Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yuz bergan YTHda olti nafar kishi — ikki oila vakillari vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
11-may kuni viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilgan YTHlarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 10-may kuni Yozyovon tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda sodir etilgan YTHda 6 nafar fuqaro — ikki oila vakillari vafot etgan. Yana to‘rt kishi tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Avvalroq Qibrayda Damas va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohat olgani, Qarshida sodir bo‘lgan YTHda 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi vafot etgani, Surxondaryoda 3 kishini urib yuborib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)