Daryo

Asakada Labo to‘xtab turgan “GAZ-53” yuk mashinasiga borib urildi

Oqibatda Labo’ning 22 yoshli haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish58 246 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Andijon viloyatining Asaka tumanida Labo to‘xtab turgan “GAZ-53” yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 2-may kuni soat 14:00 larda tumanning Yangisor ko‘chasida yuz bergan. 1999-yilda tug‘ilgan U.A. Labo haydab ketayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “GAZ-53” yuk mashinasining orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda Labo haydovchisi U.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Holat yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada Nexia va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi halok bo‘lgani, Toshkent viloyatida Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urilgani, Toshkentda Captiva Nexia va “Moskvich”ga borib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, yana to‘rt nafari jarohatlangani, Dehqonobodda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt haydovchisi “Jiguli”ga urildi. “Jiguli” haydovchisi voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Andijonda 3 ta Lacetti va Labo ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar