Daryo

Qarshida sodir bo‘lgan YTHda 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi vafot etdi

Haydovchi boshqaruvidagi Nexia’da Qovchin qishlog‘i hududidan o‘tib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan

1 daqiqa o‘qish103 366 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Javlon Baxtiyev

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida sodir bo‘lgan YTHda 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev ma’lum qildi.

Foto: Javlon Baxtiyev

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 4-may kuni soat taxminan 06:20 da 4R Qarshi—Beshkent—Kasbi—Koson yo‘lining 16 kilometrida 1992-yil tug‘ilgan va Mirishkor tumanining Guliston qishlog‘ida ro‘yxatda turuvchi U.M. boshqaruvidagi Nexia’da Qovchin qishlog‘i hududidan o‘tib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan.

Foto: Javlon Baxtiyev

YTH oqibatida 29 yoshli haydovchi U.M. hodisa joyida vafot etgan.Uning avtomobilida birga ketayotgan 5 yoshli qizi F.F. esa og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i 1991-yilda tug‘ilgan U.I. hamda 7 yoshli o‘g‘li F.Z. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Javlon Baxtiyev

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliqda Damas velosipedchini urib yuborgani va jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani, Surxondaryoda esa 3 kishini urib yuborgan Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketishi oqibatida jabrlanganlarning ikki nafari vafot etgandi.

Foto: Javlon Baxtiyev
Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar