Daryo

Chinozda Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi

Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish104 983 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 2-may kuni soat 13:15 larda Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida yuz bergan. Damas’ni boshqarib ketayotgan 40 yoshli haydovchi R.A. yo‘lning o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida to‘xtab turgan Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektoriga biriktirilgan, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan Nexia-3’ning orqa tomoniga borib urilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar