Isroil prezidenti Reuven Rivlin Vazirlar mahkamasi mandatini shakllantirishni “Yesh atid” partiyasi rahbari Yair Lapidga topshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, 24-chaqiriqning maslahatlashuvlar davomida Lapid nomzodini Knessetning 120 nafar deputatidan 56 nafari ovoz bergan.
“Yair Lapidda hukumatni shakllantirish imkoniyati mavjud, tarkibni Knesset qo‘llab-quvvatlashi mumkin, biroq mazkur yo‘lda qiyinchiliklar ko‘p”, – degan prezident.
Reuven Rivlin Lapid unga qonun bo‘yicha beriladigan 28 kun ichida Vazirlar mahkamasini shakllantira olmasa, oxirgi ikki yarim yil ichida Isroilda beshinchi parlament saylovlarining o‘tkazilishi mumkinligini ham inkor etmadi.
Isroil qonunchiligiga ko‘ra 28 kun ichida Isroilning amaldagi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatni shakllantira olmagan, 23-mart kuni o‘tgan saylovlardan keyingi bir palatali parlamentdagi 120 nafar o‘rindan 61 nafari ovoz bergan hukumat tarkibini shakllantirish muddati 5-mayda tugagan.
“Bosh vazir hukumat koalitsiyasini tuza olmagani va hammasi mandatga qaytishini bildirdi”, – degan Rivlin o‘z telemurojaatida.
Netanyaxu o‘zi uchun beriladigan muddatni yana 14 kunga uzaytirmaslikka qaror qildi, Lapidda ikkinchi nomzod sifatida bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Agar hukumat shakllantirilmasa, 24-chaqiriq Knesseti avtomatik ravishda tarqatib yuboriladi, 90 kundan keyin qayta saylovlar o‘tkaziladi.
Muddatidan ilgari o‘tkaziladigan saylovlarRivlin 6-aprelda Netanyaxuga parlament saylovlaridan keyin hukumat koalitsiyasini shakllantirishni topshirgan. Isroilning avvalgi hukumati 2020-yil 17-mayda shakllantirilgandi. 23-chaqiriq Knesseti 2020-yil 23-dekabrda mamlakat davlat budjetini tasdiqlash muddati tugagani tufayli bekor qilingan, 2021-yil 23-martda esa qayta saylovlar o‘tkazilgandi.
Izoh (0)