“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer Ligasi 33-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi kechgan bahsda (1:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu misrlik futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 20-gol bo‘ldi. Saloh to‘purarlar poygasida faqat Harri Keyndan (21 ta gol) ortda qolmoqda.
Saloh Premyer Liganing uchta mavsumida 20 ta va undan ortiq gol urishga erishgan “Liverpul” tarixidagi ilk futbolchi bo‘ldi. 2017/18-yilgi mavsumda 28 yoshli futbolchi 32 ta gol urgan bo‘lsa, 2018/19-yilgi mavsumda bu natija 22 taga teng bo‘lgandi. 2019/20-yilgi mavsumda Saloh 19 ta gol urgandi.
Bunga qadar “Liverpul”dagi eng yaxshi natija Robbi Fauler va Luis Suaresga tegishli bo‘lib, ular APLning ikkita mavsumida 20+ gol urgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)