• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan sel Qirg‘iz kanalining shag‘al bilan to‘lib qolishi oqibatida yuzaga kelgani aytilmoqda

    2021-yilning 6-mayidan 7-may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 dan 03:30 ga qadar Andijon viloyatining Xonobod shahridagi “Teyit” va “Xidirsha” mahallalarida kuchli sel kelishi tufayli bir nechta xonadon zararlangan. Yog‘ingarchilik oqibatida bir oilaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi selda oqib ketib, vafot etgan.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” muxbiri favqulodda holat yuz bergan hududda bo‘lib, mahalla aholisi bilan uchrashdi va tabiiy ofat qanday yuz berganiga aniqlik kiritishga urindi.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Ta’kidlanishicha, 7-may kuni Xonobod shahrida soat 00:30 dan boshlab 40-45 daqiqa davomida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Natijada katta miqdorda sel toshqin suvlari xalq tilida Qirg‘iz kanali deb nomlanuvchi “O‘ng qirg‘oq” kanalining PK38+00 qismiga zarar yetkazgan. Shuningdek, kanalning PK42+00 dan PK43+00 gacha bo‘lgan qismi shag‘al bilan to‘lib qolishi oqibatida shahardagi “Teyit” mahallasining ikkita ko‘chasida joylashgan xonadonlarga katta talafot yetgan. Hududda joylashgan 25 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ham zararlangan.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Shu yerda yashovchi Gulnora Hoshimovaning aytishicha, bunday holat bundan sakkiz yil avval ham yuz bergan. Unda ham yuzlab xonadonlar juda katta zarar ko‘rgan.

    “Bu yerga ko‘chib kelganimizga o‘n besh yildan ortdi. Bunday favqulodda vaziyat so‘nggi o‘n yil ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lmoqda. Unda ham mana shunday og‘ir talafotlarni boshimizdan o‘tkazganmiz. Yuzlab xonadonlar juda katta zarar ko‘rgan. To‘g‘risini aytish kerak tog‘li hudud bo‘lganimiz uchun yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ‘biror narsa yuz bermasa edi’, degan qo‘rquvda yashaymiz. Chunki, ozgina yomg‘ir yog‘sa tepamizdan oqib o‘tadigan Qirg‘iz kanali toshib ketadi. Nega bunday bo‘ladi? Chunki kanaldagi suv oqimi nazorat qilinmaydi. Favqulodda holatlarning oldini olish uchun ehtiyot choralari ko‘rilmaydi. Tegishli tashkilotlarga tozalab berishlarini so‘rab murojaat qilaverib, qiynalib ketdik. Hech kim eshitmaydi. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, kanalning bir qismi beton bilan qoplangan yeridan o‘tgan. Aynan o‘sha yerni shag‘al to‘sib qolib, suv qayerga ketishini bilmagan va kanal bo‘yi to‘lib toshgan”, — deydi Gulnora Hoshimova.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Shu hududda yashovchi Umida Norbo‘tayevaning aytishicha, 7-may kuni ertalab mehmondorchilikdan uyiga kelganida hovlisi tanib bo‘lmas darajaga kelgan.

    “Kecha qizimnikiga mehmondorchilikka borib, o‘sha yerda qolgandim. U tomonlarda bunaqa toshqin bormagani uchun bunaqa holat yuz berganini tasavvurimizga ham sig‘dirmagandik. Ertalab kelib eshikni ochganimni bilaman darvozadan tizza bo‘yi loy oqdi. Hovlini qarasam ko‘rib bo‘lmaydigan ahvolda, ‘naves’lar, uyimizni yer to‘lasi suv bilan to‘lgan, devorlarimiz ag‘anagan, tovuqlarimiz suvga cho‘kib o‘lgan. Hamma joy loy, yurib bo‘lmaydigan holatda edi. Ertalabdan yordamchilar kelib, katta yordam berishyapti. Asosiysi o‘zimiz sog‘miz. Lekin qo‘shnimning farzandlari oqib ketganini eshitib, biz ham chuqur qayg‘udamiz”, — deydi Umida Norbo‘tayeva.

    Umida Norbo‘tayeva.

    Umida Norbo‘tayeva.
    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Fuqaro Nurxon Boboyevaning aytishicha, tungi soat 10-11 da qattiq momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqqan va yomg‘ir yog‘a boshlagan. Sel oqimi birinchi galda uning va yon qo‘shnilarining hovlisiga zarar yetkazgan.

    “Odatdagidek qizim bilan kechga yaqin uxlash uchun ayvonga chiqib yotdik. Tungi soat 10-11 da qattiq momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqib, yomg‘ir boshlandi. Avvaliga e’tibor bermadik. Lekin hech qancha o‘tmasdan ko‘chadan baqir-chaqir eshitildi. Chiqamiz deb harakat qilsak, eshigimizning tagi shag‘al va loy bilan to‘lib ketgan, yurgani yo‘l qolmagan ekan. Tepadan katta suv oqimi ham kelayotgandi. Shuning uchun tashqariga chiqishga qo‘rqib ertalabgacha hech qayerga qimirlamasdan uyda o‘tirdik. Kun yorishganidan keyin ko‘chaga chiqdik. Hovlimiz juda abgor holatga kelib qolgandi. Uyimizni o‘rab turgan devor, tandir-o‘choqlarimiz qulagan. Narsalarimiz har yerda sochilib yotibdi. Holat qanday bo‘lganini bilish uchun tepaga chiqqanimizda kanalning yopiq joyi atrofi shag‘al bilan to‘lgan edi. O‘zi suv oqimi past edi. Lekin yomg‘ir va sel yog‘ishi natijasida suv oqishda davom etmasdan to‘plangan. To‘plangan suv kanal bo‘yidagi ariqchalarga tusha boshlagan. Oqim ko‘paygan sari yer ham o‘pirilib tushgan”, — deydi Nurxon Boboyeva.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Boboyevaning aytishicha, oqim pasayishi bilan mahalla aholisi ko‘chaga chiqqan. Shunda yon qo‘shnisining farzandlari oqib ketgani ma’lum bo‘lgan. Ikki soatli izlanishlar natijasida bolalar loyga botgan holatda topilgan.

    “Sel oqimi pasayishi bilan mahalladagilar to‘plandi. Shunda bir devor qo‘shnimizning bolalari suvda oqib ketganini bildik. Hamma bolalarni izlashga tushdi. Tashqaridan yordamchilar keldi. Topish juda qiyin bo‘ldi. Katta farzandini bir yarim–ikki soatlarda, kichigini esa ertalab soat oltilarga yaqin, ko‘pchilikning yordami bilan topishga erishdik. Bolalar loyqaga botib qolgan ekan. Shubhasiz barchada bu qanday sodir bo‘ldi degan savol tug‘ilyapti. Endi o‘ylang, tepadan juda katta oqim kelgan. Bular tashqariga chiqqanda oqimni ko‘rib, qo‘rqib qochishga harakat qilgan. Shu paytda oqim tezlashib, bolalarni oqizib ketgan. Ushlab qolishga urinishgan, lekin holat bunga yo‘l qo‘ymagan. Agarda kanal tozalanganida balkim, mana shunday achinarli voqea bo‘lmasmidi? Qo‘shnimiz ham asrab-avaylab, zo‘rg‘a katta qilayotgan norasidalaridan ayrilmasmidi?”, — deydi Nurxon Boboyeva.

    Nurxon Boboyeva.

    Nurxon Boboyeva.
    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Elyor Matisakovning ma’lum qilishicha, hududdagi favqulodda vaziyat qanday yuz berganini aniqlash uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan. Shuningdek, talafot oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyat bo‘yicha 100 dan ortiq texnikalar hamda 1000 ga yaqin ko‘ngilli xodimlar jalb etilgan.

    “Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan Xonobod shahrining “Teyit” mahallasi hududida viloyat hokimi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Shtab tarkibida shahar va tuman hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning 600 dan ziyod xodimlari tomonidan transport, kuch va vositalari jalb qilingan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Jarayonda hududdagi har bir xonadon egalari bilan muloqot o‘tkazilib, barcha zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, elektr, suv ta’minoti, qurilish va boshqa mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalarning 100 dan ortiq texnikalari, 1000 ga yaqin ko‘ngilli xodimlar, yoshlar o‘zlarining yordamlarini ayamayapti. Tez orada talafot oqibatlari to‘liq bartaraf etilishi ta’minlanadi”, — deydi Elyor Matisakov.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Sardor Zulunovning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 278 ta turar joyning yashash xonadonlari va hovlisiga kirgan.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    “Qo‘shni Qirg‘izistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Jalolobod viloyatining Suzoq tumanidagi qir-adirlardan sel oqimlari xalq tilida Qirg‘iz kanali deb nomlanadigan ariqqa sig‘masdan favqulodda holat yuzaga kelgan. Natijada Xonobod shahrining ‘Teyit’, ‘Xidirsha’ mahallalaridagi 170 ta, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ‘Sohibqiron’ mahallasining Mirobboshi, Qorabog‘ich, ‘Naynavo’ mahallasining Komus, Ohangrabo, G‘azalkent, ‘Zarbuloq’ mahallasining Oqtepa, ‘Eshonobod’ mahallasining Sherobod ko‘chasi, ‘Xotira’, ‘Zarkent’, ‘Nomus’ mahallasining Tashabbus ko‘chalaridagi 108 ta xonadonni suv bosgan. Yog‘ingarchilik oqibatida ‘Teyit’ mahallasi Qorabog‘ish ko‘chasida yashovchi oilaning ikki nafar — 2013-yilda tug‘ilgan Humoyun Husanboyev hamda va 2019-yilda tug‘ilgan Mubina Husanboyevalar selda oqib ketib, vafot etgan. Ularning jasadlari favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida topilgan”, — deydi Sardor Zulunov.

    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Mavzuga doir: 

    • Namanganda sel avtomobil va poyezd yo‘liga zarar yetkazdi
    • Surxondaryodagi kuchli yomg‘ir va seldan so‘ng yuzlab xonadonlar suv ostida qoldi
    • Namangandagi Pop yo‘lida sel tufayli transportlar harakati cheklandi

    10.05.2021, 07:29   Izoh (0)   42742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “E’tiborsizlik, bilimsizlik, qo‘pol texnik xato”. Farg‘onada o‘rnatilgan vermaxt askarlari aks etgan plakat bo‘yicha izoh berildi

    10.05.2021, 06:26

    Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘za tutmaslikning hukmi qanday?

    10.05.2021, 04:36

    Qashqadaryoda 600 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

    09.05.2021, 23:59

    O‘zbekistondagi davlat organlarida avtotransport vositalaridan autsorsing asosida foydalanish boshlanadi

    09.05.2021, 23:38

    Qashqadaryoda alimentdan qarzdor ota xorijga chiqish cheklovini bekor qilish uchun xotiniga Lacetti avtomobilini berdi

    09.05.2021, 23:17

    Chiroqchida fuqarolarni Janubiy Koreyaga jo‘natishni va’da qilib, ulardan 1750 dollar olgan shaxsga jinoiy ish ochildi

    09.05.2021, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17

    Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 08:12

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.