• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan tinchlik yo‘lida oqsoqollardan iborat komissiya tuzishni taklif qildi

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mojaro sodir bo‘lgan hududga qo‘shni qishloqlarda yashovchi Qirg‘iziston va Tojikiston oqsoqollaridan iborat “tinchlikparvarlik komissiyasini” tuzishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: e-cis.info

    Foto: e-cis.info

    “Keyingi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun men qo‘shni yoki aralash qishloqlarda yashovchi har ikki tomonning oqsoqollaridan iborat tinchlikparvarlik komissiyasini tuzishni taklif qilaman”, — deyiladi prezidentning xalqqa murojaatida.

    Japarovning aytishicha, Tojikiston bilan ziddiyat paytida Qirg‘izistonning hududiy yaxlitligi tahdid ostida bo‘lgan, ammo “Qirg‘iziston chegarachilari va huquq-tartibot idoralarining tayyorgarligi, yuksak ma’naviyati va qahramonligi tufayli” hududlar saqlab qolingan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati “Botkenga zudlik bilan borishni va qo‘liga qurol olib, shu orqali o‘zlarining vatanparvarligini namoyish etishni istagan” yoshlarning ushbu harakatlarini to‘g‘ri tushungan, biroq keng miqyosli mojaroning oldini olish va barqarorlikni saqlash uchun ularga qurol bermagan.

    Qirg‘iziston prezidenti ta’kidlashicha, ikkala tomon ham takroran to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymasligi kerak, aks holda buning natijasida ko‘plab odamlar aziyat chekishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar vayron bo‘lgan va yonib ketgan uylarni qayta tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi va odamlarni yashash joylariga qaytishga chaqirdi.

    Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarni aniqlash va belgilash to‘g‘risida bitim imzolagani haqida xabar berdi.

    Xabarga ko‘ra, 2-may, yakshanba kuni Botken viloyatida ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalar rahbarlari nizolarni umumiy chegarada tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini ta’kidladi.

    “Qirg‘iziston—Tojikiston davlat chegarasi loyiha liniyasining davlat chegarasining qolgan qismlaridan o‘tishini yanada tavsiflashni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda. Hukumat delegatsiyalari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolagan.

    Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning ma’lum qilishicha, chegaradagi mojaro hal qilingandan so‘ng, Qirg‘iziston va Tojikiston avval boshdan egalik qilib kelayotgan hududlarini o‘zida saqlab qoladi. “Biz har ikki tomon ushbu voqealardan oldin o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalariga egalikni davom ettirishiga kelishib oldik”, — dedi u.

    Shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy texnika qismlarini chegaradan ularning doimiy joylariga olib ketish va tomonlarning kelishuvlar bajarilishini nazorat qilish uchun qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Shu bilan birga, “RIA Novosti” Tojikistonning Isfar shahar hokimligiga tayanib, chegaradagi vaziyat tinch ekani haqida xabar berdi.

    “Ayni paytda biz o‘z qo‘shinlarimizni chegaradan butunlay olib chiqdik. Chegaradagi qurolli to‘qnashuv tugadi, endi biz imzolangan kelishuvning barcha bandlarini bosqichma-bosqich bajarib, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara muammosiga chek qo‘yishimiz kerak. Bizning asosiy maqsadimiz odamlarni tinch hayotga chaqirishdir. Hammasi o‘tib ketadi. Bugun biz odamlarni tinch va o‘zaro hamjihatlikda yashashi uchun harakat qilishimiz kerak”, — dedi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Sayimumin Yatimov.

    Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini davlat chegarasidan olib chiqib ketishni boshlagani, shuningdek, nizo chog‘ida garovga olingan o‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonda asirlikdan ozod etilgani, nizodan keyin 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda chegara mojarosida halok bo‘lganlar uchun motam e’lon qilindi
    • Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi
    • Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo chog‘ida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

    03.05.2021, 08:28   Izoh (0)   34532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda Tojikiston bilan chegaradagi nizodan keyin 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    02.05.2021, 22:55

    Erondagi kimyoviy zavodda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    02.05.2021, 21:37

    Xitoyda yuz bergan shiddatli shamol to‘xtab turgan samolyotni burib yubordi (video)

    02.05.2021, 21:16

    SpaceX’ning Xalqaro koinot stansiyasiga birinchi missiyasi astronavtlari Yerga qaytib keldi (video)

    02.05.2021, 18:34

    Kolumbiya prezidenti soliqlar oshirilishiga qarshi noroziliklar tufayli shaharlarga qo‘shin kiritilishini e’lon qildi

    02.05.2021, 17:12

    Yevropaning eng yirik shaharlaridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

    02.05.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.