicha yuqori reyting. RAPE (ikkinchi tomonning roziligisiz jinsiy zo‘rlik) bo‘yicha jahon reytinglarida hozircha nomimiz yo‘qligiga sabab — shunchaki qurbonlar jim edi. Qurbonlar jim — raqamlar yo‘q — raqamlar yo‘q — reytinglar ham yo‘q. Endi o‘zbek ayollar jamiyati oz-moz (juda oz) tilga kira boshladi. Ayollar gapira boshladi. Qurbonlar gapiryapti — raqamlar bor — jazolar yo‘q — tez orada reytinglar ham uyg‘onib qoladi! Rahmat sizga, aziz va sevikli erkaklar jamiyati!”, — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2020-yilda nomusga tegish holatlari 27,7 foizga oshgan. 2021-yilning dastlabki uch oyi ichida huquq-tartibot idoralariga zo‘ravonlikka uchragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bo‘lgan.

    17.05.2021, 19:34   Izoh (0)   48020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: GTL loyihasi doirasida loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlandi

    17.05.2021, 19:30

    Andijonda zo‘rlangan 18 yoshli kelin voqeasi Senat nazoratiga olindi

    17.05.2021, 18:59

    TATUda o‘qish jarayonlari o‘quv yilining oxirigacha onlayn shaklda qoldirildi

    17.05.2021, 18:11

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    17.05.2021, 17:43

    O‘zbekistonda saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

    17.05.2021, 17:34

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi

    17.05.2021, 16:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.