Osiyo Chempionlar Ligasining 4-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchilari va tur ramziy terma jamoasi aniqlandi.
Turning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Tojikistonning “Istiqlol” klubi vakili Manuchehr Jalilov topildi. Dushanbeliklarning yana bir vakili Manucher Safarov esa keyingi pog‘onadan o‘rin oldi.
E’tiborlisi, top-5 likdan ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi ham joy oldi. “Shabob al-Ahli” hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov uchinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, OKMK futbolchisi Shohruh Gadoyev 5-pog‘onaga loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, tur ramziy terma jamoasidan uch nafar o‘zbekistonlik o‘yinchi joy oldi.
Darvozabon: Volid Ali (“An-Nassr”);
Himoyachilar: Sulton al-G‘annam (“Al-Nassr”), Oleksey Larin (“Istiqlol D”), Anzur Ismoilov, Hojiakbar Alijonov (ikkisi “Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Abdurrazoq Hamdulloh (“Al-Nassr”), Kamol Kamyabiniya (“Persepolis”), Jaloliddin Masharipov (“Shabob al-Ahli”), Manucher Safarov (“Istiqlol D”);
Hujumchilar: Manuchehr Jalilov (“Istiqlol D”), Maykl Olunga (“Ad-Duhayl”).
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” ushbu turda “Sharja”ga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. OKMK esa “Shabob al-Ahli”ga yutqazib qo‘ydi (1:3). “Istiqlol D” esa “Al-Hilol” ustidan sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdi (4:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)