Navoiy viloyatining Karmana tumanida Isuzu rusmli avtomashina 46 yoshli fuqaroni mast holda yo‘lning belgilanmagan qismiga chiqib ketgani sabab urib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi rahbari Farrux Yoqubov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Karmana tumanidan o‘tgan 4K-364-xalqaro avtomobil yo‘lining 23-kilometrida 35 yoshli haydovchi Q.P. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu avtomashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. U avtomobilida Jaloyir—Nurafshon yo‘nalishida harakatlanib kelayotganda 46 yoshli piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohati tufayli Karmana tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, piyoda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. Va shu sabab o‘z harakatlarini boshqarolmay yo‘lning belgilanmagan qismiga chiqib ketgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)