• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga chalinganlar soni 155 mln kishidan oshdi, Serbiyada emlanganlarga mukofot puli beriladi, Misrda lokdaun e’lon qilindi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 155 million kishidan oshdi. Ayni paytda ular 155 250 838 kishini tashkil qilmoqda.

    Koronavirusga test olish jarayoni. Shri-Lanka, Kolombo

    Koronavirusga test olish jarayoni. Shri-Lanka, Kolombo
    Foto: EPA

    Yuqori beshlikdan AQSh (32,5 million), Hindiston (21 million), Braziliya (14,9 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (4,9 million) o‘rin oldi. Global o‘limlar soni esa 3 243 744 taga yetdi. Eslatib o‘tamiz, 150 million kishilik marradan aprelning oxirida o‘tilgan edi.

    Mavzuga doir: Koronavirusga chalinganlar soni 150 milliondan oshdi, Fransiyada barcha COVID-cheklovlar bekor qilinadi, “hindcha” shtamm yana qaysi mamlakatlarda aniqlandi? Koronaxabarlar

    Hindiston COVID-19 bilan kasallanganlar va uning oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatdi. Mamlakatda so‘nggi bir kecha-kunduzda 412 262 kishida virus aniqlangan, 3980 kishi vafot etgan.

    Hindistonda COVID-19 holatlari bo‘yicha jahon rekordi birinchi marta 22-aprel kuni qayd etilgan, shundan keyin mamlakat uni bir necha marta yangilagan edi.

    Hindistonda koronavirus avj olishi tufayli AQSh u yerdan amerikalik davlat xizmatchilarini chaqirib olmoqda. “5-may kuni departament asosiy personal tarkibiga kirmaydigan AQSh davlat xizmatchilarining o‘z xohishiga ko‘ra mamlakatni tark etishiga ruxsat berildi”, — deyiladi AQSh Davlat departamenti tavsiyasida.

    Mavzuga doir: Hindistonda koronavirusdan kunlik o‘lim bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

    Kanadada koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasidan 12—15 yoshdagi bolalarni emlashda foydalanishga ruxsat berildi. Shu tariqa Kanada o‘smirlarni emlashga rasman ruxsat berilgan birinchi mamlakatga aylandi. 16 yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar Kanadada 2020-yil dekabridan buyon emlanib keladi.

    Pfizer/BioNTech vaksinasining 2260 nafar 12—15 yoshli bolalarda olib borilgan klinik sinovlari natijalariga ko‘ra, u ikkilamchi ta’sirlar kuzatilmagan holda 100 foizlik samaradorlikni namoyon qildi.

    Mavzuga doir: Kanada Johnson & Johnson vaksinasidan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi

    Serbiyada 31-mayga qadar koronavirusga qarshi emlangan 16 yoshdan oshgan fuqarolarga 3 ming dinor (30 dollar) miqdorida moliyaviy yordam taqdim etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qilgan.

    “Biz mas’uliyatni namoyon qilgan odamlarni qanday mukofotlash haqida bosh qotirdik”, — dedi u. Prezident, shu bilan birga, vaksina olmaydiganlarga nisbatan biror salbiy chora ko‘rish mumkin emasligini aytdi.

    Serbiya hukumati may oxirigacha hech bo‘lmaganda 3 million kishi birinchi dozani olib bo‘lishiga va mamlakatda jamoaviy immunitet shakllanishiga umid qilmoqda.

    Mavzuga doir: Serbiyada bepul emlanish uchun kelgan chet elliklar uzun navbatlarga tizildi (video)

    Misrda koronavirus tarqalishi tufayli hukumat yana qat’iy lokdaun joriy qilishga majbur bo‘ldi. Lokdaun 6-maydan boshlab ikki haftaga kiritiladi, bu vaqt oralig‘ida savdo markazlari, do‘konlar, restoranlar ishlamaydi. Shuningdek, ommaviy yig‘inlar va konsertlar ham taqiq ostiga tushdi. Plyaj va bog‘lar 12—16-may kunlari yopiq bo‘ladi.

    Mamlakat bosh vaziri Mustafo Madbuliy niqob taqib yurish majburiyati haqida eslatdi hamda shu paytgacha niqob rejimiga rioya qilmagan 1,7 million kishi 50 Misr funti (3 dollar) jarimaga tortilganini aytib o‘tdi.

    Mavzuga doir: Misrda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

    06.05.2021, 20:22   Izoh (0)   8726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon vaksinalar kongressida COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vaksina tanlandi

    06.05.2021, 15:58

    Isroil prezidenti Vazirlar mahkamasi mandatini shakllantirishni Yair Lapidga topshirdi

    06.05.2021, 15:10

    Meksikada metro ko‘prigi qulashining dastlabki sababi ma’lum qilindi

    06.05.2021, 14:57

    Yevroittifoq va Buyuk Britaniya Londonda YeIning diplomatik missiyasi tuzilganini e’lon qildi

    06.05.2021, 12:57

    Oy va Marsga uchishga mo‘ljallangan Starship kemasi prototipi birinchi marta muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)

    06.05.2021, 11:43

    Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi

    06.05.2021, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.