Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Tojikiston bilan chegaradagi qurolli nizodan keyin 11 ta jinoyat ishini qo‘zg‘adi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Erkabek Ashirxo‘jayev ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Ikki mamlakat o‘rtasidagi nizo 29-aprel kuni ertalab kuchaydi, u bir kundan keyingina tartibga solindi. Ikkala tomondan 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 250 dan ziyod kishi jabrlandi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ashirxo‘jayevning ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari qotillik,“ommaviy tartibsizliklar, chegarani noqonuniy kesib o‘tish, bezorilik va tinchlikka qarshi qaratilgan jinoyat moddalari bo‘yicha ochilgan. “Jami 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular bo‘yicha hozir tekshiruv olib borilmoqda”, — dedi vazir o‘rinbosari matbuot anjumanida.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy nizo oqibatida 78 ta uy, ikkita maktab va bitta bolalar bog‘chasi, shuningdek, uchta chegara posti, o‘nta yoqilg‘i quyish shoxobchasi, sakkizta do‘kon va militsiya binosi jiddiy zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Qirg‘iz-tojik chegarasi orqali o‘tish hamon to‘xtab turibdi.

Tojikiston bilan chegarada yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 34 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 150 dan ortig‘i jabrlandi. 30-aprelga o‘tar kechasi tomonlar qurolli nizoni to‘xtatishga kelishib oldi. 1-may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni olib ketish haqida bayonnoma imzoladi.

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini davlat chegarasidan olib chiqib ketishni boshlagani, shuningdek, nizo chog‘ida garovga olingan o‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonda asirlikdan ozod etilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi