Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan OKMK — “Al-Hilol” bellashuvidan avval matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Olmaliq klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va hujumchi Zafar Polvonov ishtirok etdi.
Avvalambor, assalomu alaykum. Ertangi o‘yin juda ham muhim. Qolaversa guruhdagi to‘rtta jamoada ham imkoniyat bor. Barcha jamoada birinchi o‘ringa chiqib olish uchun imkoniyat mavjud. Tanganing ikkinchi tarafi, ertangi bahsda ochko yo‘qotilishi musobaqadagi imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Biz oxirigacha harakat qilib, imkoniyatdan foydalanishga intilamiz. “Al-Hilol” bilan uchrashuvda natija uchun kurashamiz.Shuningdek, Olmaliq klubi hujumchisi Zafar Polvonov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.Birinchi davradagi o‘yin OKMKga ustunlik bermasligi va jismoniy toliqish haqida
“Al-Hilol” — juda ham kuchli jamoa. Lekin oxirgi turda ular “Istiqlol”ga yutqazdi. Umuman futbolda mag‘lub bo‘lmaydigan jamoa yo‘q. “Al-Hilol”ni o‘rganib chiqdik, tarkibdagi barcha futbolchilar safda. Ertaga, albatta, yaxshi natija uchun o‘ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz. Futbol shunaqa narsaki, unda kimdir xato qiladi va boshqa foydalanib ketadi. Oddiy bir kichik elementar xato o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Imkon qadar kamroq xato qilib, imkoniyatdan maksimal foydalanish lozim. O‘ylaymanki, ertaga juda ham qiziqarli o‘yin bo‘ladi. To‘g‘ri, ketma-ket beshinchi o‘yin. Balki jismoniy toliqish sezilishi mumkin. Jamoada rotatsiyalar ham qilinadi.
Matbuotda “Al-Hilol”ning ko‘p tanqid qilinayotgani haqida
“Al-Hilol” Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Futbolda hech kim mag‘lubiyatlardan sug‘urtalanmagan. “Istiqlol” “Al-Hilol” bilan o‘yinda juda ham yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda o‘ynab, vaziyatlardan foydalandi. “Istiqlol”ga tasanno. Mazkur o‘yinni ko‘rib chiqdik. Avval ta’kidlaganimdek, “Istiqlol” himoyasini yorib o‘tish juda mushkul. “Al-Hilol” ham bunga qiynaldi va e’tiborni hujumga qaratgan holda himoyani esdan chiqarib, qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordi. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Shunisi bilan ham qiziq futbol.
“Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda ochiq futbol bo‘lmasligi haqida
“Al-Hilol” bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Chunki raqib juda kuchli jamoa va yuqori darajadagi ijrochi futbolchilarga ega.
Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi
Hammaga assalomu alaykum. Ertangi bahsda faqat va faqat g‘alaba bizni qanoatlantiradi. Ortga yo‘l yo‘q. Inshoolloh g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.Jamoalarning birinchi davra doirasida o‘tkazilgan o‘yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi. Eslatib o‘tamiz, OKMK — “Al-Hilol” uchrashuvi 26-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.Zafar Polvonov, OKMK hujumchisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)