• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ular bir marta o‘lsa, biz 10 marta o‘ldik”. Zangiotada koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning yo‘qotgan bemorlari, qiyinchiliklari va kechinmalari haqida

    Koronavirus pandemiyasi boshlanganiga bir yildan ortiq vaqt bo‘ldi, ammo uning yakuni ko‘rinayotgani yo‘q. So‘nggi paytlarda butun jahonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham virus yuqtirib olganlar soni oshib bormoqda. COVID-19’ga qarshi kurashda eng katta yuk shifokorlar zimmasiga tushadi.

    “Daryo” muxbirlari Zangiota tumanidagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar bilan virusga qarshi kurash, kasallik bilan bog‘liq avvalgi va hozirgi vaziyat farqi, yo‘qotgan bemorlari, hamkasblari hamda ularning kechinmalari haqida suhbat uyushtirdi.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Barno Musayeva, 50 yoshda. Pediatriya bo‘limi boshlig‘i

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi pediatriya bo‘limi boshlig‘i Barno Musayeva.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi pediatriya bo‘limi boshlig‘i Barno Musayeva.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Urushga hech kimni so‘rab jo‘natishmaydi

    Bu yerga kelishim juda qiziq bo‘lgan. 2020-yil 10-avgust kuni ishda o‘tirganimda telefon qilib, “Zangiota-2 ga bolalar tushibdi. Xodimlar qiynalayotgan ekan, koronavirusni o‘tkazgan pediatrni tezda yuboringlar” deb qolishdi.

    22-iyulda virusning o‘rta og‘ir formasini o‘tkazgandim. O‘sha payt men bo‘lib o‘tdim, dedim. Rahbarimiz unda hoziroq narsalaringizni yig‘ishtiring, “Zangiota”ga ishlagani ketasiz, deb aytganlarida shokka tushib qoldim.

    To‘g‘ri, ish mobaynida koronavirus bilan tanish edik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qabul bo‘limida ishlaganim uchun o‘qitilgandik. Qolaversa, bemorlarni o‘zimiz qabul qilardik. Bevosita kontaktda bo‘lganimiz uchun maxsus formalarni kiyib ishlardik. Lekin kovid-markazda ishlayman degan fikr sira xayolimga kelmagandi.

    Birinchi bo‘lib turmush o‘rtog‘imga telefon qilib aytdim. Xo‘jayinim “Mayli, kerak ekansiz boring, bu ham bitta urush. Urushga hech kimni so‘rab jo‘natishmagan” dedilar. Oilamizda barcha oliy ma’lumotli bo‘lgani uchun hech kim qarshilik bildirmadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    U paytda hozirgidek qatnab ishlash yo‘q edi. 10-avgustda kelgan bo‘lsam, 10-sentabrgacha qoldik. Hatto uydagilar kelganda ham ko‘rishishga ruxsat berishmasdi. Telefonda gaplashardik, xolos.

    5-sentabrdan uyga borishga ruxsat berildi. Shundayam haftada bir marta borib kelardik. Hozir ham deyarli shunday. Chunki ayni paytda bemor bolalar juda ko‘payib ketgan.

    Kelganimda 3-4 nafar bola bor edi. Shularga qarab, tuzatib bersangiz, ketasiz, deyishgandi. Bolajonlar sog‘ayishdi. Lekin oradan bir hafta o‘tib, yana ikkita bola tushib qoldi, keyin 10-12 ta bo‘lib ketdi.

    Bir kuni direktorimiz Doniyor Botirovich chaqirib, kasal bolalarimiz ko‘paymoqda, endi shu yerda qolib ishlang, dedi.

    O‘zim ham COVID-19 bilan og‘rigan bolalarni davolashga o‘rganib qolganim va uyga qatnab ishlashga ruxsat berishgani uchun rozi bo‘ldim.

    Koronavirusga chalingan 25 kunlik chaqaloq

    Avvallari shifoxonamizga 2-3 yoshdan katta bolalar kelar edi. Kuni kecha 25 kunlik va 2-3 oylik chaqaloqlarni qabul qildik.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 25 kunlik chaqaloq.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 25 kunlik chaqaloq.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bilasizmi, ular judayam kichkina. Rahmingiz keladi. O‘zim ham koronavirus bo‘lganim uchun bolajonlarning holatini tushunaman. Suyaklarim uvishib, ta’m sezmay, ovqat yedimmi, kesak yedimmi bilmagan paytlarim, suyuqlik ichib qusganlarim haligacha esimdan chiqqani yo‘q. Ular ham yosh jussasiga shu og‘riqlarni his qilyapti.

    Chaqaloqlarning ahvoli hozir o‘rta og‘ir darajada. Tumov belgilari, isitma, ishtahasizlik bor. Ayniqsa, 25 kunlik chaqaloq burni bitib qolgani uchun emishda qiynalyapti. Burnini tozalab, onasini emishiga yordam beryapmiz. Hozir ularni chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dorilarning suyuq shakllarini pipitkada tomizib davolayapmiz. Kechagidan ahvoli ancha yaxshi.

    Bir necha kun oldin bo‘limga 6,5 yoshli Solihaxon degan bir shirin qizni olib kelishdi. Yolg‘iz o‘zini olib qolishga to‘g‘ri keldi. Sababi onasi sog‘lom, uyda yana ukalari bor. Onani bolaning yoniga yotqizib qo‘ysam, uydagi bolalarga kim qaraydi?

    Uyga olib ketib davolang, desam, ukalari bilan kontaktda bo‘ladi. Yuqtirib qo‘yadi. Ota-onasi bilan gaplashib, o‘zini olib qoldim. Uydagilari bilan telefonda gaplashib turibdi.

    Bolalar bilan ishlaganingizdan keyin o‘zingiz ham bola bo‘lib qolasiz. Ular bilan birga o‘tiraman, rasm chizaman. Birga multfilm ko‘ramiz. Ba’zida o‘yinga ham tushib beraman.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 2 oylik chaqaloq.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 2 oylik chaqaloq.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xursand qiladigan joyi, bolalar kattalarga nisbatan tez tuzalyapti. Organizm yosh, kurashuvchanlik qobiliyati yaxshi.

    Hech esimdan chiqmaydi: 17-noyabr kuni 3,5 yashar qizchani og‘ir koma holatida olib kelishgan edi. Shu bolachamiz jonlantirish bo‘limida to‘rt oy yotib, keyin vafot etdi. Biroq hozir bolalar o‘zimizda og‘irlashib, reanimatsiyaga o‘tkazilgan holatlar kuzatilmayapti.

    Izoh: “Daryo” pediatr Barno Musayeva tilga olgan 3,5 yoshli qizcha haqida ma’lumot olish uchun SSV bilan bog‘landi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, qizchaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagan. Qizaloq o‘pka pnevmoniyasi bilan Zangiotadagi shifoxonaga keltirilgan, boshqa kasalliklari rivojlanib, vafot etgan. Yanada aniqroq ma’lumot olish uchun Furqat Sanayev Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimovning telefon raqamini berdi, biroq direktor “Daryo” muxbirlarining qo‘ng‘iroqlariga va yozgan xabarlariga javob bermadi. Rasmiy javob olishga bo‘lgan urinishlar tufayli maqola chop etilishi bir haftadan ortiqroq muddatga cho‘zilib ketdi.

    Vaksina olganimdan keyin 5-6 kun tanamda og‘riq his qildim

    1-aprel kuni Zangiota-2 shifoxonasi xodimlari birinchi bo‘lib emlandi. Rahbarimiz boshchiligida hammaga o‘rnak bo‘lish maqsadida o‘zimiz borib vaksina oldik.

    Xalq orasida vaksina haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Ko‘pchilik qo‘rqdi. Men umuman qo‘rqmadim. Chunki pediatrman. Aslida, eng ko‘p bolalar emlanadi. Agar organizmda antitana hosil bo‘lsa, reaksiya beradi.

    Olganimdan so‘ng 4-5 kun davomida organizmimda reaksiya bo‘ldi. Haroratim 37,5 gacha ko‘tarildi.

    Boshimda, oyog‘imda, butun tanamda og‘riqni his qildim. Injiq bo‘lib qoldim. Lekin hecham qo‘rquvga tushmadim. Yoshim katta bo‘lsa ham, “privivka”ga organizmim antitana hosil qildi, demak hali qarimabman deb kuldim. Besh kundan keyin hammasi o‘tib ketdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yuragimizni berib ishladik

    Sentabr oyida bo‘lim boshlig‘i bo‘ldim. O‘sha paytda kasallar ko‘p, jonlantirish bo‘limlarimizda joy yo‘q edi. O‘pkasi 50-60 foiz zararlanganlarni ham bo‘limimizga yotqizib, apparatga ulab ishladik. Haqiqatan ham juda og‘ir paytlar edi.

    Hech esimdan chiqmaydi, o‘sha kuni reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i koridordan zo‘rg‘a yurib kelayotgandi. Ahvolini ko‘rib, qo‘rqib ketdik. “Nima bo‘ldi, Begali Boboqulovich?” desam, u “Shunday yaxshi tuzalib kelayotgan kasalim o‘tib qoldi”, deb yig‘lab yubordi.

    O‘sha yerda bo‘lim boshliqlari turgandik. Hammamiz qo‘shilishib yig‘ladik.

    Xalqimiz orasida “Zangiota undoq, Zangiota bundoq” deb gapirishsa, qattiq xafa bo‘lib ketaman. Chunki bizga oson bo‘lmadi. Yuragimizni berib ishladik. Ular og‘irlashsa, biz ham og‘irlashdik. Ular bir marta o‘lsa, biz 10 marta o‘ldik. Har bir o‘tgan bemor uchun yig‘ladik, kuydik, ovqat yemadik.

    Oilamizdan, hayotimizdan kechib, xalq uchun ishladik. To‘g‘ri, davlatimiz bizga yaxshi haq to‘layapti, lekin... Bir kuni kichik qizim meni ko‘rishga keldi. Darvozaning narigi tomonida ko‘rinib turibdi, oyijon deb yig‘lardi.

    Eshik oldida turgan Milliy gvardiya xodimlariga “Oyimni bir marta quchoqlay” deb yalindi, lekin ular ruxsat bermadi. 21 yashar qizim yig‘lab uyga qaytib ketdi. O‘z farzandimni bir oy bag‘rimga bosolmadim. Bu ona uchun osonmas.

    Hamkasblarimizni yo‘qotgan holatlarimiz bo‘ldi. Vorisbek ismli kursdoshim bor edi. U “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimlash markazida ishlagan ekan.

    Kovid bilan ishlab otasi ham, onasi ham, o‘zi ham rahmatli bo‘ldi. Lekin 9 oy mobaynida shifoxonamizda bunday holat kuzatilmadi.

    Hozir hamma bemorlar asabiylashgan. Tushkunlikka tushib qolgan. Virus asabni yeyapti. Agar ularning asabini davolamasak, dorilarimiz ta’sir qilmaydi. Ish vaqtimiz sakkiz soat bo‘lsa-da, hech qaysi xodim shu vaqt ichida chiqib ketolmaydi. Bemorga qaraydi, dorisini beradi.

    Xalqqa gapirish oson, lekin bu yerga kelib ishlab ko‘rish...

    Sog‘aygan bemorlarning hammasi bizdan rozi bo‘lib, rahmat, baraka topinglar, deb chiqib ketadi. Biroq xalq orasida har xil salbiy gaplar qayerdan tarqaladi, tushunmayman.

    Mavzuga doir: Koronavirusga chalingan chaqaloqlar, kodlangan xonalar, nafas ololmayotgan bemorlar. Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan reportaj

    Otabek Mo‘minov, 38 yoshda. Klinik-diagnostika laboratoriya bo‘limi boshlig‘i

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi klinik-diagnostika laboratoriya bo‘limi boshlig‘i Otabek Mo‘minov.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi klinik-diagnostika laboratoriya bo‘limi boshlig‘i Otabek Mo‘minov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Boshida ta’minot va xodimlar masalasi muammo bo‘lgan

    Shifoxonaga 2020-yil iyul oyida kelganman. “Zangiota” yangi tashkil qilingan kasalxona bo‘lgani sababli boshida diagnostika uchun kerakli uskunalar ta’minoti muammo bo‘lgan. Qolaversa, birdaniga kasallanganlar soni oshib, shifoxonaga keluvchilar ko‘paygani hisobiga xodimlar masalasi 10-15 kun davomida qiynagan.

    O‘sha paytlari ushbu kovid-markazda 14 kunlik ish rejimida shifoxonada qolib ishlardik. Ikki haftadan so‘ng uyga ketishga ruxsat bo‘lardi.

    Ochig‘ini aytsam, boshida juda qo‘rqqanman. 4 nafar farzandim bor. Virus tashuvchi bo‘lib qolmaslik uchun uyga bormaganman. Ketishga ruxsat berilgan paytlari ijaraga kvartira olib, o‘sha yerda yashardim.

    Shunday qilib, ikki oy oilam, bolalarim bilan ko‘rishmaganman. Faqat telefonda gaplashganmiz, xolos.

    Biroq virus meni chetlab o‘tmadi. Avgust oyida yuqtirib oldim. Lekin kasallik menda yengil o‘tdi. Sakkiz kun davomida shu yerda yotib davolandim.

    Keyinroq karantin qoidalari yumshab, ahvol ancha yaxshilanganidan so‘ng uyga boradigan bo‘ldim. Yaqinda muassasada ishlaydigan barcha xodimlar ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini oldik. Hozir uyga bemalol borib kelyapman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Dilyayra Toshpo‘latova, 31 yoshda. Endokrinolog shifokor

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi endokrinologi Dilyayra Toshpo‘latova. Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xuddi qandli diabetning pandemiyasi bo‘lganga o‘xshardi

    Asli buxorolikman. Ikki o‘g‘il, bir qizim bor. Bolalarim hali kichkina, maktabga boradi. Turmush o‘rtog‘imning o‘zi ham shu soha vakili bo‘lgani uchun “Zangiota”da ishlashimga qarshilik bildirmagan. To‘g‘ri tushunib, meni qo‘llab-quvvatlagan.

    2020-yil iyuldan beri Zangiota shifoxonasida ishlab kelyapman.

    Shu vaqt mobaynida juda ko‘p kasallarni ko‘rdik. Koronavirusga chalingan kasallarning yarmidan ko‘pida, deyarli 70-80 foizida qand kasalligi kuzatildi. Xuddi qandli diabetning pandemiyasi bo‘lganga o‘xshadi.

    Qand kasalligidan vafot etgan 3 yoshli qizaloq

    Biz bu kasallikni naslga bog‘liq, semizlikka moyillarda bo‘ladi, deymiz.

    O‘zim kuzatib, o‘rganib chiqqanimda qandli diabet yuqoridagi faktorlarga bog‘liq bo‘lib chiqmadi. Aksincha, ozg‘in odamlarda ko‘p kuzatildi. Xudoga shukr, ko‘p kasallarimiz davolandi. O‘lim yuqori bo‘lmadi.

    Bir narsani aytib o‘tishim kerak, bizda davolanib ketgan bemorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turdik. Ma’lum bir qismida qandli diabeti yo‘q bo‘lib ketdi.

    Bilamizki, “saxar” bir marta paydo bo‘lganidan keyin odam umrining oxirigacha qoladigan kasallik hisoblanardi. Koronavirus tufayli kelib chiqqan qandli diabet ko‘pchilikda yo‘q bo‘lib ketdi. Lekin nasliy moyilligi borlarda qoldi.

    Biz har kuni ishlaymiz. Hatto yakshanbada ham. Bir kunning o‘zida 64-67 ta kasal ko‘ramiz.

    Odatda bizning bo‘limda o‘rta yoshli odamlar davolanadi. Eng yoshi, adashmasam, 3 yoshli qizaloq edi. “Saxar” aniqlandi. Hatto komagacha tushib qoldi. Qo‘shimcha kasalliklari ham rivojlanib ketib, oxir-oqibat vafot etdi.

    Izoh: “Daryo” endokrinolog Dilyayra Toshpo‘latova va pediatr Barno Musayeva tilga olgan, komaga tushib vafot etgan qizaloq haqida ma’lumot olish uchun SSV bilan bog‘landi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ikki shifokor aynan bir qiz haqida aytgan, chunki “Zangiota-2” shifoxonasida faqat bir nafar 3 yoshli qizchaning o‘limi qayd etilgan. “Zangiota-1”da esa bunday holat kuzatilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizchaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagan, qizaloq o‘pka pnevmoniyasi bilan Zangiotadagi shifoxonaga keltirilgan, boshqa kasalliklari rivojlanib, vafot etgan. Yanada aniqroq ma’lumot olish uchun Furqat Sanayev Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimovning telefon raqamini berdi, biroq direktor “Daryo” muxbirlarining qo‘ng‘iroqlariga va yozgan xabarlariga javob bermadi. Rasmiy javob olishga bo‘lgan urinishlar tufayli maqola chop etilishi bir haftadan ortiqroq muddatga cho‘zilib ketdi.

    Koronavirus yuqtirib olgan hamkasblarimizning ayrimlari shu yerda davolandi, iyul—avgust oylarida ishdan ketganlari ham bo‘ldi. Biroq ish og‘irligidan ketib qolganlari bo‘lmadi. O‘zim esa virusga chalinmadim.

    Ma’rufjon Salohiddinov, 30 yoshda. Radiologiya bo‘limi boshlig‘i

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi radiologiya bo‘limi boshlig‘i Ma’rufjon Salohiddinov.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi radiologiya bo‘limi boshlig‘i Ma’rufjon Salohiddinov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu yerda ishlayotganimni ota-onamga aytmaganman

    Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirib, 2018—2019-yillari Buyuk Britaniyada magistraturada tahsil olganman.

    Bu yerga kelgunimga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasida radiolog assistent bo‘lib ishlardim.

    Mazkur shifoxonada ishlayotganimga ham mana to‘qqiz oy bo‘ldi. To‘g‘risi, bu yerga ishga kelishimni ota-onamga aytmaganman. Toshkentda o‘zim yashayotganim uchun ular sezmaganlar ham. Xabaringiz bor, o‘shanda virus ayni “pik”ka chiqqan payt edi. Kasallikni yuqtirib olishdan hamma qo‘rqardi. Ota-onamni xavotirga qo‘ymaslik uchun ularga bildirmaganman.

    Avgust oyida koronavirusga chalindim. Shu yerning o‘zida yotib davolandim. Tuzalganimdan keyin oradan 1-2 oy o‘tib, uydagilarga bu yerda ishlayotganimni aytdim. Ungacha uyga bormadim.

    “Zangiota”da ishlayotganim uchun bir muddat uylanmay turdim. Noyabr oyida karantin qoidalari yumshatilganidan so‘ng oila qurdim.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    U hali yosh edi

    Iyul oyida kelganimda men bilan oldin ishlagan bir hamkasbim bor edi. 38 yoshda edi. Bir kuni qarasam yo‘q. Orada 2-3 kun ko‘rinmadi. Uyga ketgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. O‘sha paytlari men ultratovush tekshiruvida ishlab yurardim. Ichkariga kirsam, u reanimatsiyada yotibdi. 2-3 kun og‘ir holatda yotdi, keyin vafot etdi. U hali yosh edi.

    Shifokorlarning hurmati biroz bo‘lsa-da ko‘tarildi

    Pandemiya insonlarning hayotini o‘zgartirdi. Boshida odamlarda tibbiy tushuncha yo‘q edi. OAVlarda chiqqan turli maqolalar sabab ko‘pchilik vahimaga tushib qolgandi. Hattoki shifokorlar ham. Biroq hozir hammasi o‘zgargan.

    Nazarimda, mana shu o‘tgan bir yilda odamlar sog‘lig‘i naqadar muhimligini tushundi.

    Boshqa tarafdan olib qaraganda, shu paytgacha shifokorlarning hurmati baland emasdi. Koronavirus sabab juda sezilarli darajada bo‘lmasa ham, asta-sekinlik bilan ularning qadri oshib boryapti.

    Sevara Solihova, 43 yoshda. Terapiya bo‘limi boshlig‘i

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi terapiya bo‘limi boshlig‘i Sevara Solihova.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi terapiya bo‘limi boshlig‘i Sevara Solihova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uyga faqat uxlagani boramiz

    Mutaxassisligim bo‘yicha onkolog-jarrohman. Toshkent 2-tibbiyot institutini tamomlaganimdan so‘ng 2007—2014-yillarda Moskvada joylashgan N.N.Bloxin nomidagi onkologiya institutida tahsil olganman. 2020-yil noyabr oyidan beri 2-sonli Zangiota ixtisoslashtirilgan shifoxonasida ishlab kelyapman.

    Kovidolog sifatidagi faoliyatim o‘tgan yili iyulda Gimnastika saroyida tashkil etilgan vaqtinchalik COVID markazida boshlangan. 6 yoshli farzandim borligi uchun boshida ishlash qiyin bo‘lgan. Chunki 14 kunlab uyga kelmasdan ishlardik.

    Sentabr oyida karantin choralari yumshatilib, uyga borib-kelishga ruxsat berilganidan keyin bu yerga ishga keldim. Lekin ochig‘ini aytsam, uyga faqat uxlagani boraman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ayol, ona sifatida bolamga vaqt ajratishim kerak, ammo...

    Har kuni soat 08:00 dan ishga kirishamiz, 5 daqiqalik yig‘inda rahbariyat bilan u yoki bu masalalarni muhokama qilib olamiz. Keyin “qizil hudud”ga kirib, har bir bemorni shaxsan o‘zim ko‘zdan kechiraman: holatini so‘rayman, analizlarini ko‘raman. Soat 14:00 da “qizil hudud”dan chiqaman. Tushlikdan so‘ng “yashil hudud”da hujjatlar bilan ishlashni boshlayman.

    Bo‘limimizda hozir o‘rta og‘ir darajadagi bemorlar davolanmoqda. Har bir bo‘limda 80-81 ta koyka o‘rinlari bor. Bo‘lim rahbari bo‘lganim uchun boshqalarga qaraganda bemorlar uchun mas’uliyatni ko‘proq his etaman. Albatta, ayol va ona sifatida bolamga ham vaqt ajratishim kerak. Ammo hozirgi vaziyatda o‘zimizni butkul ishga bag‘ishlashimiz zarur.

    Onkolog sifatida og‘ir bemorlar bilan ham ishlaganman, biroq COVID bemorlari bilan ishlash biroz mushkul. Psixologik jihatdan bemorning ko‘ngliga qarash lozim. Har bir bemor o‘ziga xos. Biz ularni boshdan oyoq, barcha kasalliklarigacha bilishimiz, bemorga to‘g‘ri davolash taktikasini tanlashimiz zarur.

    Lekin uyga kelib, sog‘-salomat kulib turgan farzandimni ko‘rganimda kayfiyatim o‘z-o‘zidan ko‘tariladi. Kasbimni sevaman, bolaligimdan shu sohada ishlashni orzu qilganman. To‘g‘ri, og‘ir, ammo menga mana shunday tarzda ishlash yoqadi.

    Begali Hakimov. Ikkinchi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi ikkinchi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Begali Hakimov.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi ikkinchi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Begali Hakimov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Moddiy ehtiyoj sabab ishga kelganman

    Asli qashqadaryolikman. Avval Respublika neyroxirurgiya ilmiy tekshiruv markazining reanimatsiya bo‘limida ishlardim. O‘sha paytlari kovid-markazlarda soham bo‘yicha mutaxassislar kam edi. Qolaversa, ochig‘ini aytishim kerak, shifoxonada shifokorlarga yaxshi haq to‘lanardi. Yashirishimning keragi yo‘q, dastlab moddiy ehtiyoj sabab ishga kelganman.

    2020-yil iyul oyida ishga kelgan bo‘lsam, o‘shanda koronavirus nimaligini, asoratlarini hech kim to‘liq bilmasdi.

    O‘sha paytlarda shifoxonaga kelgan kasallarning aksariyatining ahvoli juda og‘ir, reanimatsiyada o‘lim holatlari ko‘p kuzatilardi. Davolash borasida aniq yo‘nalish bo‘lmaganidan keyin ta’minot masalasi ham muammo edi.

    Eng yomoni, birdaniga 20-25 nafargacha og‘ir ahvoldagi kasallar tushib qolgan. Qay biriga birinchi yordam berishni bilmay qiynalganman.

    Endi tuzalyapti degan bemoringiz, ertasiga og‘irlashib qolsa, nima qilishni bilmay qolasiz. Avvalo kasal, uning qarindoshlari, rahbariyat, eng muhimi, Allohning oldida nima deb javob beraman, degan savollar qiynaydi.

    Bundan tashqari, xodimlar yangi, kimdir yaxshi biladi, kimdir esa yo‘q. Ularni bir yo‘nalishga solish qiyinchilik tug‘dirgan.

    Sanitarlar bemorlarning oyog‘igacha yuvadi

    Mazkur shifoxonadagi barcha xodimlar har kuni 8 soatdan ishlaydi. Mana, sakkiz oydan beri dam olganimiz yo‘q.

    Ikki marta koronavirusga chalindim. Birinchi marta endi ish boshlagan vaqtim yuqtirdim. Ikkinchi marta oktabr oyida bo‘ldim. Bunisi og‘irroq kechdi. 30 foizgacha zararlanish bilan shifoxonaning o‘zida reanimatsiyada yotib davolandim.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Menimcha, ishimizda eng ko‘p duo oladigani, rahmat eshitadigani sanitar xodimlar bo‘lsa kerak.

    Sababi ular bemorning oyog‘ini yuvadi, choyini damlaydi, kerak bo‘lsa, tagini ham tozalaydi. Hamshiralar esa “ukol”ini qiladi, dorisini beradi. Ularsiz shifokor shifokor emas.

    Oilam mening bu hayotimga ko‘nikkan

    Avvalgi hayotim bilan hozirgisi orasida deyarli o‘zgarish yo‘q. Chunki o‘zi azaldan “dejur”da turganman, qattiq ishlaganman. Uchta o‘g‘lim, ayolim ham mening bu hayotimga ko‘nikkan.

    Oldin shifoxonada qolib ishlardik. Hozir ham doim uyga boravermayman. Chunki kasal ko‘p. Ba’zida o‘zimda holsizlik, kasallikka oid qandaydir simptomni sezganimda qo‘rqaman. Ota-onam, ayolim, bolalarimga yuqtirib qo‘ymay deb, yaxshisi, telefonda gaplashib qo‘ya qolamiz.

    Hozir ertaga qayerda navbatchilikda tursam ekan, degan xavotir yo‘q

    20 yildan beri shu sohada bo‘lsam, avvalgidan ko‘ra hozir ishga chuqurroq kirishdik deb hisoblayman. Birinchidan, davlatimiz tomonidan shifokorlarga berilayotgan moddiy ta’minotning yetarli bo‘lgani bois ertaga nima qilaman, qayerdan navbatchilik olaman degan o‘y, xavotir yo‘q. Bor vaqtingizni, xayolingizni bemorni tuzatishga qaratasiz.

    Ikkinchidan, raqobat kuchaydi. O‘z ustida ishlaydigan yaxshi shifokor hammaga kerak bo‘lishini his qildik. Yanada ko‘proq izlanishni boshladik.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Reanimatsiyada hammani tirik saqlab qolishning iloji yo‘q

    Bir marta 65 yoshlardagi o‘pkasining 90 foizi zararlangan bemor kelgan. Mutaxassislar kompyuter tomografiyasini ko‘rib, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi deyishgan. Lekin ana shu bemor ham tuzalib, o‘z oyog‘i bilan chiqib ketdi. Orada yana ikki marta bizdan xabar ham olib ketdi.

    Faoliyatim davomida reanimatsiyada 9 kunlik chaqaloqdan tortib 92 yoshli bemorgacha davoladik.

    Biroq, to‘g‘risini aytish kerak, reanimatsiya sharoitida hammani tirik saqlab qolib bo‘lmaydi. O‘ta og‘ir ahvolda kelgan bemorlarimizning har to‘rttasidan birini saqlab qololganimiz ham katta gap.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Koronavirus yurak xurujidan ham xavfli

    Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz bee’tibor bo‘lyapti. Bu kasallik oddiy gripp emas, hatto yurak xurujidan ham og‘irroq holat. Bu kasallikni mensimasangiz, u sizni yoshmisiz, qarimisiz, ayab o‘tirmaydi. Kimdir immunitetim kuchli yoki pulim bor, davolanib olaman deb befarq bo‘ladi. Yo‘q, unday emas. Birinchi to‘lqinda qariyalar bo‘lgandi. Hozir esa immuniteti baquvvat yoshlarda kuzatilyapti. Agar og‘ir turini yuqtirsangiz, na pulingiz, na yoshligingiz ahamiyatli.

    Hatto eng rivojlangan mamlakatlar — Germaniyada ham, Isroilda ham odamlar o‘lib ketyapti. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham.

    Qo‘shimcha kasalliklari bor yurtdoshlarimiz doimo o‘zlarini tekshirib yurishsin, ehtiyot bo‘lishsin. Hozir hazillashib o‘tiradigan payt emas.

    Suhbatlashdi: Xonzodabegim A’zamova va Madina NurmanFotomuxbir: Madina NurmanMuharrir: Dilshod Sharipov

    11.05.2021, 07:28   Izoh (0)   93675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yog‘ narxi oshishi yuzasidan 34 ta klasterga ish qo‘zg‘atdi

    11.05.2021, 07:07

    “Hozir videoga olish ham ‘talant’ bo‘lib qoldi” — Toshkent metropoliteni rahbari metroda kuzatilayotgan turli holatlar haqida

    11.05.2021, 06:36

    Oylar sultoni — Ramazon: Zakotni kechiktirish mumkinmi? Tillo taqinchoqlari zakot nisobiga yetgan, lekin puli yo‘q ayol zakotni qanday beradi?

    11.05.2021, 03:34

    Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mushakbozlik paytida yerga tushgan salyut hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi

    11.05.2021, 00:58

    Koronavirusga qarshi 1-doza vaksinalarini olganlarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlar 2-bosqichda ham kuzatilishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

    10.05.2021, 23:45

    Buxoroda O‘zbekistonga olib kirilayotgan avtokranni “yashartirib”, imtiyozni suiiste’mol qilishga uringan fuqarolar qilmishi fosh bo‘ldi

    10.05.2021, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.